Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)


Farmatsevtika tashkilotining tuzulmasi



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə26/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

Farmatsevtika tashkilotining tuzulmasi — bu o‘zaro barqaror munosabatlarda bo‘lgan, bir-biriga bog‘langan, tashkilotni yaxlit butunlik sifatida ishlashi va rivojlanishini ta’minlovchi elementlar­ning tartibga solingan majmuasi.
Tashkilot tuzulmasi quyidagi turlarga ajratiladi:
· tashkiliy — ishlab chiqarish — bo‘limlar (bo‘linmalar) maj­­muasi;
· boshqaruv (boshqaruv tuzulmasi) — boshqaruv organlari majmuasi;
· ijtimoiy — jinsi, yoshi, ma’lumoti, kasbi va hokazo tamo­yillari bo‘yicha birlashtirilgan xodimlar majmuasi;
· kommunikatsion (axborot) — tashkilot a’zolarining o‘zaro muloqoti, axborotlar almashinuvi amalga oshiriladigan kanallar majmuasi;
· texnologik — moddiy va energetika resurslari majmuasi.
Boshqaruv tuzulmasi va tashkiliy ishlab chiqarish tuzulmasi umumiy — tashkiliy tuzulma tushunchasiga birlashtirilgan.
Tashkilotning xodimlari o‘rtasidagi o‘zaro muloqot rasmiy va norasmiy munosabatlar doirasida bo‘lganligi sababli tashkilotlar ham o‘zining tuzulmaviy mavqeyiga muvofiq rasmiy va noras­miy bo‘lishi mumkin. Bunday ajratish 15.2- jadvalda keltirilgan bir qator alomatlarga asoslanadi.
15.2- jadval


Tashkilotning rasmiy va norasmiy tuzulmasini solishtirma tavsifi

Tasniflash alomatlari


Tuzulmalar


rasmiy

norasmiy

Yaratish sabablari


Jamiyatning ehtiyojlariga muvofiq rasmiy biriktirlgan maqsadlarga erishish


Tashkilot a'zolarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish


Tartibga solish asoslari


huquqiy mе'yorlar


An'analar, odatlar


Sub'еktlar


Lavozimlar


Shaxslar


Bog’lanish xususiyati


Lavozimlar o’rtasida ko’zda tutilgan (rеglamеntlangan)


Erkin

Funktsiyalar

Odamlarni jamoatchilik mеhnatining vositalari va maqsadlari bilan birlashishi




Axborot almashinuvi, muloqot, bir-birini qo’llab-quvvatlash

Tashkiliy tuzulma xodimlar o‘rtasidagi faqat rasmiy munosabatlarni belgilab va ular (munosabatlari)dan tashkilotning maqsadlariga erishish yo‘lida foydalanish imkonini beradi.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin