Kaltakesaklarga nisbatan iloklar kam uchraydi. Bu erning Ko‘kdaryo
irmog‘ida daraxt bo‘laklari va ildizlari orasida suv ilonlarini ko‘rish mumkin.
Tollarning o‘sib ketgan changalzorlarida o‘qilon ham topilgan. To‘qayning o‘tli
o‘simliklari orasi va molxonalar devorlarida gulli chipor ilon kuzatilgan. CHipor
ilonlarning ikki turi - ko‘ndalang- yo‘lli va dog‘lilari o‘rta asrga mansub Jampiq-
Qala devorlarida uchratiladi.
Qushlar. «Baday-To‘qay»ning eng ko‘p umurtqali jonivorlari qushlardir. Bu
erda ularning 91 turi (Lim, 1975 y.) ro‘yxatga olingan. Qo‘riqxonada bo‘lish
holatiga ko‘ra ular shunday bo‘linadi: in quradiganlar – 39 ta, o‘troq – 16 ta,
qishlaydigan – 18 ta, uchib o‘tuvchi turlari - 18ta.
«Baday-To‘qay»ning o‘troq qushlari: oddiy miqqiy, Xiva qirg‘ovuli, ko‘k
kaptar, kichik qumri, oqqanot kizilishton, tojli so‘fito‘rg‘ay, zagizg‘on, qora
quzg‘un, zagcha, Buxoro chittagi, oddiy mayna, dala chumchug‘i.
Sutemizuvchilar. Qo‘lqanotlilardan esa mo‘ylovdor tunshapalak, mitti
netopir, yirik ko‘rshapalak, quyonsifatlilardan
oddiy quyon uchraydi. Kemiruvchilar
- plastinkasimon tishli kalamush, uy sichqoni va qumsichqon.
Yirtqichlar sinfiga mansub chiyabo‘rilar o‘tish qiyin bo‘lgan to‘qaylarni
makon qilganlar, bo‘rsiq daraxtli-butasimon o‘simliklar oralab yashaydi.
Qo‘riqxonaning sohilbo‘yi quruq to‘qaylarida onda-sonda qamishzor mushugi
uchraydi.
«Baday-To‘qay»dagi tuyoqlilarga to‘ng‘iz va Buxoro bug‘usi kiradi. To‘ngiz
faqat to‘qayzorlarda yashaydi, asosan qo‘g‘a (lux) va qamishlarning ildizpoyasi
bilan ozuqlanadi, kuzda jiydaning hosilini baham ko‘radi.
Qo‘riqxonaning faxri bu albatga iqlimga moslashtirilgan Buxoro bug‘usi
(xongul)dir. U bir paytlar Amudaryo va Sirdaryo quyi oqimi suv havzasini ishg‘ol
qilgan. Jonivorni vaxshyylarcha qirish tufayli uning populyasiyasi buzildi. Bu hol
ularning «Baday-To‘qay» ko‘riqxonasida moslashtirilishiga olib keldi.
Tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi (TMXI-IUCN) va
O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan turlar. O‘simliklardan