Ekonometrik modellarni tuzishga iqtisodiy ma`lumotlarga qo`yilgan talablar reja



Yüklə 45,81 Kb.
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü45,81 Kb.
#208588
  1   2   3   4
Ekonometrik modellarning axborot ta’minoti


Ekonometrik modellarni tuzishga iqtisodiy ma`lumotlarga qo`yilgan talablar


REJA



  • Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati

  • Bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilarnitanlash

  • Ekonometrik modellarni tuzishda qatnashadigan iqtisodiy ma’lumotlarga qo’yiladigan talablar

  • Tayanch iboralar:iqtisodiy ma’lumotlar, o’zgaruvchilar, korrelyasion bog’lanishlar, bog’liq va bog’liq bo’lmagan o’zgaruvchilar, statik va dinamik modellar


2.1. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati
Iqtisodiy jarayonlarni vaqt davomida o’zgarishini o’rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar va hodisalar vaqt davomida o’zgaruvchan bo’ladi. Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali o’rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko’rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi o’zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy-statistik modellashtirish usuli - bozor iqtisodiyoti subyektlarining iqtisodiy faoliyati tahlili va rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan biridir.
Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko’rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari o’rtasidagi aloqalar o’z mohiyatiga ko’ra stoxastik bo’lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy subyektlar faoliyatini statistik modellashtirish zamon va makonda ularning rivojlanish jarayonini o’rganishda asosiy o’rin egallaydi. Bu modellar ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir.
Hatto eng takomillashgan statistik model ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarning butun aloqadorligini qamrab olishga qodir emas. Shunga ko’ra, iqtisodiy tahlil va iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo’llashda har doim noaniqlik elementlari mavjud bo’ladi. Odatda, iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo’llash samaradorligining asosiy shartlaridan biri uning real ko’rinish va jarayonga aynan mos kelishi hisoblanadi.
Iqtisodiy-statistik modelashtirishni noaniq bo’lishligining sabablari quyidagi hollarda sodir bo’lishi mumkin:
1. Axborotli – axborotning xatoligi, uning ko’rsatkichlari, omillar va obyektlar majmuining noaniqligi.
2. Tarkibiy – aniqlanmagan xilma-xilliklarning mavjudligi.
3. Modelli – ko’rsatkichlar va dalillar o’rtasida bog’lanish shakllaridan noto’g’ri foydalanish.
Iqtisodiy-statistik kuzatuvlar olib borilganda, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar ko’rinishidagi, materiallar oqimidagi axborotlarga duch kelamiz. Shu nuqtai nazardan, ishlab chiqarishga - kirish axborotini, chiqish axborotiga o’zgartirgich sifatida qaraladi.
Ekonometrik modellarni tuzishda muhim bosqichlaridan biri modelda qatnashadigan omillar va ko’rsatkichlarni tanlashdir.
Ko’p hollarda o’rganilayotgan ko’rsatkichlarga juda ko’p omillar ta’sir etmoqda. Shu jumladan, ularning hammasi modelda qatnashishi mumkin emas yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas.
Ko’rsatkichlar va omillarni to’liq qator sifatida quyidagicha tasvirlash mumkin:
, ,…,



  1. Birinchi omillar guruhi – bu modelga kiritiladigano’zgaruvchilar

  2. Ikkinchi omillar guruhi …, ) – modelda qatnashmaydi, lekin ulardan har biri tadqiqotchi tomonidan kuzatilayotgan statistik jamlanmada u yoki bu qiymatlarda nazorat qilinadi

  3. Uchinchi omillar guruhi ,…, ) – tasodifiy o’zgaruvchilar, ular tadqiqotchi tomonidan nazorat qilinmaydi, lekin ning o’zgarishiga ta’sir etmoqda.

Agar birinchi guruhga soni bo’yicha ko’p bo’lmagan, lekin ning o’zgarishiga kuchli ta’sir qilgan omillar qirsa, ushbu ekonometrik model ahamiyatli deb hisoblanadi.
Bundan tashqari, qolgan omillardan ko’proq soni 2 chi guruhga va kamroq soni 3 chi guruhga kirgani maqsadga muvofiqdir.



Yüklə 45,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin