Economic terms. Moreover, the article considers economic terminology in terms of justification and construction based on simple terms and examples


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/12
tarix13.12.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#175428
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
terminlarning-yasalish-usul-va-yo-llari

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-426-435 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
429
 
May, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
6. Zoologiya terminlari ham iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin. 
Masalan:
 
o„rmalovchi inflyatsiya, suzib yuruvchi inflyatsiya, yuguruvchi inflyatsiya. 
Qisqasi, keltirilgan materiallar o„zbek tilining iqtisodiy terminologik tizimida 
semantik va semantik-sintetik usul, ya‟ni leksik birliklarning ma‟nosini ko„chirish 
yo„li bilan ko„plab terminlar hosil qilinganini yaqqol tasdiqlaydi. Bu jarayonda 
metaforaning o„xshatish prinsipi muhim rol o„ynaydi. 
Turkiy tillarda leksemalar hosil qilishning keng tarqalgan yo„llaridan biri 
affikslar orqali so„z yasashdir. Bu usulning terminlar yasash ko„lami keyingi 
davrlarda yanada kengaydi, terminologik tizimga mansub terminlarning ayni shu usul 
bilan yasalayotganligi shundan dalolat beradi. 
Terminologiyaga oid tadqiqotlardan ma‟lum bo„lishicha, biror terminologik 
tizimda affiksatsiya usuli bilan terminlar yasash bir qadar faol bo„lsa, boshqasida esa 
kammahsuldir. 
Masalan, 
o„zbek 
tilining 
texnika, 
musiqashunoslik, 
terminologiyalarida termin yasashda ko„plab affikslar ishtirok etgani holda, 
kasalliklar, dorishunoslik, ximiya terminologiyalarida termin yasovchi affikslarning 
miqdori ancha cheklangan. 
Hozirgi bosqichda iqtisodiyot sohasida qo„llanayotgan tub terminlarning soni 
yuzdan ortiqdir. Bular jumlasiga asli o„zbekcha (ba‟zilari umumturkiy) yoki 
o„zlashma (ular o„zi doir tilda yasama yoki qo„shma bo„lishidan qat‟iy nazar, o„zbek 
tilida morfematik qismlarga ajratilmasligi tufayli tub maqomini oladi)terminlar 
kiradi. Mana shunday tub, ya‟ni noyasama iqtisodiy terminlar sirasiga quyidagilarni 
misol qilib keltirish mumkin: 
garov, ish, buyum, boy, bozor, qiymat, daromad, narx, 
qarz, raqobat, savdo, tarif, tovar, zayom, veksel, broker, demping, depozit, grant, 
davlat, fond, poshlina, bank
va b. Misollardan ko„rinib turibdiki, hozirgi bosqichda 
o„zbek tilining iqtisodiy terminologik tizimida tuzilishi jihatidan sodda, yaxlit o„zak-
negiz sifatida qaraladigan tub terminlar ham ancha o„rinni egallar ekan. 
Shu bilan birga iqtisodiyot terminologiyasida sodda terminlar asosida yuzlab 
yasama terminlar yasalganligini ko„rish mumkin. 
Iqtisodiyot terminologiyasida quyidagi affikslar ishtirokida ayni shu sohaning 
terminlari hosil bo„lganligini ko„rish mumkin. 
1. O„zbek tilida juda faol bo„lgan 
-chi
qo„shimchasi birinchi galda, turli 
kategoriyalarga oid shaxs nomlarini yasab keladi. Iqtisodiy terminologik tizimida 
ham u iqtisodning biror sohasida ish olib boruvchi shaxs ma‟nosidagi ko„plab 
terminlarni yasab keladi: 
iqtisodchi, xazinachi, saralovchi, 
ijarachi, iste‟molchi, soliqchi, ta‟minlovchi, pudratchi, sanoatchi, 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin