Ekonometrika fanining maqsadi, metodi va vazifalari


Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati



Yüklə 123,24 Kb.
səhifə2/35
tarix28.01.2022
ölçüsü123,24 Kb.
#51712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
ekonometrika yakuniy (2)

Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati.

Iqtisodiy jarayonlarni vaqt davomida o‘zgarishini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Chunki barcha iqtisodiy jarayonlar va hodisalar vaqt davomida o‘zgaruvchan bo‘ladi. Iqtisodiyotda barcha iqtisodiy jarayonlarni iqtisodiy-statistik modellar orqali o‘rganish natijasida u yoki bu iqtisodiy ko‘rsatkichning hozirgi holati va kelajakdagi o‘zgarishini ilmiy asosda tahlil qilish va bashoratlash mumkin bo‘ladi. Iqtisodiy-statistik modellashtirish usuli-bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining iqtisodiy faoliyati tahlili va rejalashtirishni takomillashtirishga qaratilgan tadbirlardan biridir. Iqtisodiy-statistik modellashtirish iqtisodiy ko‘rsatkichlar va ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi aloqalar o‘z mohiyatiga ko‘ra stoxastik bo‘lgan asosga tayanadi. Iqtisodiy sub’ektlar faoliyatini statistik modellashtirish zamon va makonda ularning rivojlanish jarayonini o‘rganishda asosiy o‘rin egallaydi. Bu modellar ishlab chiqarish tendensiyalari va qonuniyatlarini aniqlash uchun moslashgandir. Hatto eng takomillashgan statistik model ham iqtisodiy hodisa va jarayonlarning butun aloqadorligini qamrab olishga qodir emas. Shunga ko‘ra, iqtisodiy tahlil va iqtisodiystatistik modellashtirishni qo‘llashda har doim noaniqlik elementlari mavjud bo‘ladi. Odatda, iqtisodiy-statistik modellashtirishni qo‘llash samaradorligining asosiy shartlaridan biri uning real ko‘rinish va jarayonga aynan mos kelishi hisoblanadi


  1. Yüklə 123,24 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin