Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)


Qarorlarni qabul qilish jarayonini



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə61/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

17.3.3. Qarorlarni qabul qilish jarayonini
modellashtirish
Menejment jarayoni bir qismi ketma-ket, bir qismi esa parallel bajariladigan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir qator ishlardan tarkib topadi (17.2- chizma). Sxemada ko‘rsatilishicha, menejment jarayoni amalga oshirilishini quyidagilar belgilab beradi:
· vaziyat — boshqariladigan tizimchaning holatini tashxis qilish va boshqaruv ta’sirining maqsadini ifodalash;
· muammo — yechimini talab qiladigan muammoni aniqlash;
· yechimqaror qabul qilish, uning bajarilishini tashkil etish.
Avval obyektning holati haqidagi axborotga asosan boshqaruv ta’sirining maqsadini ifodalash bajariladi. So‘ngra huquqiy me’yorlar, ilm-fan ma’lumotlari, ilg‘or tajriba, hisob-kitoblar asosida qarorni baholash uchun mezon ishlab chiqiladi, qarorlarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan variantlari ishlab chiqiladi va ularning har biri baholash mezoni asosida hamda bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarining taxmini bilan tahlil qilib chiqiladi. Keyin qabul qilingan qarorni bajarilishi tashkil etiladi, uning amalga oshirilishining borishi ustidan nazorat o‘rnatiladi, oxirgi yakunlar chiqariladi, bunda qarorning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini hamda uning bajarilishida ayrim xodimlarning ishtirok etish darajasini baholash kerak.
Тaqdim etilgan chizma boshqaruv faoliyatining mantiqini aks ettiradi. Amalda bu jarayon ancha murakkab bo‘lib, bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bir qator muolajalarning parallelligiga yo‘l qo‘yiladi, bu esa qarorlarni qabul qilish vaqtini ancha qis­qartirishga imkon beradi.
I bosqich qarorni qabul qilish zaruriyatini tan olish, ya’ni vaziyatni maqsad bilan belgilangan holatdan chetga chiqilganligini (maqsadlar bilan ularga erishish darajasi o‘rtasida uzilish) tan olishdan boshlanadi. Muammoning borligi aniqlanganidan so‘ng uni to‘g‘ri ifodalash, yangiligini baholash, uni paydo bo‘lish sabablarini aniqlash, boshqa muammolar bilan o‘zaro bog‘lanishini aniqlash, muammo haqidagi axborotni to‘laligi va haqqoniyligini baholash hamda muammoning hal qilinishini aniqlash lozim.
Muammoni belgilab olish bosqichida uni haqqoniy va to‘la-to‘kis ta’rifini ta’minlaydigan uslublardan foydalaniladi. Ular jumlasiga: axborotni to‘plash, saqlash, u bilan ishlash va tahlil qilish; ma’lumotlarni qayd etish; modellashtirish, omillar tahlili, taqqoslash uslublari kiradi. Uslublarning to‘plami ifoda etilgan muammoning xususiyati va mazmuniga, muddatlarga va ajratila­digan resurslarga bog‘liq bo‘ladi. Uslublarni amalga oshirish xusu­siyatiga ko‘ra ularni quyidagilarga ajratish mumkin:

· rasmiy: bozorni, xo‘jalik faoliyatining natijalarini (statistik hisobot, buxgalteriya hisoboti) tahlil qilish;


· norasmiy: kommunikatsion tarmoqlar (suhbatlar, kuza­ tishlar va boshqalar) tahlilining ma’lumotlari, mutaxas­ sislarning ekspert so‘roqlari.

Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin