Ekoturizim



Yüklə 107,99 Kb.
səhifə8/9
tarix07.01.2024
ölçüsü107,99 Kb.
#211830
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ekoturizm Hakimov N.

XIV. Surxondaryo rayonida Kuxitang toFli xududda 1987 yilda tashkil etilgan, 53,7 ming ga maydonda 800 xil usimlik va 290 ta kush xamda 20 dan ortik xayvon turlarini muxofaza kilishga yunaltirilgan "Surxon davlat kurikxonasi" mavjud. Surxondaryo rayoni Respublikamizning uziga xos rayonlaridan biri xisoblanib, bu yerda kuruk subtropik iklim mintakasi xukmron. Shuning uchun xam yilning kup oylarida ekoturlar uyushtirish imkoniyati bor.

3. Far’ona viloyatining ekoturistik salohiyatlari.
Qadimdan yuksak madaniyati va ilm-fani, me'moriy obidalari bilan ko'pchilikni hayratga solib kelgan yurtimiz istiqlol sharofati bilan zamonaviy sayyohlik markaziga aylanmoqda. Mamlakatimiz hududida turli davr va sivilizatsiyaga daxldor to'rt mingdan ortiq qadimiy me'morlik va san'at yodgorliklari mavjud. Ulardan 140 tasi YuNESKO tomonidan muhofazaga olingan tarixiy ob'yektlar ro'yxatiga kiritilgan. Aynan boy madaniy-tarixiy merosimiz, mangulikka daxldor ko'hna shaharlarimizdagi noyob me'moriy obidalar O'zbekistonning xalqaro sayyohlik bozoridagi yuksak salohiyatidan dalolat beradi. Farg'ona viloyatida ham mazkur yo'nalishda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Farg'ona deganda, avvalambor, O'zbekistonimizning gavhari bo'lgan go'zal diyor ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Istiqlol yillarida bu maskan yanada chiroy ochdi. Ahmad Farg'oniy, Burhoniddin Marg'inoniy kabi allomalarimizning hamda Marg'ilon shahrining yubileylari jahon miqyosida nishonlanishi xorijliklarning bu zaminga bo'lgan qiziqishini yanada orttirib, sayyohlik salohiyati yuksalishiga xizmat qilmoqda.


Ayni paytda Farg'onaga tashrif buyurayotgan mehmonlar uchun Marg'ilon, Qo'qon va Farg'ona shaharlari hamda Quva tumani bo'ylab sayyohlik yo'nalishlari tashkil qilinmoqda. Yangi sayyohlik yo'nalishlari – Marg'ilonda Burhoniddin Marg'inoniy, Said Ahmad Eshon majmualari, Pirsiddiq Hazrat chillaxonasi va maqbarasi, Uvaysiy uy-muzeyi, hunarmandlar ustaxonalari, Qo'qon shahridagi O'rda saroyi va unda joylashgan O'lkani o'rganish muzeyi, Jom'e, Kamolqozi masjidlari, Norbo'tabiy majmuasi, Dahmai Shohon va Madalixon tarixiy yodgorliklari, Farg'ona shahri hamda Quvadagi Ahmad Farg'oniy majmualari bo'ylab uyushtirilayotgan ekskursiyalar sayyohlarda katta taassurot qoldirmoqda. Milliy hunarmandlik mahsulotlari ko'rgazmasining tashkil etilishi ham yangi imkoniyatlarga yo'l ochmoqda.


Buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Kasir al-Farg'oniy 797-865-yillarda yashab ijod qilgan. Yevropada Al-Fraganus nomi bilan shuhrat qozongan. Olim astronomiya, matematika va geografiya fanlariga oid ko'plab ilmiy asarlar yozib qoldirgan. U Damashqdagi rasadxonada osmon jismlari harakati va o'rnini aniqlash, yangicha zij (astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan hamda 832-833-yillarda Suriya shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oralig'ida er meridiani bir darajasining uzunligini aniqlashda qatnashgan. Farg'oniy "Miqyosi Nil”, ya'ni suv sathini o'lchaydigan asbob yaratgan.


