Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola, o’spirin, balog’atga etgan va kabilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichsida eng muhim hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun’iy tushunchalarning shakllanishi, nutqning o’chishi, favqulottda holatdan chiqarish, muamala vaziyatini hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri va tipologik xususiyatlari o’rganiladi.
Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi.
Faoliyat maxsullarini taxlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va ayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo’llanildi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozga sheerlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiy va adabiy qobiliyati, ijodiy hayoli Yuzasidan materiallar to’plash mumkin.
Test metodi. Test - inglizcha so’z bo’lib, smash, tekshirish demakdir. Shaxsning aqliy o’sishini, mintalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo’llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, sYujjetli rasm yoki shakl test deb ataladi.
Laboratoriya (kolinika) metodi. Ko’pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo’l-yo’riqlar, tavsiyalar, ko’rsatma va ilovalardan foydalanadigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (displey)lar, qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ko’pincha detektorlar, elektron va radio o’lchagichlar sekundamir, refleksometr, xronarefleksometr, lYuksmetr, anomatoskob, taxistoskop, audiometr, eksesteziometr, elektromognograma, elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi. Metod-(Yunoncha Methodos tadqiqot,tekshirish) bilishning nazariy va amaliy o’zlashtirish usullari yig’indisi
Dostları ilə paylaş: |