Ekologiya va geografiya



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/28
tarix12.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#154277
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28
o0zbekiston-qo0riqxonalari-va-ularning-ahamiyati

O‘simliklar dunyosi 
 
Qo‘riqxonaning birinchi direktori V.P.Limning (1975 y.) 
qaydlariga ko‘ra, qo‘riqxona hayotining birinchi davrida 4532 ga yoki hududning 
70 foizi to‘qay o‘simliklari bilan qoplangani uchun butkul to‘qayli bo‘lgan. 
O‘rmon fondining 2005 yil 1 noyabrdagi hisobi ko‘rsagishicha, qo‘riqxona 
maydonining o‘rmon bilan qoplangan maydoni 3950 gekgargacha, ya’ni o‘tgan 35 


25 
 
 
yil ichida 578 gektarga qisqargan. Urmon maydonining yillik o‘rtacha qisqarishi 
19,3 ga ni tashkil etgan. Keltirilgan ko‘rsatkichlar ko‘riqxona o‘rmon tizimiga 
antropogen ta’sir kuchayganligi va suvdan foydalanish tartibi qoniqarsiz 
bajarilayotganini yaqqol ko‘rsatadi. 
Ko‘pchilik tadqiqotchilar daraxtli to‘qayda uch shakllanishni ko‘rsatadilar: 
ular turang‘il, tol, jiydaga oid (Maylun, 1973 y.). Ularning bari landshaftni 
tashkillashtiruvchi jamoadoshlardir. Floraning asosiy qismlariga ariy teragi yoki 
xususan turang‘il (Populus ariana Dode), ko‘kimtir terak (P.prunosa Schenka), 
jo‘ngari toli (Salix sonqarica), Vilgelm toli (S. wilhelmsiana), ingichka bargli jiyda 
(Elaeaqnus anqustifolia)lap kiradi. 
Terakning ariy va ko‘kimtir turi Termizdan tortib Amudaryo kuyi qismining 
barcha ko‘lamida kayd etilgan, bunda vodiyning turli uchastkalarida kaysidir bir 
turi ustunlik qiladi (Ashirova, 1976 y.). Bu nuqtai nazardan «Baday- To‘qay» 
qo‘riqxonasining turli jamoadoshlar shakllanayotgan xududi ma’lum ahamiyat 
kasb etadi. Yuqorida nomi zikr etilgan ikkala turning areali O‘rta va Markaziy 
Osiyodan chetga chiqmagan.
Qo‘riqxona to‘qayzorlarini ta’riflaganda, o‘rmonlardagi hamma joyida 
turang‘il ustunligi, jiyda va taroqsimonlar kamroq uchrashi, joylarda Amudaryo 
bo‘ylab qatorlab tollar ko‘zga tashlanishini aytib o‘tish lozim. 
To‘qaylarning ancha qismi sharq ilonpechagi, sibir sinanxumi, dala 
chirmoviqlar, eron sarsabili va lianalar bilan o‘rilgan. To‘qadda butalar kam, 
o‘tsimon o‘simliklar juda yomon rivoj topgan. Bunda eriantus, veynik, imperata singari 
qadimgi uchlamchi davr unsurlari mavjud. 
Nam joylarda oddiy qamish, qizilmiya, dag‘al kendыr, katta bargizub, lansetsimon 
bargizublar uchraydn. Sho‘rxok erlarda qorabaroq, sho‘rhok ajrigi, turkman svedasi, 
dagaljunli yulg‘un va ba’zi joylarda tuzli substraktlar bilan bog‘langan oddiy yantoq o‘sadi. 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin