26
Hasharot va boshqa umurtqasizlar.
Umurtqasizlar faunasi o‘rganilmagan,
garchi bu erda ularning turlari va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha umurtqalik
hayvonotlardan ancha ustunlik qilsa ham.
Undan tashqari, hashorotlarning ko‘p
turlari noyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Sobiq Ittifoq Qizil kitobiga
kiritilgan maxon, turkman pestryankasi, qoraqanot chigirgkalarining (Popov,
Abdreimov
t
Tishkov, 1990 y.) xududda yashashi
zoolog olimlar tomonidan
tasdiqlanmadi.
Baliqlar.
Qo‘riqxona hududini yuvib o‘tadigan Amudaryo suvi va Ko‘kdaryo
irmog‘ida 26 turdagi baliqlar (Mirzaev, 2005 y.) hayot kechiradi. 2004
yildagi
kuzatishlarda «Baday-To‘qay» qo‘riqxonasi baliq turlari tarkibida 1973 yildagi
ma’lumotlarga nisbatan ba’zi o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Bu Amudaryo
oqimining
boshqarilishi, irrigatsiya inshootlarining rivoji bilan bog‘liq. SHunday
qilib, qo‘rikxona ixtiofaunasi
tarkibidan bakra baliq, orol oqko‘zli balig‘i,
zog‘orabalik, qizilqanot va oq sila kabi turlari butunlay yo‘qolgan. Amudaryo
qumli suvlarining tezoqar joylarida katta va kichik kurakburunlar yashaydi.
Baliqlarning bu ikki turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Amudaryoning qo‘riqxonadan o‘tgan qismida cho‘rtansifat oq qayroq, laqqa
baliq, oqcha,
tarasha balik, karrak (nayzaqanot), oq amur, do‘ngpeshona va
boshqalar uchraydi.
Suvda va quruqlikda yashaydiganlar va sudralib yuruvchilar.
Quruqliqda
va suvda yashovchilar kam sonli, atigi ikki turdan iborat: to‘qay
chekkalarida
tarqalgan yashil qurbaqa va sokin oqadigan xavzalarda uchraydigan ko‘l baqasidir.
Ulardan farqli o‘laroq sudralib yuruvchilar anchagina. Bugunga kelib bu erda
sudralib yuruvchilarning 13 turi topilgan. To‘qayning chekkalarida O‘rta
Osiyo
toshbakasi, cho‘l kaltakesagi tez-tez uchrab turadi. To‘qay changalzorlari orasida
to‘rang‘ilning o‘tgan yilgi barglari orasida cho‘l taqirko‘zlisinnng uchrashi odashy
holdir. G‘ira-shirada loydevorli uylarning vayronasidan ovga chiqayotgan Kaspiy
gekkonlarini ko‘rish mumkin. Tezkor va yo‘l-yo‘l kaltakesakchalar qo‘riqxona
hayvonot dunyosiga xos jonivordir.