Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)


Shaxslararo kommunikatsiya



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə65/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

Shaxslararo kommunikatsiya — bu farmatsevtika tashki­lotining a’zolari o‘rtasida axborot almashinuvidir.
Kommunikatsion jarayonning asosiy maqsadi, tashkilotning rahbari va qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasida ma’lum darajadagi munosabatlar uchun zarur bo‘lgan, muomala vositasi hisob­langan axborotning tushunilishini ta’minlashdan iborat.
Boshqaruv kommunikatsiyasi (yoki boshqaruv muomalasi) — bu rahbar va qo‘l ostidagi xodimlar o‘rtasidagi, faoliyatni kerak­licha o‘zgartirishga qaratilgan axborot almashinuvi jara­yonidir.
Boshqaruv kommunikatsiyalarini ishlab chiqarish faoliyatiga aloqador bo‘lmagan kommunikatsiyalardan farqi shundaki, kundalik kommunikatsiyalar, odatda, tasodifan yuz beradi va oldindan rejalashtirilmaydi. Boshqaruv kommunikatsiyalariga muhokama qilinadigan turli (shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-maishiy va boshqa) jabhalarni qamrab oladigan masalalarning xilma-xilligi, ko‘pincha bir mavzudan ikkinchisiga o‘tib ketilishi, qarorlarni qabul qilinishi bilan o‘zaro kam bog‘langanligi, asosan axborotdan iborat bo‘lishi xosdir.
Kadrlar menejmenti funksiyalarining amalga oshirilishi bosh­qaruv kommunikatsiyalarini, o‘zining maqsadli yo‘nalishi bilan farqlanadigan 6 ta asosiy sohalarini ajratish imkonini beradi (18.1- jadval).


18.1- jadval


Boshqaruv kommunikatsiyalari asosiy sohalarining tavsifi

Boshqaruv kommunikatsiyalarining sohasi


Maqsadli yo’nalishi


Ишга ёллаш


Ishga kirmoqchi bo’lgan xodimni mazkur tashkilotning afzalliklari va fazilatlariga ishontirish hamda talabgor haqida ma'lum tasavvurga ega bo’lish


Yo’nalish (moslashish)


Ишга qабул qилинган шахсни ташкилот билан таништириш


Individual baho


Qo’l ostidagi xodimga, uning tashkilot faoliyatiga qo’shadigan ulushini bahosi haqida ma'lum qilish


Shaxsiy xavfsizlik


Xodimlarga, ularni mеhnat faoliyatining xavfsizligi darajasi va uni ta'minlash bo’yicha ko’riladigan choralar haqida axborot taqdim etish


Иntizom

Xodimlarni amaldagi qoidalar, yo’riqnomalar bilan tanishtirish va shunga asosan uning o’zini tutish tartibini shakllantirish

Ishlash

Xodimlarni ularning xizmat funktsiyalari va tashkilot faoliyatida tutgan o’rinlari haqidagi kеrakli axborot bilan ta'minlash, ularning fikrini aniqlash, jamoa fikrini ishlab chiqish


Kommunikativ ta’sir ikki tomonlama axborot oqimini ko‘zda tutadi, bunda bitta tomon axborot olib, unga tezlik bilan yoki ma’lum vaqt o‘tganidan keyin javob beradi.

Kommunikatsiya tizimi o‘zaro bog‘langan 4 ta elementdan tarkib topadi:


· axborotni uzatuvchi shaxs (jo‘natuvchi);
· axborotning o‘zi;
· uzatish usuli;
· axborotni oluvchi shaxs (axborot oluvchi).
Kommunikatsiya kanallari bo‘ylab jo‘natuvchidan oluvchi shaxsgacha axborotning harakati bir nechta muolajalarga qat’iy ajratiladi: axborot oluvchini aniqlash; kerakli materialni ajratish (ixtiyoriy, tasodifiy, maqsadli, saylanma, tizimli, oldindan belgilab berilgan, tashabbusli); axborot bilan ishlash; uzatish; qabul qilish, axborotni anglab yetish; „qaytar aloqa“ bo‘yicha axborot al­mashish yoki uning olinganligini tasdiqlash.


