Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish


Ko‘pqirralik, ko‘p variantlilik tamoyili



Yüklə 41,96 Kb.
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü41,96 Kb.
#180985
1   2   3   4   5
Ekologik turizm marshrutlarini ishlab chiqish

5. Ko‘pqirralik, ko‘p variantlilik tamoyili bo‘yicha ekoturizm marshrutlari quyidagi variantlarga bo‘linadi.

  1. Faqat quruqlik bo‘ylab ekoturizm maskaniga borish.

  2. Havo transporti yordamida ekoturizm maskaniga borish.

  3. Suv marshruti orqali ekoturizm maskaniga borish.

  4. Aralash transport vositalaridan foydalanib ekoturizm maskaniga borish.

Qayd qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish tushunarli. Bu ishlab chiqarish tamoyilining ko‘p variantliligiga kirib turist yoki turistik guruhning talabi, hoxish-istaklari bo‘yicha ular hoxlagan ekoturizm marshrutlari bo‘lishi mumkin. Bu marshrutlar tabiiy muhit-sharoit, yo‘l-yo‘lakay turli – tuman ob’ektlarini ko‘rish imkoniyatlari bo‘lganligidan ko‘pqirralilikka ham kiradi.
Shu bilan birga ekoturizmning ko‘p qirralilik tamoyili ekoturizmning asosiy ob’ektiga borguncha turizmning boshqa resurslariga ham marshrutning kirib-o‘tishni ta’minlaydi. Bu haqda ekoturizm marshrutlarini tuzishda mazmundorlik tamoyilini qo‘llash qismida zarur talablar haqida izoh berildi.
6. Ekoturizm marshrutlarida qulaylik tamoyilini qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tamoyilda ekoturizm marshrutlarida quyidagi qulaylik manbalari yaratish lozim bo‘ladi:
1. Transport va transport xillaridan foydalanishdagi
qulaylilik.
2. Marshrut davomida xizmatlarni qabul qilish qulayligi.
3. Marshrut davomida dam olish, ko‘ngil ochar o‘yinlarga
qatnashish, ekskursiyalarga chiqish, ovqatlanish yoki tunab
qolishdagi qulayliklar.
4. Marshrut davomida tibbiy yordamni olish qulayligi.
5. Marshrut davomida turist uchun minimum (termosda choy, palatka, yotib dam olish uchun yig‘ma karovat, biroz qattiq ovqat, qatiq, sharbatlar, tuxum) va optimum (mehmonxonada tunash, restoranda ovqatlanish, sport zalida mashq qilish, basseynda cho‘milish) qulayligi puxta ishlab chiqilishi lozim.
7. Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqishda axborotlanganlik tamoyilini qo‘llash marshrutni o‘ziga xos ravishda reklama qilish, turizm bozoriga kiritish ham hisoblanadi. Bu tamoyilda marshrut haqidagi barcha ma’lumotlar turist uchun muhayyo qilinishi kerak – broshyura, jurnal, buklet, gazeta, radio, televediniya. Turist marshrutda nimalarni ko‘radi, nimalar haqida ma’lumotlar eshitadi, qanday yuradi, qaysi kiyimlar kerak bo‘ladi, qanday transport vositalari taklif qilingan, qaysi xil ovqatlar ichimliklar tayyorlanadi, qanday dam oladi, ovqatlanish tartibi qanday tashkil qilinadi va hakozalarga – hammasiga javob bo‘lishi shart bo‘ladi.
Ekoturizm marshrutlarini ishlab chiqish tamoyillaridagi talablarni o‘rganib tahlil qilganimizda har bir tamoyilning marshrutda muhim o‘rni borligini anglaymiz. Bu tamoyillarni asos qilib olib ishlab chiqilgan marshrut o‘zida marshrutning barcha talablarini majmuali ravishda mujassamlashtirgan bo‘ladi, ekomarshrutning reklamaligi ahamiyatini oshiradi.

Yüklə 41,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin