Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)


Farmatsevtika tashkilotini



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə23/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

15.2. Farmatsevtika tashkilotini
rivojlantirish jarayoni
Farmatsevtika tashkilotining ishlashi vaqt shkalasi bo‘yicha uning ham butunligicha hamda alohida bosqichlari bo‘yicha rivojlanishini aks ettiruvchi hayotiy sikl atamalarida taqdim etilishi mumkin.

Tashkilot hayotiy siklining bosqichlari — boshqaruv vazifala­ri­ning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi bir turdagi qimmatli ko‘rsatmalar doirasida tashkilot ishlashining ma’lum davri.
Tashkilotning to‘liq hayotiy davri o‘zaro bog‘liq bo‘lgan sakkizta bosqichni o‘z ichiga oladi: yaratilishi (E1), shakllanishi (E2), o‘sishi (E3), yetuklik (E4), barqarorlik (E5), tushkunlikka tushishi (E6), inqirozga uchrashi (E7) va tugatilishi (E8).
Hech bir tashkilot bitta holatda uzoq vaqt turishi mumkin emas, u doimo o‘z rivojining bir nechta bosqichlarini bosib o‘tadi, ularning har biri, odatda, keyingisi bilan almashinadi.
Har bir farmatsevtika tashkiloti o‘z hayotiy siklini yaratilish bosqichidan boshlaydi, bu bosqichda uning maqsadi va rivojlanishining kutilayotgan istiqbollari, ya’ni tashkilotning missiyasi belgilanadi.
Shakllanish bosqichida asosiy vazifa bozorga chiqish, mahsulot yetkazib beruvchilar, raqobatchilar va boshqalar bilan ishbi­larmonlik munosabatlarini o‘rnatishdan iborat.
O‘sish bosqichida bozordagi mavqeyini mustahkamlanishi, segmentlarni keyingi kengaytirilishi, tashkiliy tuzulmani takomil­lashtirilishi, yangi mutaxassislarni tayyorlanishi va jalb qilinishi, o‘ziga biriktirilgan chakana savdo tarmog‘ini kengaytirilishi, sotiladigan mahsulotlar hajmini oshirilishi va boshqa vazifalar ustuvor bo‘ladi.
Yetuklik bosqichida muntazam maromiga yetkazilgan o‘sish, farmatsevtika bozoridagi yangi jabhalarni o‘zlashtirish davom etadi va hokazo. Agar tashkilot bozordagi mavqeyini mustahkamlay olsa, u erishilgan natijalarni saqlanib qolishi bilan tavsiflanadigan barqarorlik bosqichiga o‘tishi mumkin.
O‘zining faoliyatini va bozordagi mavqeyini maksimal darajada barqarorlashtirgan tashkilot tabiiy sur’atda samaradorlikning rentabellik darajasidan pasayishi, bozordagi o‘z o‘rnini yo‘qotilishi bilan tavsiflanadigan inqiroz bosqichiga yuz tutishi va balki, o‘z faoliyatini to‘xtatishi mumkin.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin