21. Bog‘liq va bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni tanlash.
Hodisalar orasidagi o’zaro bog’lanishlarni o’rganish ekonometrika fanining muhim vazifasidir. Bu jarayonda ikki xil belgilar yoki ko’rsatkichlar ishtirok etadi, biri erkli o’zgaruvchilar, ikkinchisi erksiz o’zgaruvchilar hisoblanadi. Birinchi toifadagi belgilar boshqalariga tahsir etadi, ularning o’zgarishiga sababchi bo’ladi. shuning uchun ular omil belgilar deb yuritiladi, ikkinchi toifadagilar esa natijaviy belgilar deyiladi. Masalan, ‘axta yoki bug’doyga suv, mineral o’g’itlar va ishlov berish natijasida ularning hosildorligi oshadi. Bu bog’lanishda hosildorlik natijaviy belgi, unga tahsir etuvchi kuchlar (suv, o’g’it, ishlov berish va h.k.) omil belgilardir.
Omillarning har bir qiymatiga turli sharoitlarida natijaviy belgining har xil qiymatlari mos keladigan bog’lanish korrelyatsion bog’lanish yoki munosabat deyiladi. Korrelyatsion bog’lanishning xarakterli xususiyati shundan iboratki, bunda omillarning to’liq soni nomahlumdir. SHuning uchun bunday bog’lanishlar to’liqsiz hisoblanadi va ularni formulalar orqali taqriban ifodalash mumkin, xolos.
Umumiy holda qaralsa, korrelyatsion munosabatda erkin o’zgaruvchi X
belgining har bir qiymatiga ( xi i 1...k ) erksiz o’zgaruvchi U belgining ( y j j 1..s )
taqsimoti mos keladi. O’z-o’zidan ravshanki, bu holda ikkinchi U belgining har bir qiymati ( y j ) ham birinchi X belgining ( xi ) taqsimoti bilan xarakterlanadi. Agar
to’’lam hajmi katta bo’lsa, belgi X va U larning juft qiymatlari
xi va
y j ham ko’p
bo’ladi va ulardan ayrimlari tez-tez takrorlanishi mumkin. bu holda korrelyatsion bog’lanish kombinatsion jadval (korrelyatsiya to’ri) shaklida tasvirlanadi.
Dostları ilə paylaş: |