Nazorat savollari
1. Farmatsevtika tashkilotining mehnat jamoasi nima?
2. Farmatsevtika tashkilotining mehnat jamoasi to‘grisida umumiy
tushuncha va tavsiflarni tushuntirib bering.
3. Mehnat jamoalarining shakllanishi nechta bosqichni o‘z ichiga oladi va uni tushuntiring.
4. Mehnat jamoalarining tuzulmalarini tavsiflanishi qanday?
5. Farmatsevtika tashkilotida guruh nima?
6. Ijtimoiy-psixologik muhit nima?
7. Sotsiometriya usulining mohiyati nima?
8. Kadrlar menejmentining asosiy funksiyalari, tamoyillari va yo‘nalishlarini tushuntirib bering.
9. Tashkilot ichidagi mehnat munosabatlarini tartibga solishni aytib bering.
10. Lavozim nima?
11. Funksional lavozim yo‘riqnomasini aytib bering.
12. Farmatsevtika tashkilotlarida tuzulmaviy mehnat taqsimoti nima-
lardan iborat?
13. Funksiyalarni samarali bajarishning me’yorlari qanday?
14. Farmatsevtika menejmentiga qo‘yiladigan talablar nima?
15. Hozirgi zamon rahbarlik uslublarining tavsifi qanday?
16. „ Menejment panjarasi“ nima?
17. Tashkilotlardagi nizolarni boshqarish qanday?
17 bob. BOSHQARUV QARORLARINI QABUL
QILISHNING ASOSIY KONSEPSIYALARI
17.1. Boshqaruv jarayonining mazmuni.
17.2. Boshqaruv qarorlarining tasnifi va ularga qo‘yiladigan
talablar.
17.3. Qarorlarni qabul qilish jarayoni.
17.3.1. Jarayonning umumiy tavsifi.
17.3.2. Qarorlarni ishlab chiqish tizimining asosiy elementlari.
17.3.3. Qarorlarni qabul qilish jarayonini modellashtirish.
17.1. Boshqaruv jarayonining
mazmuni
Dori vositalarining muomalasi sohasidagi boshqaruv jarayoni — bu „kirish„dagi resurslarni tizimning „chiqishi„dagi mahsulotga yoki farmatsevtika yordamiga aylantirish yo‘li bilan qo‘yilgan maqsadlarga erishilishini ta’minlovchi boshqaruv ta’sirlarining yig‘indisi. Boshqaruvning mazmuni uning obyektiga bog‘liqdir (17.1- jadval).
Qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish, bu boshqaruvning bosh jarayoni bo‘lib, qarorning o‘zi esa boshqaruv tizimining mahsulidir.
„Boshqaruv qarori“ toifasi ko‘p qirrali mazmunga ega: birinchidan bu farmatsevtika tashkilotini boshqarish tizimidagi harakatlarning ma’lum variantlarini topish, tanlash va qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat; ikkinchidan bu boshqaruv tizimchasini boshqarilayotgan tizimchaga ta’sir etish formulasi; uchinchidan bu boshqaruv tizimchasi ishining natijasi; to‘rtinchidan afzal variantning tanlanishi.
17.1- jadval
Dostları ilə paylaş: |