I. Ustyurt ekoturistik rayoni. Ustyurt - Uzbekistonning shimoli- Farbiy - KorakalpoFistonda joylashgan plato (yer yuzasi kam parchalangan yassi tekislik). Uning maydoni juda katta (200 ming km ), yullari asfaltsiz, notekis bulgani uchun xam ekoturistik marshrutlar "djip" rusumdagi mashinalar, samolyot yoki vertolyotlarda olib borilgani ma’kul. Ustyurtning sayyoxlarni uziga jalb kiladigan ekoturistik obyektlariga:
"Chink" - dunyoda eng katta va yagona 60-150 metrlik tik koyali jarlar bilan uralgan plato.
P.Orol va Orolbuyi rayoni ekologik inkirozli ekoturistik xudud bulgani uchun xam unda yuzaga kelgan ekologik inkiroz xolati asosiy ekoturistik obyekt bulib xisoblanadi. Ekoturistik marshutlar bir paytning uzida xam Orolning kurigan, xam uning ta’sirida turgan Orol atrofi xududlarini kamrab olishi zarur. Ekoturlarni nafakat treking (piyoda) yoki tuya va otlarda, balki samolyot va vertolyotlar orkali xam amalga oshirish lozim. Zero u yukorimasofadan turib katta va tekis maydonni vizual kuzatish imkoniyatini beradi. Orol dengizining shimoli^arbiy kismida joylashagan va kundan kunga kattalashib borayotgan Borsakelmas oroli insonlarni atrof tabiiy muxitga salbiy ta’sirini aks ettiruvchi ekoturistik obyektdir. Chunki unda nafakat kengayib boryotgan kuruklik yuzasi, balki sobik SSSRning noekologik faoliyati xam namoyon buladi. Unda KozoFiston Respublikasi Borsakelmas kurikxonasi tashkil kilingan.
III. Amudaryo rayoni. Amudaryoning uzaniga yakin xar ikkala soxillarida tukayzorlar mavjud bulib, ular ekoturlar uchun juda kizikarli noyob landshaft kurinishlardan xisoblanadi. Kuyi Amudaryoning ung soxilida tukay landshaftidagi kushlar va xayvonlarni muxofaza kilish uchun Badaytukay kurikxonasi tashkil etilgan. Unga ma’rifiy-ma’naviy maksadda tashrif buyurishni uyushtirish lozim. Ornitofaunani saklash uchun Xorazm buyurtmaxonasi tashkil etilgan. Bulardan tashkari Kizilkumning Farbiy kismida, Amudaryoning ung kirF0Fida, kembriy va kembriygacha burmalangan toF jinslari ochilmalaridan iborat, balandligi 485 metrlik Sulton Vays toFlariga ekoturlar uyushtirish mumkin. Amudaryo rayonida Uzbekistonning kuxna ulkalaridan biri Xorazm joylashgan. Xorazmdagi arxitektura yodgorliklari tarixiy turizm markazlaridan biri xisoblanadi. Ekoturlarni tarixiy turlar bilan kompleks olib borish tavsiya etiladi.