Bizning davrimizgacha Ahmad Farg'oniyning sakkizta asari etib kelgan, ular orasida "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” dunyo olimlari tomonidan hozir ham keng o'rganilmoqda. Olimning "Astronomiya asoslari” asari o'n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima qilinib, keyinchalik Italiya, Germaniya, Frantsiya, Gollandiya va AQSh kabi ko'plab mamlakatlarda qayta-qayta chop etilgani uning ahamiyatidan dalolat beradi. Allomaning Yerning sharsimon ekani borasidagi qarashlarini oradan 800 yil o'tib isbotlagan mashhur sayyoh Xristofor Kolumb "Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Farg'oniy hisoblarining to'g'riligiga to'la ishonch hosil qildim”, deb yozgan. O'n oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga bobokalonimiz nomi berilgan. Misrda, Nil daryosining Roda orolida 2007-yili Ahmad Farg'oniyga haykal o'rnatilgani barchamizga g'urur-iftixor bag'ishladi. Bularning barchasi dunyo tamadduniga ulkan hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizga bo'lgan yuksak ehtiromning amaliy ifodasidir. YuNESKO qaroriga muvofiq 1998-yilda Ahmad Farg'oniy tavalludining 1200 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Bu buyuk ajdodimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, xalqimiz ilmiy salohiyatining yana bir e'tirofi bo'ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan alloma tug'ilib o'sgan Quva shahri va viloyat markazida qomusiy olimga haykal o'rnatildi.


Viloyatda bugungi kunda 15 sayyohlik firmasi faoliyat ko'rsatayotgan bo'lib, yaqin kunlarda yana ikkita ana shunday yangi firma ish boshlash arafasida turibdi. Rishton kulolchilik an'analariga sayyohlarning qiziqishi yildan-yilga ortmoqda. Bu erda tadbirkor G'anisher Nazirov tashabbusi bilan sayyohlarni qabul qilish va xizmat ko'rsatish maqsadida kulolchilik milliy an'analarini, tarixini o'zida mujassamlashtirgan muzey, mehmonxona majmuasi bunyod etilmoqda.


Viloyatimizda chet ellik sayyohlarni jalb etish, ularga zamonaviy xizmat ko'rsatish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 2015-yilga qadar turizm sohasini yanada rivojlantirish, xususan, sayyohlik xizmatlari ko'lamini kengaytirishga oid ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida viloyatda turizm litsenziyasiga ega bo'lgan 12 mehmonxona faoliyat ko'rsatmoqda. Joriy yilda ularning safiga "Ziyorat”, "Do'stlik”, "Ezgulik Orastasi” va "Farg'ona” mehmonxonalari ham qo'shildi.


Yurtimizning nafaqat madaniyati, balki totli, sarxil mevalari, o'ziga xos tabiat manzarasi ham ko'pchilikning e'tiborini tortadi. Dastur asosida Toshloq tumanida "Akmal – 75” fermer xo'jaligi ko'li, Beshariq tumanidagi "Shodoqoziq” va "Sarikalish” fermer xo'jaliklari ko'li qayta ta'mirlandi. Sayyohlar baliq ovi orqali hordiq chiqarishi uchun barcha qulayliklar yaratildi. Qo'qon o'rmonchilik xo'jaligi hududida esa tabiat bilan yaqindan tanishish, ona zaminning bebaho ne'matlaridan bahramand bo'lish imkoniyati yaratilgan.


Ayni kunlarda viloyatning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish borasida ko'plab ishlar olib borilmoqda. Jumladan, xorijiy turistik tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun "Mega-info-tur” tanishtiruv tadbirlari tashkil etilmoqda.

O'zbekiston o'zining betakror va xushmanzara tabiati, qadimiy va boy madaniy merosi bilan xorijlik sayyohlarni o'ziga maftun etib kelmoqda. Bu yurtimizda ekoturizmni yanada rivojlantirish imkoniyatini beradi. Farg'ona viloyatida ham ekoturizmni rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sayyohlarning tabiat qo'ynida maroqli hordiq chiqarishi, go'zallikdan bahra olishi, nabotot va hayvonot olamining nodir namunalari bilan tanishishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan.




