Ehtimollar nazariyasi predmeti



Yüklə 68,65 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü68,65 Kb.
#203360
1   2   3   4   5
1-maruza

Sinashlar va hodisalar.
Tasodifiy hodisa deb tayin shartlar toʻplami S bajarilganda yo roʻy berish, yoki roʻy bermasligi mumkin boʻlgan hodisani atadik. Bundan kyein “shartlar toʻplami S bajarildi” deyish oʻrniga, biz qisqacha qilib, “sinash oʻtkazildi” deymiz. Shunday qilib, biz hodisani sinash natijasi sfatida qaraymiz.
Misol. Mergan toʻrtta sohaga ajratilgan nishonga qarata oʻq uzdi. Oʻq uzilishi- sinash. Nishonning tayin sohasiga oʻq tegishi- hodisa.
Misol. Yashikda rangli sharlar bor. Yashikdan tavakkaliga bitta shar olinadi. Yasikdan shar olinishi sinash hisoblanadi. Tayin rangli shar chiqishi- hodisa.
Tasodifiy hodisalarning turlari.
Birgalikda boʻlmagan hodisalar deb bitta sinashda birini roʻy berishi qolganlarinining roʻy berishini yoʻqqa chiqaradigan hodisalarga aytiladi.
Misol. Detallar solingan yashikdan tavakkaliga bitta detal olindi. Bunda standart detal chiqishi nostandart detal chiqishini yoʻqqa chiqaradi. ”Standart detal chiqdi” va ”nostandart detal chiqdi” hodisalari birgalikda emas.
Misol. Tanga tashlandi. Tanganing gerbli tomoni tushishi yozuvli tomoni tushishini yoʻqqa chiqardi. ”Gerbli tomon tushdi” va ” yozuvli tomon tushdi” hodisalari birgalikda emas.
Yagona mumkin boʻlgan hodisalar deb sinash natijasida bir necha hodisalardan bittasi va faqat bittasining roʻy berishi muqarrar hodisaga aytiladi.
Koʻrinib turibdiki, yagona mumkin boʻlgan hodisalar juft-jufti bilan birgalikda emas.
Misol. Ikkita pul-buyum lotereyasi sotib olingan. Quyidagi hodisalarning bittasi va faqat bittasi albatta roʻy beradi: “Yutuq birinchi biletga chiqdi, ikkinchisiga chiqmadi”, “yutuq birinchi biletga chiqmadi, ikkinchi biletga chiqdi” ,”yutuq ikkala biletga ham chiqdi”, “yutq ikkala biletga ham chiqmadi” . Bular yagon mumkin boʻlgan hodisalar.
Misol. Mergan nishonga qarata oʻq uzdi. Quyidagi ikkita hodisadan biri albatta roʻy beradi: nishonga oʻq tegishi, oʻqni nishonga tegmasligi. Bular yagona mumkin boʻlgan hodisalar.
Teng imkoniyatli hodisalar deb bir necha hodisalardan hech birini boshqalariga nisbatan roʻy berishi mumkinroq deyishga asos boʻlmagan hodisalarga aytiladi.
Misol. Tanga tashlaganda gerbli tomon tushishi va yozuvli tomon tushishi teng imkoniyatli hodisalar. Haqiqatan ham, tanga bir jinsli materialdan tayyorlangan, toʻgʻri slindrik shaklga ega va uning oʻymakorligi tanganing u yoki bu tomoni bilan tushishiga ta’sir qilmaydi deb faraz qilinadi.
Misol. Oʻyin soqqasi tashlanganda u yoki bu sondagi ochkolar tushishi tehg imkoniyatli hodisalardir. Haqiqatdan ham, soqqa bir jinsli materialdan ishlangan muntazam koʻpyoq shakliga ega va unga ochkolarning yozilganligi u yoki bu yogʻi bilan tushishiga ta’sir qilmaydi deb faraz qilinadi.

Yüklə 68,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin