18
2.2. TOG‘-O‘RMON QO‘RIQXONALARI
O‘zbekistondagi mavjud qo‘riqxonalarning joylashuv o‘rni
va hudud
bo‘yicha tarqalish 1993 yilda «Maxus muhofaza qilinadigan hududlar to‘g‘risida»
qonun qabul qilindi. Unda bunday hududlarni aniqlash,
ularni tartibga solish,
muhofaza qilish qonun-qoidalari qayd qilingan. O‘simlik va hayvonot dunyosini
muhofaza qilish, ularning nodir va tugab borayotgan
turlarini saqlab qolishda,
sonini ko‘paytirishda qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtma qo‘riqxonalar
ahamiyati kattadir. O‘zbekistonda qo‘riqlanadigan erlarning umumiy maydoni 2
mln. gektardan ortiq. Mamlakatda 9 qo‘riqxona bo‘lib, 5 tasi – tog‘li mintaqada 2
tasi – daryo qayiridagi to‘qayda va 1 tasi cho‘l landshaftlarida joylashgan.
Bular CHotqol tog‘-o‘rmon, Zomin, Nurota, Zarafshon, Hisor,
Surxondaryo, Kitob kabi qo‘riqxonalar tog’
mintaqasiga, Qizilqum va
Bodayto‘qay tekislik mintaqasi qo’riqxonalaridir. Bu qo‘riqxonalarda bioekologik
tadqiqotlar olib boriladi.
Xisor davlat qo‘riqxonasi
O’zbekistonVazirlar Kengashining 09.09.1983
yildagi 521-sonli qaroriga muvofiq Qizilsuv va Miroqi davlat qo‘riqxonalarining
qo‘shilishi natijasida tashkil etilgan. Xisor davlat qo‘riqxonasi O‘zbekistonda eng
yirik qo‘riqxona bo‘lib, 80986 ga maydonni egallaydi. Qo’riqlash
tartibini joriy
etish Qizilsuv davlat qo‘riqxonasi tomonidan 1974 yilda Xisor tog‘ tizmasining
janubiy qismidagi 30094 ga maydonda boshlangan.
1975 yilda shimoliroqda Miroqi qo’riqxonasi tashkil qilingan.
Xisor davlat
qo‘riqxonasi O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
tasarrufida bo‘lib, tabiatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot tashkiloti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: