Hudud oval shaklda, janubda Amudaryo daryosi bilan tutashgan, janubi-
sharkdan shimoli-g‘arbga yo‘naltirilgan va Taldiq o‘rmoni bilan chegaradosh,
shimoldan va shimoli-g‘arbda esa Ko‘kdaryo oqimi bilan tasmalangan. 1969 yilda
Ko‘kdaryoning Amudaryo bilan tutashgan yuqori irmog‘i to‘g‘on bilan bo‘g‘ilgan,
hozirgi paytda Ko‘kdaryoga Biybozor kollektorining suvi quyilmoqda.
1971 yilda qo‘riqxonaning 1362 ga maydoni muhofaza etiladigan hudud
sifatida ajratilgan. U qo‘riqxonaning shimoliy va sharqiy tomoni bo‘ylab ensiz 500
dan 700 metrgacha tasma shaklida joylashgan.
Qoraqalpog‘iston'>Iqlimi. Qoraqalpog‘iston iqlimi o‘ta kontinental, quruq, yozi issiq, qishi
sovuq va kam yog‘ingarchiligi bilan tavsiflanadi. Kontinentalligi sutkalik, oylik,
mavsumiy va yillik havo haroratining keskin tushib-chiqishi, quruqligi, kam
yog‘ingarchiligi bilan xususiyatlanadi.
Qoraqalpog‘iston qishi o‘ta qahraton. Eng sovuq oy - yanvar, havoning
o‘rtacha oylik xarorati -5. Ayrim yillarda havo haroratining eng past ko‘rsatkichi -
3 dan -32-35 darajagacha. Qishi kamqorli. Qor qatlami beqaror. Qishning qor
qatlamli davri 1 dan 44 kungacha. O‘rtacha qor qalinligi 4-5 sm, bazan undan
oshadi. Qish davrida havoning nisbiy namligi 61 dan 74 foizgacha oraliqda.
Qo‘riqxona hududi juda quruq mintaqada joylashgan. YOg‘ingarchilik yil
davomida 70-90 mm gacha tushadi hamda erta bahor va kuz davriga to‘g‘ri keladi.
Tuproqlari. Tuproq-iqlim chegaralanish chizmasiga ko‘ra qo‘riqxona
Quyiamudaryo okrugining Xorazm- Janubiy Qoraqalpog‘iston tumaniga kiradi.
O‘rmon xo‘jaligining tabiiy baholanishiga ko‘ra qo‘riqxona hududida
tuproqning uch turi kuzatilgan: o‘tloq-qayir-allyuvial, o‘tloq- allyuvial, sho‘rhok.
Hozirgi vaqtda «Baday-To‘qay» qo‘riqxonasi muhofaza etiladigan hudud
maqomiga to‘liq javob beradi.