19. Oltita bir xil kartochkaning har biriga quyidagi harflardan biri
yozilgan – a, t,m,r,s,o. Kartochkalar yaxshilab aralashtirilgan. Bittalab
olingan va “bir qator qilib” terilgan to„rtta kartochkada “soat” so„zini
o„qish mumkinligi ehtimolini toping.
20. Hamma tomoni bo„yalgan kub mingta bir xil o„lchamli
kubchalarga bo„lingan va yaxshilab aralashtirilgan. Tavakkaliga olingan
kubchaning a) bitta; b) ikkita; c) uchta tomoni bo„yalgan bo„lish
ehtimolini toping.
21. Aralashtirilgan 36 talik kartalar dastasidan
tavakkaliga bittasi
olinadi. Olingan kartaning a) “tuz” bo„lishini b) rasmli (ya‟ni “korol”,
“dama” yoki “valet”) bo„lishini ehtimoli qanday?
22. Qutida m ta oq va n ta qora sharlar bor.
Qutidan tavakkaliga
bitta shar olinadi. Olingan sharning oq bo„lishi ehtimolini toping.
23. Bitta shashqoltosh (kubik, o„yin soqqasi) tashlangan. Quyidagi
ehtimollarni toping.
a) juft
ochko tushishi;
b) 5 ochkodan kam bo„lmagan ochko tushishi.
24. Ikkita tanga tashlangan. Agar A –
tangalar bir xil tomonlar
bilan tushishi hodisasi, B – turli tomonlar bilan tushishi hodisasi bo„lsa,
qaysi hodisaning ehtimoli kattaroq?
25. Uchta tanga tashlangan. Ikki marta “gerb”
tomoni bilan
tushishi ehtimolini toping.
Dostları ilə paylaş: