Education in Malaysia


-modda. Nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə57/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124
50-modda. Nikohni haqiqiy emas deb topish tartibi
Nikohni haqiqiy emas deb topish faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroridan nusxa berilayotganda pasportga yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatga tegishli belgi qo’yiladi.
Nikohni haqiqiy emas deb topish haqida sud chiqargan hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, o’n kun ichida undan ko’chirma nikoh tuzilganligi ro’yxatga olingan joydagi fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organiga yuboriladi.
51-modda. Nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish
Nikoh yoshiga etmagan shaxs bilan tuzilgan nikoh hali nikoh yoshiga etmay nikohga kirgan shaxsning manfaatlari talab qilgan hollarda haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday nikohni haqiqiy emas deb topishni nikoh yoshiga etmay nikohga kirgan shaxs, uning ona-otasi yoki homiysi, shuningdek vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir.
Ish sudda hal qilinish paytigacha er yoki xotin nikoh yoshiga etgan bo’lsa, nikoh faqat uning talabi bilan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Er-xotindan biri nikoh yoshiga etmaganligi tufayli nikohni haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi ish, agar er-xotin (ulardan biri) ish sudda ko’rilayotgan paytda nikoh yoshiga etmagan bo’lsa, vasiylik va homiylik organining ishtirokida ko’rib chiqiladi.
52-modda. Nikoh tuzishga monelik qiladigan holatlar mavjud bo’lganda tuzilgannikohni haqiqiy emas deb topish
Ushbu Kodeksning 16-moddasida ko’rsatilgan holatlar mavjud bo’lganda tuzilgan nikoh haqiqiy emas deb topiladi.
Agar ish hal qilinish paytigacha nikohni tuzish uchun monelik qiladigan holatlar tugagan bo’lsa, sud nikohni o’sha holatlar tugagan paytdan boshlab haqiqiy deb topishga haqli.
Ushbu Kodeksning 16-moddasida ko’rsatilgan asoslar bo’yicha nikohni haqiqiy emas deb topishni er-xotin, shu nikohning tuzilishi natijasida huquqlari buzilgan shaxslar, shuningdek vasiylik va homiylik organi hamda prokuror talab qilishga haqlidir.
Muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs bilan tuzilgan nikohni haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi ishni sud vasiylik va homiylik organining ishtirokida ko’rib chiqadi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin