Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 571
w www.oriens.uz February 2022 falsafasiga murojaat eta boshladilar”.
M.Qodirov fikricha, islom falsafasini o‘rganilishini boshlab bergan tadqiqot
Alambe Jourdanning 1819 yilda nashr etilgan “Arastu asri yunon hujjatlarini arab
tiliga qilingan tarjimalarining tanqidi” kitobidir
7
. Bu kitob islom falsafasining G‘arb
falsafasiga, maxsusan lotin tilidagi ta’limotlarga ta’sirini ochib bergan. 1852 yili
Ernest Renanning “Ibn Rushd va uning falsafasi” nomli kitobi nashr etildi
8
. 1859 yili
Solomon Munk tomonidan “Yahudiy va arab falsafasi majmui” nomli kitob nashr
etilgan bo‘lib, hozirgacha o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan
9
. XX asr boshida De Boer
tomonidan “Islomda falsafa tarixi” (1901) kitobi nemis tilida nashr etilib, 1903 yilda
ingliz tiliga ham tarjima qilingan
10
. 1922 yili De Lasi Oleariy tomonidan “Islomiy
tafakkur va uning tarixdagi o‘rni” nomli kitob nashr etildi
11
.
1957 yili Kruz Hernandez tomonidan “Andaluziya musulmon falsafasi” nomli
kitob nashr etildi. 1962 yili Montgomeri Vott muallifligida “Islom falsafasi va
ilohiyoti” nomli kitob nashrdan chiqdi. 1964 yili Henri Korbon tomonidan “Islom
falsafasining tarixi” kitobi bosilib chiqdi. 1970 yili Mojed Faxriyning “Islom olamida
falsafa davoni” kitobi Beyrutdagi Amerika universiteti tomonidan ingliz tilida nashr
etildi. Bu kitob 1983 yili Nasrullo Pur Javodiy tarjimasida Tehronda fors tilida bosilib
chiqdi
12
.
Islom dinining shakllanishi natijasida arab xalifaligi ta’sir doirasidagi mamlakatlar
ma’naviy-madaniy hayotida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu jarayonni asosan islom
dinining Arabiston yarim orolida markazlashgan davlat tuzishdagi o‘rni bilan
baholash mumkin. Chunki o‘sha davrdagi tarqoq arab qabilalari islomning ta’siri
ostida birlashgan edi. Aynan shunday birlashish jarayoni kuchli hokimiyatni vujudga
keltirdi. O‘z navbatida bu hokimiyatning boshqa hududlarni bosib olishiga qulay
shart-sharoitlar yuzaga keldi. Arab xalifaligi deb nom olgan bu ulkan imperiya
tarkibiga Arabiston yarim orolidan tashqari Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarining
barchasi, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Kavkaz orti davlatlari va O‘rta Osiyo kirar edi.
Keyinchalik esa davlat ma’naviy-madaniy hayotini mustahkamlashga alohida e’tibor
berilib, maxsus “Baytul hikma” ilmiy markazi tuzildi. Mazkur ilmiy markazning
samarali faoliyati orqali falsafa va tabiiy fanlar sohasida yangi yutuqlar qo‘lga
7
Қаранг: Қодиров М. Марказий Осиё, Яқинва Ўрта Шарқнинг фалсафий тафаккури. Т.: Тошкент давлат
шарқшунослик институти, 2010.
8
Renan E. Averroes et L’averroisme. –Paris, 1882; Renan. De philosophia peripatetica apud Suros. –Paris, 1852. P.21
9
Munk S. Melanges. De philisophie juive et arabe. –Paris, 1859. P.65
10
De Boer, T. J. Geschichte der Philosophie in Islam. –Stuttgart, 1901. P.97-98
11
O’leary, De Lacy. Arabic Thought and its Plase in History. –London, 1922. P.123
12
Қаранг: Қодиров М. Марказий Осиё, Яқинва Ўрта Шарқнинг фалсафий тафаккури. Т.: Тошкент давлат
шарқшунослик институти, 2010.Б.24