Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 568
w www.oriens.uz February 2022 teologiyasi), tasavvuf ta’limoti va irfon falsafasi (islom teosofiyasi) aynan ana shu
davrda vujudga kelgan. Ikkinchidan, bu uyg‘onish butun Sharq xalqlari va
mamlakatlariga emas, balki faqat Musulmon Sharqigagina mansub bo‘lgan.) buyuk
ko‘tarilish va yuksalish davrining ilk bosqichi hech kimning, ayniqsa, g‘arbliklarning
xayoliga kelmaydi? Sharq doimo G‘arbdan olganlarini e’tirof etib kelgan. Buni
Forobiy va Ibn Sinoning falsafiy risolalaridan ham, Ibn Rushdning Arastu asarlariga
yozgan sharhlaridan ham bilsa bo‘ladi. Ammo, negadir G‘arb olami iloji boricha buni
yashirishga, chetlab o‘tishga, bilmaganga olishga harakat qilib keladi”.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Arab – musulmon madaniyatining eng yuksak parvozi – «islom renessansi» -
islomning siyosiy qudrati zaiflashgan davrga, hayot pragmatik va ancha durust holga
kelgan davrga to‘g‘ri keladi. Diniy urushlar vaqtida qo‘lga kiritgan boyliklar,
resurslarga ega bo‘lgan amirlar, yuqori avtoritet bo‘lgan Bag‘dod halifaligidan
mustaqil bo‘lgach, ularni bog‘ – rog‘lar, o‘z saroylari va boshqa hovli
obodonchiliklariga ishlata boshlaganlar. Ular o‘z saroylariga shoirlar, faylasuflar,
nafaqat islom aqidasini o‘rganuvchi, balki qadimiy ellin, rim – xristian va fors
an’analarini biluvchi olimlarni to‘play boshlaganlar. Bularning hammasi ma’rifatli va
ma’lumotli kishilarning ko‘payishga, madaniyatning gullab – yashnashiga olib kelgan
edi.
Shuning bilan bir qatorda IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta
yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri bo‘lganligidan, bu davrni ba’zi
tadqiqotchilar Sharq fani va madaniyatining “oltin davri” deb e’tirof etadilar. O‘sha
davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz
bergan madaniy-ma’rifiy yuksalishni ta’minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy
kuchlardan biri edi. Bu xulosa, birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan
mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo‘lgani bilan izohlanadi
4
.
Movarounnahr zamini o‘rta asr musulmon sharqida ma’rifat va madaniyat
maskani sifatida dong taratgan o‘lka hisoblangan. Yurtimizdan yetishib chiqqan al-
Xorazmiy, al-Farg‘oniy, al-Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy va boshqa
buyuk alloma, qomusiy olimlarning ilmiy merosi haqli ravishda umumbashariy
mulkka aylangan. Sobiq sovet davrida ushbu olimlarning ilmiy merosiga bir
tomonlama munosabat shakllangan bo‘lsa, mustaqillik yillariga kelib ushbu buyuk
zotlar faoliyati va ilmiy merosi har tomonlama chuqur o‘rganilishi boshlandi.
4
Қаранг: Абдуҳалимов Б. А. “Байт ал-ҳикма” ва Ўрта Осиё олимларининг Бағдоддаги илмий фаолияти: (IХ-ХI
асрларда аниқ ва табиий фанлар). –Т., Тошкент ислом университети нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2004. –Б.209-
236.