18.1- rasm. Kommunikatsion jarayonning modeli.
Kommunikatsiya jarayonini boshqarishga uni tashkil etuvchi bosqichlarni bilish yordam beradi (18.1- rasm):

I bosqich — axborotni uzatish;


II bosqich — axborotni olish;
III bosqich — oluvchining javobi („qaytar aloqa“).
I bosqichning mazmunini quyidagi o‘zgaruvchilarni aniqlab berish tashkil etadi:
· jo‘natuvchining sifatli tavsifi (rahbar, hamkasaba, nazoratchi va boshqalar);
· uzatilayotgan va olinayotgan axborotning mazmuni;
· uzatish usuli (suhbat, telefon, elektron pochta va boshqalar).
Shuning bilan I bosqich tugallanadi, kommunikatsion jarayon axborot uzatuvchining nazorati ostidan chiqadi va II bosqich — axborotni olish boshlanadi.
Axborotni olish bosqichi axborotni kim olgani, uni qanday tushungani va baholagani, axborotni qabul qilingani yoki qabul qilinmaganini hamda unga kim va qanday javob berishi kerakligini aks ettiradi. Bunda axborotni oluvchi unga jo‘natuvchi solgan ma’noni tushunib qabul qilishi muhimdir. Sharq donolarining hikmatlarida aytilishicha: „haqiqat so‘zlovchining so‘zida emas, balki uni tinglayotganning ongidadir“.
Kommunikatsiya jarayonining III bosqichi „qaytar aloqa“dir (oluvchining nomaga javobi). Rahbar uchun „qaytar aloqa“ bevosita (xodim o‘zini tutishidagi kuzatilayotgan o‘zgarishlar) va bilvosita (mehnat unumdorligining pasayishi, ishga kelmaslik, nizolar va boshqalar) bo‘lishi mumkin.
„Qaytar aloqa“ alohida ahamiyat kasb etadi, chunki u kommu­nikat­siya oqimlarining uzluksizligini ta’minlaydi. Uning asosida mehnatni baholash, unga tuzatishlar kiritish va rag‘batlantirish amalga oshiriladi. Bundan tashqari, kommunikatsiyalarning uchta mezon: aks ta’sirning tezkorligi va to‘g‘riligi, kommunika­t­siya­larning aniqligi bo‘yicha baholanadigan „qaytar aloqa“ sama­radorligini belgilab beradi. Aks ta’sirning tezkorligi muloqot­ning amalga oshiril­gani va o‘zaro kelishuvga erishilganligini ko‘rsatadi. Kommunikat­siyalarning aniqligi jo‘natuvchi tomonidan axborotga kiritilgan ma’noni oluvchi tomonidan tushunilgan ma’noga bir xilligi bo‘yi­cha baholanadi. Axborotdagi ma’noning buzilishi kommunikatsiya jarayoniga uning har qaysi uchastkasidagi ara­lashuvlar: masalan, talaffuz etishda ovozdagi xatolar, bundan kuchliroq parallel noma­ning mavjudligi, nomaga turli pog‘onalarda o‘zining nomasini qo‘shilishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Samarali „qaytar aloqa“ning asosiy xususiyatlari — bu ayrim xodimlarning mehnatga bo‘lgan munosabatini va tashkilotning faoliyatini yaxshilashga yo‘naltirilganlik; axborotning konstruk­tivligi, foydali g‘oyalarning ma’lum qilinishi; tezkorlik (kechiktir­maslik xususiyati); nima qilinishi kerakligini ma’lum qilinishi; aniq bir xodim uchun foydaliyligi; o‘z vaqtida kelib tushishi; xodimdan axborotni olish istagi va qabul qilishga tayyorligi; ishonchliylikdir.
Samarali „qaytar aloqa“ning zarur shartlari — axborotni uzatishning kerakli usulini tanlash, ishonch, oshkoralik, lavozim maqomidagi farqlanishlarning kamayishi (tashkiliy distansiya), ziddiyatsizlik va boshqalar.
Kommunikatsiyalarning muhimligini yetarli darajada tushun­maslik; noqulay ijtimoiy-psixologik muhit, xodimlarning shaxsiy xislatlari (axborotga qiziqishning yo‘qligi yoki uni nomuvofiq baholanishi), yon-atrofdagilarning fikriga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lish, qabul qilinayotgan axborotning to‘liq bo‘lmasligi (jo‘natuvchi axborotning muhim qismini tushirib qoldirishi); ma’lumotnomalarning yomon tushulmasi (jo‘natuv­chi axborotning shakli, to‘g‘riligi, aniqligiga e’tibor bermaydi, oluv­chining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olmaydi); inson xotirasining nomukammalligi (odatda, oddiy xodimlar o‘ziga uzatilgan axborotning 50 foizini, rahbarlar esa — 60 foizini saqlab qoladilar) — kommunikatsiyalarning qoniqarsizligiga sabab bo‘lishi mumkin.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin