Farmatsevtika tashkilotining tuzulmasi — bu o‘zaro barqaror munosabatlarda bo‘lgan, bir-biriga bog‘langan, tashkilotni yaxlit butunlik sifatida ishlashi va rivojlanishini ta’minlovchi elementlarning tartibga solingan majmuasi.
Tashkilot tuzulmasi quyidagi turlarga ajratiladi:
· tashkiliy — ishlab chiqarish — bo‘limlar (bo‘linmalar) majmuasi; · boshqaruv (boshqaruv tuzulmasi) — boshqaruv organlari majmuasi; · ijtimoiy — jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi va hokazo tamoyillari bo‘yicha birlashtirilgan xodimlar majmuasi; · kommunikatsion (axborot) — tashkilot a’zolarining o‘zaro muloqoti, axborotlar almashinuvi amalga oshiriladigan kanallar majmuasi; · texnologik — moddiy va energetika resurslari majmuasi. Boshqaruv tuzulmasi va tashkiliy ishlab chiqarish tuzulmasi umumiy — tashkiliy tuzulma tushunchasiga birlashtirilgan.
Tashkilotning xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro muloqot rasmiy va norasmiy munosabatlar doirasida bo‘lganligi sababli tashkilotlar ham o‘zining tuzulmaviy mavqeyiga muvofiq rasmiy va norasmiy bo‘lishi mumkin. Bunday ajratish 15.2- jadvalda keltirilgan bir qator alomatlarga asoslanadi.
15.2- jadval
Tashkilotning rasmiy va norasmiy tuzulmasini solishtirma tavsifi
Lavozimlar o’rtasida ko’zda tutilgan (rеglamеntlangan)
Erkin
Funktsiyalar
Odamlarni jamoatchilik mеhnatining vositalari va maqsadlari bilan birlashishi
Axborot almashinuvi, muloqot, bir-birini qo’llab-quvvatlash
Tashkiliy tuzulma xodimlar o‘rtasidagi faqat rasmiy munosabatlarni belgilab va ular (munosabatlari)dan tashkilotning maqsadlariga erishish yo‘lida foydalanish imkonini beradi.