Ekologiya va geografiya



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/28
tarix12.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#154277
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
o0zbekiston-qo0riqxonalari-va-ularning-ahamiyati

Hayvonot dunyosi

Qo‘riqxona hududi zoogeografik ma’noda Turon 
ma’muriy bo‘linmasining shimoliy maydoniga qaraydi. Qo‘riqxona hayvonot 
dunyosi Amudaryo quyi qismi o‘rmonlari hayvonotining xos «bo‘lagi»dir. 


26 
 
 
Hasharot va boshqa umurtqasizlar. 
Umurtqasizlar faunasi o‘rganilmagan, 
garchi bu erda ularning turlari va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha umurtqalik 
hayvonotlardan ancha ustunlik qilsa ham. Undan tashqari, hashorotlarning ko‘p 
turlari noyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. Sobiq Ittifoq Qizil kitobiga 
kiritilgan maxon, turkman pestryankasi, qoraqanot chigirgkalarining (Popov, 
Abdreimov
t
Tishkov, 1990 y.) xududda yashashi zoolog olimlar tomonidan 
tasdiqlanmadi. 
Baliqlar. 
Qo‘riqxona hududini yuvib o‘tadigan Amudaryo suvi va Ko‘kdaryo 
irmog‘ida 26 turdagi baliqlar (Mirzaev, 2005 y.) hayot kechiradi. 2004 yildagi 
kuzatishlarda «Baday-To‘qay» qo‘riqxonasi baliq turlari tarkibida 1973 yildagi 
ma’lumotlarga nisbatan ba’zi o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Bu Amudaryo 
oqimining boshqarilishi, irrigatsiya inshootlarining rivoji bilan bog‘liq. SHunday 
qilib, qo‘rikxona ixtiofaunasi tarkibidan bakra baliq, orol oqko‘zli balig‘i, 
zog‘orabalik, qizilqanot va oq sila kabi turlari butunlay yo‘qolgan. Amudaryo 
qumli suvlarining tezoqar joylarida katta va kichik kurakburunlar yashaydi. 
Baliqlarning bu ikki turi O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. 
Amudaryoning qo‘riqxonadan o‘tgan qismida cho‘rtansifat oq qayroq, laqqa 
baliq, oqcha, tarasha balik, karrak (nayzaqanot), oq amur, do‘ngpeshona va 
boshqalar uchraydi. 
Suvda va quruqlikda yashaydiganlar va sudralib yuruvchilar. 
Quruqliqda 
va suvda yashovchilar kam sonli, atigi ikki turdan iborat: to‘qay chekkalarida 
tarqalgan yashil qurbaqa va sokin oqadigan xavzalarda uchraydigan ko‘l baqasidir. 
Ulardan farqli o‘laroq sudralib yuruvchilar anchagina. Bugunga kelib bu erda 
sudralib yuruvchilarning 13 turi topilgan. To‘qayning chekkalarida O‘rta Osiyo 
toshbakasi, cho‘l kaltakesagi tez-tez uchrab turadi. To‘qay changalzorlari orasida 
to‘rang‘ilning o‘tgan yilgi barglari orasida cho‘l taqirko‘zlisinnng uchrashi odashy 
holdir. G‘ira-shirada loydevorli uylarning vayronasidan ovga chiqayotgan Kaspiy 
gekkonlarini ko‘rish mumkin. Tezkor va yo‘l-yo‘l kaltakesakchalar qo‘riqxona 
hayvonot dunyosiga xos jonivordir. 


27 

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin