Ekologiya va geografiya



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/28
tarix12.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#154277
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
o0zbekiston-qo0riqxonalari-va-ularning-ahamiyati

 


30 
 
 
III BOB. QO’RIQXONALARNiNG AHAMIYATI. 
3.1. Atrof- muhitni muhofaza qilishda qo’riqxonalarning ahamiyati 
 
O‘simliklarni muhofaza qilish.
O‘zbekiston hududida cho‘l, adir, tog‘ 
oldi, tog‘ va baland tog‘ balandlik mintaqalari o‘simlik qoplami tarqalgan. 
Respublika hududida 4100 dan ortiq o‘simlik turi bo‘lib, shundan 577 tasi dorivor, 
103 tasi bo‘yoqli va 560 tasi efir moyli. O‘simliklarning 10–12% muhofazaga 
muhtoj. Bundan tashqari mamlakatda, xususan. Orolbo‘yida tabiatni muhofaza 
qilish maqsadida ihota o‘rmonlari bunyod etish davom etmoqda. 
Bundan 40–45 yil muqaddam tekislikdagi daryo va soylar qayirlari ancha 
zich to‘qay va qamishzorlar bilan qoplangan bo‘lib, to‘qaylarda turang‘il, tol, 
jiyda, yulg‘un kabi daraxt va butalar qalin o‘sgan. Keyingi yillarda to‘g‘on, suv 
omborlari va kanallar qurilishi avj olib, daryo hamda soy suvlari keskin kamayishi, 
sizot suvlari sathi tobora kamayib, ularning minerallashuvi va sho‘rligi ortishi 
natijasida bu to‘qaylarning katta qism quridi (ayniqsa, quyi Amudaryoda). 
Respublika yaylovlarining hozirgi ahvoli ham ancha tashvishlidir. Bularning 
asosiy sabablari – yaylovlardan noto‘g‘ri foydalanish, tog‘ oldi va chala cho‘l 
zonasidagi katta-katta maydonlarning asossiz ravishda haydalib, ekinlar 
ekilganligi, cho‘lda – saksovul, tog‘larda archa kabi qimmatbaho daraxt va buta 
o‘simliklarining ko‘plab kesilib ketganligi, yaylovda qo‘y, mol boqish me’yoriga 
amal qilmaslik, yangi erlarning o‘zlashtirilishi, cho‘l zonasida yangi-yangi shahar 
va yo‘llar qurilib, yangi konlar ishga tushirilganligidir. 
O‘zbekistonning o‘rmon fondi, asosan, tog‘ o‘rmonlaridan iborat bo‘lib, 
tabiatni muhofaza qilishda muhim ahamiyatga ega. Ular ajoyib tabiiy manzara, 
o‘ziga xos sog‘lom mikroiqlim yaratadi, suvni saqlaydi va tuproqni eroziyadan 
asraydi, atrof muhitning sanitariya-gigiena holatini yaxshilaydi. 
O‘rmonlar respublika maydonining 5,1% ini tashkil etadi. Keyingi 30–35 
yil mobaynida ekologik vaziyatning yomonlashuvi sababli O‘zbekiston «qizil 
kitobi»ga 147 o‘simlik oilasi kiritildi. Bularning ko‘pi qimmatbaho dorivor 


31 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin