Ehtiyojlar (moddiy va ma’naviy)



Yüklə 1,64 Mb.
səhifə63/81
tarix28.11.2023
ölçüsü1,64 Mb.
#168016
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81
Farmatsevtika menejmenti-fayllar.org

IV bosqich. Qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuasini o‘z ichiga oladi, ularni shartli ravishda uchta ketma-ket muolajaga ajratish mumkin:
· qarorning hujjat bilan rasmiylashtirilishi (buyruq, farmoyish, ko‘rsatma, reja, iltimos va hokazo ko‘rinishida);
· tashkiliy ishlar (moddiy-texnikaviy va kadrlar ta’minoti, kommunikatsion tarmoqlarni yangilash yoki barpo etish);
· bajarilishini nazorat qilish.
Qarorning mazmunini ishlab chiqish bilan uni rasmiylash­tirish muolajasi uzviy bog‘liqdir. Huquqiy shakli ustida alohida to‘xtalib o‘tish lozim. U qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarning mustaqilligi va javobgarligi chegaralarini, qabul qilinayotgan qarorlarning mazmuni va oqibatlarini belgilab beradi.
Qarorning qabul qilinishi deganda, uning ifodalanishi va rasmiy tasdiqlanishi tushuniladi, shundan so‘ng u yuridik kuchga ega bo‘ladi. Qaror og‘zaki shaklida yoki hujjat ko‘rinishida qabul qilinishi mumkin. Qarorlar mazmuni bo‘yicha ta’sir etishning 3ta shakliga ega bo‘ladi: eng qat’iyan shaklni aks ettiruvchi buyruq, zo‘rlab qildirish qat’iyatligi undanda yumshoqroq bo‘lgan farmo­yish; tavsiya — aniqliklar va tuzatishlar kiritilishi mumkin bo‘lgan majburiy shakl.
Ishlab chiqilgan qaror muammoning mohiyati, uni hal etish bo‘yicha ishlarning hajmi, muddatlar va mas’ul ijrochilarni aks ettirishi lozim.
Qarorning bajarilishi — bu qarorning qabul qilinishini taqozo etgan muammoning bartaraf etilishi.
Rahbar tomonidan qabul qilingan qaror hujjatda rezolutsiya ko‘rinishida yoki alohida tasarrufiy hujjat (buyruq, farmoyish va boshqa) ko‘rinishida rasmiylashtirilishi mumkin, unda qarorning maqsadi aniq belgilab berilishi, aniq ijrochi, ijro muddati hamda qabul qilingan qarorni bajarish yo‘llari va vositalari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Oqilona qarorni ishlab chiqish oson emas, ammo uni amalga oshirish ko‘pincha undan ham qiyin bo‘ladi. Muammoni hal etish uchun qaror amalga oshirilishi lozim. Qarorning bajarilishini tashkil etish chora-tadbirlar rejasini tuzish, ijrochilarni resurslar bilan ta’minlash, sharoitlar yaratish, axborot almashinuvi uchun kommunikatsion tarmoqlarni barpo etish, bajarilishining borishi ustidan nazoratni ta’minlash, chetga chiqishlarni bartaraf qilish yoki tuzatishlar kiritish, natijalarni tahlil qilishni ko‘zda tutadi.
Qarorlarni samarali bajarilishi uchun axborot tezkorlik bilan ijrochilarga yetkaziladi, vazifalar, dastur va ijro muddatlari aniqlab beriladi; rag‘batlantirish va javobgarlikni oshirish mexanizmlaridan faol foydalaniladi.
Qarorni baholash qaytar aloqa asosida amalga oshiriladi va unga tuzatishlar kiritish imkonini beradi. U qarorni amalga oshirish bo‘yicha olingan natijalarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash­dan iborat bo‘ladi. Agar natijalar mo‘ljallangan ko‘rsatkichlarga va dasturga to‘g‘ri kelmasa, u holda qabul qilingan qarorga tuzatishlar kiritish yoki yangi qarorni ishlab chiqish va qabul qilish zarurati yuzaga keladi.
