sabablarini tizimga keltirish.
Muammoli vaziyatlar:
· tuzulmalashtirilgan (muntazam takrorlanadigan yoki doimo uchrab turadigan);
· tuzulmalashtirilmagan (oldin uchramagan yoki kam uchraydigan).
Rahbarning paydo bo‘ladigan vaziyatlarga aks ta’siri ikki yoqlama bo‘lishi mumkin:
1) rahbar boshqaruv vaziyatni oldindan ko‘ra biladi va uni boshqaradi, bu oldindan boshqaruv deb nomlanib, bu holda qaror muammoning sabablarini bartaraf etishga qaratilgan bo‘ladi va to‘la-to‘kis bo‘lishi imkoniga ega;
2) rahbar paydo bo‘lib bo‘lgan vaziyatga javoban harakat qiladi, boshqaruv muammo oqibatlarini — rejalashtirilgan harakat dasturidan chetga chiqishni bartaraf etishga qaratilgan (tanqislik bo‘yicha boshqaruv). Bu holda, odatda, to‘la-to‘kis bo‘lmagan qaror qabul qilinadi.
17.2. Boshqaruv qarorlarining tasnifi va ularga qo‘yiladigan talablar
Yuzaga keladigan muammoli vaziyatlar turli xil bo‘lganligi sababli, qabul qilinadigan qarorlarni turli alomatlardan foydalangan holda tasniflash zarurati paydo bo‘ladi (17.2- jadval).
17.2- jadval
Boshqaruv qarorlarining turlari
Mеzon
|
Qarorlarning turlari
|
Amal qilish davomiyligi
|
Uzoq muddatli, o’rta muddatli, qisqa muddatli, bir martalik
|
Majburiylik darajasi
|
Majburiy (qat'iy), tavsiya bеruvchi
|
Mazmuni
|
Tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, tеxnologik va h.
|
Qabul qilish shakli
|
Individual (yakka tartibdagi), guruhli, jamoali, kollеgial
|
Tuzulmalashtirilishi darajasi
|
Dasturlangan, dasturlanmagan
|
Xarakatlarning xususiyatlari
|
Stratеgik, taktik, opеrativ
|
Ishlab chiqish usuli
|
Intuitiv, moslashuvchan (muhokama asosida), oqilona (tahliliy)
|
Mеzon
|
Qarorlarning turlari
|
Amal qilish davomiyligi
|
Uzoq muddatli, o’rta muddatli, qisqa muddatli, bir martalik
|
|
Majburiy (qat'iy), tavsiya bеruvchi
|
Mazmuni
|
Tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, tеxnologik va h.
|
Qabul qilish shakli
|
Individual (yakka tartibdagi), guruhli, jamoali, kollеgial
|
Tuzulmalashtirilishi darajasi
|
Dasturlangan, dasturlanmagan
|
Xarakatlarning xususiyatlari
|
Stratеgik, taktik, opеrativ
|
Ishlab chiqish usuli
|
Intuitiv, moslashuvchan (muhokama asosida), oqilona (tahliliy)
|
Biroq qarorlarni qabul qilish jarayonini o‘rganib chiqish uchun ularni ishlab chiqish usuli bo‘yicha tasniflanishi ko‘proq ahamiyatga egadir (17.3- jadval).
17.3- jadval
Dostları ilə paylaş: |