– Go'zal va betakror tabiat, noyob o'simlik va hayvonot dunyosi, diqqatga sazovor tarixiy-madaniy obidalar ekoturizmni jadal rivojlantirishda muhim omil bo'lmoqda. Ekoturizmni rivojlantirishda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tabiiy va tarixiy, me'moriy va arxeologik yodgorliklarni hisobga olish, ularni muhofaza qilish alohida ahamiyatga ega. Bu borada viloyatda ishlab chiqilgan maxsus rejaga ko'ra, 100 dan ortiq hudud va ob'ekt tanlab olinib, cho'l, adir va tog' mintaqalarining o'ziga xos geohududlari o'rganildi. "Sirdaryo daryosi to'qayzorlari” sayyohlik yo'nalishi shulardan biridir. Daryoning chap sohilidagi 58 kilometrga cho'zilgan to'qayzorlarni o'z ichiga olgan mazkur yo'nalish rang-barang o'simlik va hayvonot dunyosi bilan ajralib turadi. O'z navbatida, bu hududda muhofaza qilinadigan o'rmonlar, Sariqamish ovchilik, Beshariq va Dang'ara baliqchilik xo'jaliklari, Gumxona, Qayroqqum kabi tabiat yodgorliklari mavjud. Sirdaryo sohili va uning orollaridagi o'rmonlar, tabiiy o'rmonlarni qayta tiklash, dorivor o'simliklarni ko'paytirish jarayonlari bilan yaqindan tanishish xorijlik sayyohlarga o'zgacha zavq bag'ishlaydi. Hududda asalarichilikni rivojlantirish, o'rmonlar va suv havzalaridagi hayvonot dunyosini asrash, noyob baliq turlarini ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, qirg'ovul, to'ng'iz, Buxoro bug'usi, qamish mushugi, olaqo'zon, bo'rsiq, bahra baliq, kurak burun, mo'yli baliqlarni ko'paytirish uchun tabiiy sharoitlar yaratildi. "Markaziy Farg'ona” tabiat yodgorligining umumiy maydoni 142,5 gektar bo'lib, uning 122 gektarini o'rmonlar bilan qoplangan do'ng-marza qumlar, 14 gektarini qamish, oqbosh, yulg'un o'sadigan pastqamliklar, 6,5 gektarini sho'rxok yerlar egallagan. Hududda "Qizil kitob”ga kiritilgan Farg'ona chipor kaltakesagi, Shtraux qurbaqaboshi, echkiemar, tustovuq, to'ng'iz, o'qilon va ko'rmailonlar muhofazaga olingan. Bu erdagi boy o'simlik va hayvonot olamidan ilmiy, o'quv-ma'rifiy, estetik va turizm maqsadlarida unumli foydalanish mumkin. Viloyatning tabiiy suv havzalari bilan bog'liq yodgorliklari, adir geokomplekslaridagi ekoturistik ob'yekt va hududlar ham o'ziga xos. O'zbekiston tumanida 21 buloq, Uchko'prik va Rishton tumanlarida 2 buloq, Oltiariq tumanida asriy qayrag'och va sharq chinori, Quva tumanidagi Akbarobod qumlari singari sayyohlik ob'yektlari davlat muhofazasiga olingan. Beshariq, O'zbekiston, Rishton, Oltiariq, Quva va Farg'ona tumanlaridagi adir va tekisliklarda bog'lar barpo etildi. Zilha qumlari, Sariqo'rg'on tepaligi, Kitkontepa, Saurbuloq, Yomonjar jarlari, qadimiy pistazorlar, Oqbilol g'ori kabi tabiat yodgorliklari ekoturistik ob'ektlar ro'yxatini yanada kengaytiradi. Ekoturizm nafaqat daromad manbai, balki aholi bandligini ta'minlash va turmush darajasini yuksaltirish, asl tabiat ne'matlarini asrash va muhofaza qilishda eng samarali vositadir. Viloyat hokimligi tomonidan hududda turizm sohasini yanada rivojlantirish va turizm xizmatlari eksportini oshirishni ta'minlashga qaratilgan 2016-2017-yillarga mo'ljallangan tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur hujjat ijrosi doirasida ekoturizm rivojini xalqaro tajribalar asosida yangi bosqichga ko'tarish ishlari izchil olib borilayotir 



Yüklə 107,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin