VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 567
w www.oriens.uz February 2022 gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo‘lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari,
ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari yetishib chiqqan. Shuning uchun ham
renessans – uyg‘onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori
bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarash, antik davr madaniy merosiga murojaat
qilish,
bamisoli
uning
qayta
uyg‘onishini anglatadi. Uyg‘onish davri
namoyondalarining qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga,
aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.
“Renessans” so‘zi “Uyg‘onish”, “Qaytadan tiklash” ma’nolarini bildiradi. Shu
munosabat bilan quyidagi savolning qo‘yilishi tabiiydir. Agar Yevropadagi
Renessans davri antik, avvalo qadimgi yunon ma’naviy merosini asl shakli va
mazmunida tiklash, ilk o‘rta asrlardagi sxolastika va mutaassiblikning ko‘p asrlik
hukmronligidan keyingi uyg‘onish bo‘lsa, islom dini keng tarqalgan mamlakatlarda
uyg‘onish nimadan iborat bo‘lgan, uni qaysi ma’noda tushunish kerak? A.Mesning
shu mavzudagi kitobi nashrdan chiqishi bilan G‘arb fanida bu masala ham qo‘yila
boshlandi. Rekendoverning fikricha, uning dastlabki nashrlaridan birida “Renessans”
atamasi “Musulmon imperiyasida” o‘sha davrda sodir bo‘lgan chuqur madaniy
o‘zgarishlar, islomning antik madaniyati bilan bog‘liq holda ishlatilgan
1
. G‘arb
olimlaridan biri, xususan, nemis sharqshunosi I.Fyuk, Musulmon Renessansi
mohiyatini “u asli islomgacha, avvalo ellinistik yo‘nalishning tiklanishi bo‘lgan”, deb
ta’rif etadi
2
. Nazarimizda, G‘arb olimlarining Musulmon Renessansi deb atalgan
tarixiy-madaniy hodisaning mazmun-mohiyatini ochib berish borasidagi qiziqarli va
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xulosasiga dastlab R.Fray kelgan. Unga binoan, X va
XI asrlarda gullab-yashnagan Renessansning mazmuni Eron va O‘rta Osiyo
hududlaridagi umumiy madaniy yuksalish va ravnaq bilan bog‘langan bo‘lib, uni
butunlay qadimgi yunon madaniyati, xususan, ilm- fanining tiklanishi bilan
bog‘lamaslik kerak
3
.
Shu o‘rinda yana bir muhim fakt J.Muhammad ta’kidlaganidek, “Agar Yevropa
Uyg‘onish davrining birinchi bosqichi XIV asrda Italiyada boshlangan bo‘lsa, nega
undan necha yuz yil oldin – IX-XII asrlardagi Musulmon sharqining birinchi
Uyg‘onish davri (ana shu masalada ham bir oz noaniqlik mavjud: birinchidan, bu
Uyg‘onish aslida VIII asrdan boshlanadi, chunki islom tarixidagi fikriy uyg‘onish va
ko‘tarilish aslini olganda ana shu asrdan boshlangan. Islom ta’limoti doirasidagi
falsafiy maktablar – mu’taziliya, ash’ariya, moturidiya kabi kalom falsafasi (islom
1
Қаранг: Бертельс Д. Предисловие // Мец Адам. Мусульманский Ренессанс. -Москва: Наука, 1973. -С.8.
2
Қаранг: Fuсk J. / Die arabischen Studien in Europe.-Leipzig., 1955.-S. 289.
3
Қаранг: Frye R. / Notes on Renaissance of the 10 th and 11 th. Centuries in Eastern Iran //Central Asiatic journal –
Vol. 2 –P. 137.