Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)


Farmatsevtika tashkilotining xususiyatlari



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə25/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

15.3. Farmatsevtika tashkilotining xususiyatlari
va arxitektonikasi
Farmatsevtika tarmog‘ida ko‘p sonli tashkilotlar ishlaydi. Ularning hammasi ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar bo‘lib hisoblanadi. Farmatsevtika bozorining eng ko‘p sonli subyektlari — bu dori­xo­na tashkilotlaridir. Tashkilot sifatida dorixona — bu oraliqdagi va/yoki oxiridagi iste’molchilarni dori vositalari va dorixonaning boshqa tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish bo‘yicha umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida rahbariyat tomonidan faoliyati muvofiqlashtiriladigan farmatsevtlar va boshqa xodimlardan tarkib topgan ijtimoiy jamoadir.

Farmatsevtika tashkilotlariga qo‘yiladigan talablar egiluv­chanlik, dinamiklik, tashqi va ichki muhit talablariga moslashuv, faoliyatning samaradorligi kabi mezonlarda mujassamlashgan.


Menejment obyekti sifatida farmatsevtika tashkilotining xususiyatlari va tuzulmasi uning turi, iyerarxik pog‘onasi va faoliyat sohasiga bog‘liq bo‘ladi (15.2 -rasm).


15.2- rasm. Menejment obyekti sifatida tashkilotning tavsifi.
Farmatsevtika tashkiloti potensial imkoniyatlarga (uni shakllantirish vositalari majmuasining tanlanishi uning istiqboliga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim); boshqaruvchilikka (o‘zining holatini yoki „chiqish“ parametrlarini boshqaruv ta’siri ostida o‘zgartira olish qobiliyati); iyerarxik tuzilishga (tashkilot ikki yoqlama: o‘zidan past pog‘onaga nisbatan boshqaruv subyekti va o‘zidan yuqori pog‘onaga nisbatan boshqaruv obyekti vazifasini bajaradi) ega bo‘lishi kerak.

Yuqorida aytib o‘tilgan xususiyatlarning amalga oshirilishi va farmatsevtika tashkilotini tizim sifatida yaxlitligini yuqori darajada uning arxitektonikasi (uyg‘unlashuvi) belgilab beradi:


· boshqaruv organlari tuzulmasi;
· ichki boshqariladigan tizimchalarning tuzulmasi;
· lavozim funksiyalarining, vakolatlarning taqsimoti;
· ishlarning texnologiyasi (ishlab chiqarish vositalaridan va resurslardan foydalanishda harakatlar, muolajalar ketma-ketligi);
· birgalikdagi faoliyat turi: birgalikdagi o‘zaro bog‘langan, birgalikdagi ketma-ket);
· kommunikatsiyalar texnikasi;
· tashkiliy madaniyat.
Farmatsevtika tashkilotining tuzulmasi arxitektonikaning barcha komponentlarini bog‘lovchi asos bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin