Eksperimental



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə43/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Reja:

  1. Metod, metodika va metodologiya tushunchalari.

  2. Psixologiyada ilmiy bilish.

  3. Paradigma tushunchasi.

  4. Ilmiy nazariya tushunchasi.

  5. Nazariy qarashlar va uning empirik tekshirish. .

  6. Ilmiy faraz tushunchasi.

  7. Gipotezalar verifikatsiyasi va falsifikatsiyasi.

. Tayanch iboralar: Metod, metodologiya, kuzatish metodi, tajribani rejalashtirish, empirik metodlar, proektiv metod.
Metod va metodika haqida tushuncha.
Metod - (Yunoncha. Metodos- tabiat hodisalarini tekshirish usuli).Psixodiagnostik metod - psixologiya fanining tadqiqot usulidir. Psixodiagnostik metod psixologiya fanining eksperimental va eksperimental bo’lmagan an'anaviy tadqiqot metodlariga nisbatan o’ziga xoslikka ega. Psixodiagnostik metodlarning asosiy xususiyati shundan iboratki, o’rganilayotgan hodisaning miqdoriy (va sifatiy ) baholash imkoniyatining mavjudligi tufayli o’lchash- sinashga yo’naltirilganligidir.Buni ma'lum qoidalarni bajarish natijasida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Psixologiyaning metodlari: kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, test, faoliyat natijalarini tahlil qilish, sotsiometriya. SHaxsning biror bilish jarayonlari, psixik holatlari yoki individual- psixologik xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan aniq test yoki so’rovnoma metodika deyiladi.
Metodologiya - uslubiyot dеb ilmiy tаdqiqot tаmoyillаri tizimigа аytilаdi. Aynan, mеtodologiya to’plаngаn faktlar bilimning real va ishonchli asosiga qay darajada xizmat qilishi mumkinligini aniqlaydi. Metodologiya tushunchasi ikki asosiy mazmunga ega — faoliyatda qo’llaniladigan ma'lum usullar tizimi (fanda, siyosatda, san'atda va h.k.); tizim haqidagi ta'limot yoki metod nazariyasi.
Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta'minlovchi boshqa vositalarni ham o‘rganadi. Tamoyil, qoida va ko‘rsatmalar, shuningdek, kategoriya hamda tushunchalar mana shunday vositalar jumlasiga kiradi.
Fan metodologiyasi uning strukturasi, taraqqiyoti, ilmiy tadqiqot vositalari va usullari, uning natijalarini asoslash yo‘llari, bilimni tajribaga tatbiq qilish mexanizmlari va shakllarini o‘rganadi. Shuningdek, metodologiya metodlar yig‘indisi va faoliyat turi haqidagi ta'limotdir.
Metod u yoki bu shaklda ma'lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, sub'ektni aniq vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma'lum natijalarga erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi, maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan yetishishga yordam beradi.
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini boshqaruvdan iborat. Biroq:
-birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor qilish yoki to‘g‘ri baholamaslik ("metodologik negavizm");
-ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish, uni barcha masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng qulay vositasi (metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir.
Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning fundamentalligi bilan asoslanadi. O‘z navbatida, metod mazmuni kengayib boradi, ya'ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga tatbiq etilishi bilan metodning ko‘lami ham o‘zgaradi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin