Ekologiya va geografiya



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/28
tarix12.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#154277
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28
o0zbekiston-qo0riqxonalari-va-ularning-ahamiyati

 
 
Hudud oval shaklda, janubda Amudaryo daryosi bilan tutashgan, janubi-
sharkdan shimoli-g‘arbga yo‘naltirilgan va Taldiq o‘rmoni bilan chegaradosh, 
shimoldan va shimoli-g‘arbda esa Ko‘kdaryo oqimi bilan tasmalangan. 1969 yilda 
Ko‘kdaryoning Amudaryo bilan tutashgan yuqori irmog‘i to‘g‘on bilan bo‘g‘ilgan, 
hozirgi paytda Ko‘kdaryoga Biybozor kollektorining suvi quyilmoqda. 
1971 yilda qo‘riqxonaning 1362 ga maydoni muhofaza etiladigan hudud 
sifatida ajratilgan. U qo‘riqxonaning shimoliy va sharqiy tomoni bo‘ylab ensiz 500 
dan 700 metrgacha tasma shaklida joylashgan. 
Qoraqalpog‘iston'>Iqlimi. Qoraqalpog‘iston
iqlimi o‘ta kontinental, quruq, yozi issiq, qishi 
sovuq va kam yog‘ingarchiligi bilan tavsiflanadi. Kontinentalligi sutkalik, oylik, 
mavsumiy va yillik havo haroratining keskin tushib-chiqishi, quruqligi, kam 
yog‘ingarchiligi bilan xususiyatlanadi. 
Qoraqalpog‘iston
qishi o‘ta qahraton. Eng sovuq oy - yanvar, havoning 
o‘rtacha oylik xarorati -5. Ayrim yillarda havo haroratining eng past ko‘rsatkichi -
3 dan -32-35 darajagacha. Qishi kamqorli. Qor qatlami beqaror. Qishning qor 
qatlamli davri 1 dan 44 kungacha. O‘rtacha qor qalinligi 4-5 sm, bazan undan 
oshadi. Qish davrida havoning nisbiy namligi 61 dan 74 foizgacha oraliqda. 
Qo‘riqxona hududi juda quruq mintaqada joylashgan. YOg‘ingarchilik yil 
davomida 70-90 mm gacha tushadi hamda erta bahor va kuz davriga to‘g‘ri keladi. 
Tuproqlari. 
Tuproq-iqlim chegaralanish chizmasiga ko‘ra qo‘riqxona 
Quyiamudaryo okrugining Xorazm- Janubiy Qoraqalpog‘iston tumaniga kiradi. 
O‘rmon
xo‘jaligining tabiiy baholanishiga ko‘ra qo‘riqxona hududida 
tuproqning uch turi kuzatilgan: o‘tloq-qayir-allyuvial, o‘tloq- allyuvial, sho‘rhok. 
Hozirgi vaqtda «Baday-To‘qay» qo‘riqxonasi muhofaza etiladigan hudud 
maqomiga to‘liq javob beradi. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin