Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 570
w www.oriens.uz February 2022 amalga oshishiga ishonar edi. Shuning uchun aholi arablarga qarshi deyarli jiddiy
qarshilik ko‘rsatmadi. Shu tariqa islom dinining yoyilishi turli yo‘llar bilan, jumladan,
zo‘rlik bilan ham amalga oshirildi. Bu yerda shuni ham ta’kidlash lozimki, uni qabul
qilish uchun qisman zamin ham tayyorlangan edi. Bunga zardushtiylikdagi
yakkaxudolik aqidasining rivoji, yahudiylik va xristianlik oqimlari bo‘lgan
monofizitlik va nestorianlikning mavjudligi ham o‘z hissasini qo‘shdi. Misr olimlari
Rashid al-Baraviy va Muhammad Hamza Uleyshlarning ta’kidlashlaricha,
zardushtiylik, monofizitlik va nestorianlikning siqib chiqarish jarayoni bosqichma-
bosqich bilan olib borildi. “Ba’zilar yangi e’tiqodni o‘z ishonchlariga ko‘ra,
boshqalar esa – moddiy manfaat tufayli, yana ba’zi birovlar esa – o‘zlarini hukmron
doiralar tomonidan ta’qib qilinishlaridan saqlash maqsadida qabul qildilar”
6
.
Abbosiylar davrida Bag‘dod shahriga asos solindi. Bu joy xalifalikning siyosiy
markazi bo‘libgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy
markaziga aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid
(786-809) va Ma’mun (813-833) davrida ilm-ma’rifatga katta e’tibor berildi. Masalan,
yirik ilmiy markazga aylangan “Bayt al-hikma”ga asos solinib, bu joyda o‘z
davrining mashhur olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, me’mor,
muhandislari to‘plangan edi. Bu davrda arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar,
movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, suryoniy, fors, hind va
boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot
fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi
yunon faylasuflari Ptolemeyning “Almajistiy” (Almagest), Yevklidning handasa
(geometriya), Aflotun va Arastuning qator asarlari arab tiliga o‘girildi. Ayniqsa,
Arastuning mantiqqa oid asarlarining tarjima qilinishi Bag‘dod ziyolilari
dunyoqarashining butunlay o‘zgarishiga olib kelgan edi.
Ayni shu davrda J.Muhammad ta’kidlaganidek, “Sharq Uyg‘onish davrining
inersiyasi G‘arbni munavvar eta boshladi: bu bir paytlar Sharqda boshlanib, o‘zining
yuksak darajalariga yetgan Uyg‘onishning mantiqiy davomi edi. G‘arb shoir-
yozuvchilari va faylasuflari bir tomondan Arastu metafizikasi va Aflotun idealizmiga,
ikkinchi tomondan Forobiy, Ibn Sino va Ibn Rushd falsafiy merosiga, shunigdek, bir
tomondan xristian dinining asoslari, patristika va sxolastika kabi ilohiyotshunoslik
maktablariga, ikkinchi tomondan islom dinining hayotbaxsh g‘oyalari, islom rasional
tafakkuri – kalom falsafasi va islom irrasional tafakkuri – tasavvuf ta’limoti va irfon
6
Қаранг: Рашид ал-Баравий, Муҳаммад Ҳамза Улейш. Экономическое развитие Египта в новое время. Сокр.
пер. с арабского (Янги даврда Миср иқтисодининг тараққиёти. Арабчадан қисқача таржима). –М., ИЛ, 1954. –
Б.11.