Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 5 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-5-426-435
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
428
May, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
so„zlar qurshovida (ya‟ni birikma tarkibida) ham shu sohaga doir tushunchalarni
ifodalay oladi. Masalan, shunday bir tushunchani olib ko„raylik:
“qimmatbaho
qog„ozlar, valyuta,
tovar
narxining
pasayishidan
foydalanuvchi birja
chayqovchilari”
.
O„zbek tilida yetuk so„zidan yetuklik yasalgan. Bu “jismoniy jihatdan to„la
rivojlanganlik, kamolatga yetganlik, bilimli, ilmlilik” ma‟nolarini anglatadi.
Iqtisodiyotda esa yetuklik maxsus termin sifatida quyidagi defirinitsiyaga ega:
“Tovarni sotish sur‟atlarining asta-sekin pasayish davri”. To„g„ri, bu kabi terminlar
kam miqdorni tashkil etadi. Biroq, iqtisodiyot terminologiyasida semantik va
sintaktik usul bilan yasalgan, ya‟ni birikma terminlar tez-tez qo„llanib turilishi
mumkinligini tasdiqlovchi misollar mavjud. Fikrimizning tasdig„i uchun ayrim
misollarga murojaat etamiz.
1. Matematik terminlar iqtisod termini vazifasini bajarib kelishi mumkin.
Masalan:
chorak reja, normativ qiymat, differentsial renta, yig„ma ko„rsatkich, ish
haqi darajasi, daromadning qoldig„i, iqtisodiy integratsiya, bozor hajmi, nisbiy
daraja, narx darajasi, foyda miqdori, qiymat o„lchovi, bo„linma, qiymat solig„i.
2. Texnika vositalari va ularning qismlari hamda atributlarini anglatuvchi
terminlar. Masalan:
amortizatsiya fondi, mashinalashgan hisob, kreditning elastikligi,
talabning egiluvchanligi, bozor mexanizmi. Moliyaviy mexanizm har bir soha va
bo„g„inlar bir butun yaxlitlikning tarkibiy qismi hisoblanadi
.
3. Fizikaviy terminlar bilan aloqador so„zlar iqtisod termini vazifasini bajarib
kelishi mumkin. Masalan:
bozor muvozanati, mehnat sig„imi, kapital sig„im, nisbiy
daraja, pul massasi, tebranuvchi talab, o„zgaruvchan xarajat, doimiy xarajat,
o„zgaruvchan narx, mutloq daraja, talabning egiluvchanligi, fond sig„imi.
4. Qishloq xo„jaligi va uning atributlarini anglatuvchi terminlar:
agrar krizis,
sohibkorlik, qiymatning o„sishi, tovar xo„jaligi, o„sim, qarz o„simi, undirilgan pul,
pul undirish, unumsiz chiqim, unumsiz xarajat, undiriladigan soliq, iqtisodiy o„sish,
talabni o„stirish, agrobiznes, agrosanoat.
5
.
Ijtimoiy fanlar va ularning atributlarini anglatuvchi terminlar. Masalan:
moliya oligarxiyasi, qadrli mablag„, ixtisoslashtirilgan sarmoya, avtonom byudjet,
absolyut renta, ta‟sischilik aksiyalari, mutlaq naf, erkin savdo, tovar moddiy
qadriyatlar, to„lov qobiliyatsizligi, yetakchi valyuta, tovar turkumi, bozor unsurlari,
daromad samarasi, ixtiyoriy ishsizlik, shiddatli inflyatsiya, o„rinbosar tovarlar,
xayriya fondi, vaqf fondi, iqtisodiy inqiroz, iqtisodiy tanazzul,
pulning qadrsizlanishi, muomala fondlari.
|