Har bir yangi qaror avval qabul qilingan, amal qilish muddati tugagan yoki dastlabki tanlangan variantdan chetga chiqilgan, yohud tashqi muhitda yuz bergan o‘zgarishlar bilan qarama-qarshi ziddiyatlar hosil qilgan qaror asosida paydo bo‘ladi.
Qarorni qabul qilish texnologiyasi tushunchasiga quyidagi elementlar kiritiladi:
· obyektlarning soni va sifati (nima qilish kerak?);
· resurslar (qanday xarajatlar bilan?);
· uslubi (qanday qilish kerak?);
· ijrochilar (kim qilishi kerak?);
· muddatlar (qachon qilish kerak?);
· iste’molchilar (kim uchun qilish kerak?);
· joy (qayerda qilinishi kerak?);
· iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik, texnik samara (bu nima beradi?).
Nimaga endi bitta qaror kutilayotgan natijaga olib keladi, ikkinchisi — yo‘q?
Balki, uni qabul qilish jarayonida bitta yoki bir nechta xatolarga yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa kerak. Ular ichida eng ko‘p tarqalgani quyi­dagilardir:
· qarorni qabul qilishga tizimiy yondoshish bo‘lmagan;
· variantlarni tanlashda „odatdagi“ muqobil variant afzalroq deb topilgan;
· faqat ijobiy variantlar ko‘rib chiqilgan, bo‘lishi mumkin xavf hisobga olinmagan;
· haqiqiy axborot emas, balki taxminlar va farazlar asos qilib olingan;
· qarorni qabul qilishda shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘yilgan;
· qabul qilingan qarorga his-xayajonlar sabab bo‘lgan;
· amaldagi holatlar noto‘g‘ri talqin etilgan;
· qaror impulsiv ravishda qabul qilingan.
Ijroni nazorat qilish tizimi qabul qilingan qarordan vujudga kelishi mumkin bo‘lgan chetga chiqishlarni ko‘zda tutish, kerakli yordamni ko‘rsatish imkonini beradi. Ijroning yomon tashkil etilishi; tashqi sabablar oqibatida vaziyatdagi keskin o‘zgarishlar; qarorni o‘zining yaxshi ishlab chiqilmaganligi va hokazolar qarorni amalga oshirish jarayonida tuzatishlarni kiritilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Agar qaror o‘zining ta’sir etish kuchini yo‘qotsa, u ishning tashkil etilishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Qaror bajarilishining yakunlarini majburiy tartibda chiqarilishi bosh­qaruvning qonuni bo‘lishi kerak. Yakunlar, qaror to‘liq va mud­datida bajarilishi yoki bajarilmasligidan qat’iy nazar, har qanday holatda chiqarilishi zarur. Yutuqlar va muvaffaqiyat­sizliklarning baholanishi, ularning ishning borishiga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab differensiatsiya qilinishi lozim. Qarorning bajarilishida faol ishtirok etgan xodimlarni rag‘batlantirish kerak. Yakunlarning chiqarilishi katta ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega. Xodimlar o‘zlarining qanday ishlaganlik­larini, ular mehnatining ahamiyati qandayligini bilishlari kerak. Shu bilan birga, boshqaruv amaliyoti uchun yakunlarni chiqarish — bu to‘plangan tajribani umumlashtirish, uni yangi uslublar va usullar bilan boyitish, qarorni qabul qilish va amalga oshirish jarayonining samaradorligini tekshirish, ya’ni o‘z tajriba­sida amaliy o‘rganish demakdir. O‘z-o‘zini o‘qitishning asosiy yo‘li — dorixonada namunaviy qarorlar bankini yaratishdan iborat. Qabul qilinadigan qarorlarning tezkorligi va oqilonaligi bo‘yicha tashkilotga, shu jumladan farmatsevtika tashkilotiga rahbarlik qilinishning sifatiga baho berish mumkin.



Yüklə 1,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin