Education in Malaysia


-modda. Nikoh shartnomasi tuzish, uni o’zgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə54/124
tarix28.03.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#90806
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   124
35-modda. Nikoh shartnomasi tuzish, uni o’zgartirish va bekor qilishda kreditorlar huquqlarining kafolatlari
Er (xotin) nikoh shartnomasi tuzayotgani, uni o’zgartirayotgani yoki bekor qilayotgani to’g’risida o’z kreditorini (kreditorlarini) xabardor qilishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taqdirda er yoki xotin, nikoh shartnomasi mazmunidan qat’i nazar, o’z majburiyatlari bo’yicha javobgar bo’ladi.
Qarzdor er (xotin)ning kreditori (kreditorlari) sharoit jiddiy o’zgargani tufayli nikoh shartnomasining shartlarini qonunda belgilangan tartibda o’zgartirish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli.
36-modda. Er-xotin o’rtasidagi mulkiy-shartnomaviy munosabatlar
Er-xotin qonunda yo’l qo’yiladigan barcha mulkiy-shartnomaviy munosabatlarga o’zaro kirishishga haqlidir.
Er-xotin o’rtasida tuzilgan, ulardan birining cheklashga qaratilgan kelishuvlar haqiqiy hisoblanmaydi.
7-bob. Nikohning tugatilishi
37-modda. Nikohning tugatilish asoslari
Er-xotindan birining vafoti yoki sud ulardan birini vafot etgan deb e’lon qilishi oqibatida nikoh tugaydi.
Nikoh er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq nikohdan ajratish yo’li bilan, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan er yoki xotinning vasiysi bergan arizaga muvofiq tugatilishi mumkin.
38-modda. Nikohdan ajratish tartibi
Nikohdan ajratish sud tartibida, ushbu Kodeksning 42 va 43-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida amalga oshiriladi.
39-modda. Erning nikohdan ajratish to’g’risida talab qo’yishini man etadigan hollar
Xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug’ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to’g’risida ish qo’zg’atishga haqli emas.
40-modda. Nikohdan sud tartibida ajratish
Nikohdan ajratish to’g’risidagi ishlar sud tomonidan O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik prtsessual kodeksida da’vo ishlarini hal qilish uchun belgilangan tartibda ko’rib chiqiladi.
Sud ishning ko’rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin