kerak, chunki boshidan boshlab qiyin savollar berilsa, bu narsa repondentni cho‘chitib qo‘yishi, hattoki, to‘ldirmasdan, anketani qaytarib berishiga majbur qilishi ham mumkin. SHuning uchun boshida engil, xolis savollar berib, tekshiriluvchini qiziqtirib olib, keyin qiyinroq, psixologik savollarga o‘tish, oxirida yana “neytralroq" savollar berish maqsadga muvofiq. 3.Yakuniy qism yoki “pasportichka" respondentning shaxsiy sifatidagi ob’ektiv ma’lumotlarni olishga qaratilgan bo‘lib, unda shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-kori va boshqalar so‘raladi. Anketalar tarqatilish uslubiga ko‘ra, qo‘l bilan tarqatiladigan, pochta orqali Yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali to‘ldiriladigan formalarga bo‘linadi. To‘plangan ma’lumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular kompYuterlar yordamida analiz qilinadi. Intervyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng qollaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suxbat metodi kabi intervYu metodi ham so’roq-javob metodiga tegishlidir. Ko’pincha intervYu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o’xshatib, ya'ni ko’p masalalar Yuzasidan ko’plab javoblar olishni ko’zlab tuziladi. IntervYu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to’gri keladi. Biroq bilimlarni va o’ rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o’rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin. Savollar Suhbat metodining afzalliklari va kamchiliklari nimalardan iborat?