26. 52 talik kartalar dastasidan tavakkaliga uchtasi olinadi.
Ularning “3”, “7” va “tuz” karta bo„lishi ehtimoli qanday?
27. Telefon raqami 6 ta raqamdan iborat. Telefon nomerining:
a) raqamlari turli xil bo„lishi; b) raqamlari 3 ga karrali bo„lishi ehtimol-
larini toping.
28. Qutida faqat ranglari bilan farqlanuvchi 22 ta shar bor: 9 ta
ko„k, 5 ta sariq va 8 ta oq. Qaysi hodisaning ehtimoli kattaroq: qutidan
sariq sharning chiqishimi yoki shashqoltosh tashlanganda 5 ochko
tushishimi?
29. O„nta biletdan ikkitasi yutuqli. Tavakkaliga olingan 5 ta bilet
orasida bittasi yutuqli bo„lish ehtimolini toping.
30. 100 ta detal orasida 10 tasi yaroqsiz. Shu partiyadan tanlangan
5 ta detal orasida kamida bittasi yaroqsiz bo„lish ehtimolini toping.
31. 25 kishidan, jumladan, ular orasida 5 ta ayoldan iborat yig„ilish
3 kishilik delegatsiyani saylaydi. Agar yig„ilishning har bir a‟zosi bir xil
ehtimollik bilan saylanishi mumkin bo„lsa, delegatsiyaga ikkita ayol va
bir erkak saylanishi ehtimolini toping.
32.
Uchta
shashqoltosh
tashlangan.
Quyidagi
hodisalar
ehtimollarini toping.
a) ixtiyoriy ikkita toshda bir ochko, uchinchisida esa bir
bo„lmagan ochko tushishi;
b) ixtiyoriy ikkita toshda bir xildagi ochko tushishi, uchin-
chisida esa boshqa ochko;
c) barcha toshlarda turli sondagi ochko tushishi.
33. “B”, “O”, “K”, “I”, “T” harflarining har biri 5 ta kartoch-
kalardan biriga yozilgan. Kartochkalar tasodifan bir qatorga teriladi.
“KITOB” so„zining hosil bo„lishi ehtimoli qanday?
34. 60 ta imtihon savollaridan talaba 50 tasini biladi. Talabaning
unga berilgan uchta savolga javob berish ehtimolini toping.
35. O„qishni bilmaydigan bola alifbening kesilgan “A”, “A”, “A”,
“N”, “N”, “S” harflarini ixtiyoriy ravishda terib chiqdi. Bunda
“ANANAS” so„zining hosil bo„lish ehtimoli qanday?
36. Alohida kartochkalarga 1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlar yozilgan.
Kartochkalar yaxshilab aralashtirilgach, tavakkaliga to„rttasi olinadi va
ketma-ket qator qilib teriladi. Hosil bo„lgan son 1,2,3,4 bo„lishi ehti-
molini toping.
37. Buyumlar partiyasini sinashda yaroqli buyumlar nisbiy
chastotasi 0,9 ga teng bo„ldi. Agar hammasi bo„lib, 200 ta buyum
tekshirilgan bo„lsa, yaroqli buyumlar sonini toping.
|