Eksperimental


«Faraz» tushunchasi mazmuni



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə46/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

«Faraz» tushunchasi mazmuni
Biz muammoga duch kelishimiz hamon miyamiz uni hal qilish usullarini qurishga - FARAZLARNI KASHF QILISHGA kirishadi.
Faraz (gipoteza) (qadimgi grek tilidan - asos, taxmin) — oldindan o’rganilgan faktlar, hodisalar, jarayonlarning muayyan majmuiga asoslangan, ularni izohlash uchun ilgari suriladigan va tasdiqlanishi yoki inkor etilishi lozim bo’ladigan nazariy taxmin.
Tadqiqot farazi - bu bevosita kuzatilayotgan hodisa, o’rganilayotgan hodisaning tuzilishi yoki uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar xususiyati haqidagi ilmiy asoslangan taxmindir. Farazlar mavjud faktlar asosida ishlab chiqiladi.
Xulosa sifatidagi faraz obyektiv voqyelikda o’z ildizlariga ega bo’ladi, fikrning bevosita kuzatilayotgan hodisalardan ularning sababli izohlanishigacha bo’lgan harakati hisoblanadi.
Farazning tabaqalashtiruvchi belgilari

  • farazning uni yaratish uchun asos bo’lgan va asoslanishi uchun yaratilgan faktlarga

muvofiqligi

  • tekshiriluvchanligi

  • imkoni boricha kengroq hodisalar doirasiga nisbatan nisbat berilishi mumkinligi

  • nisbatan soddaligi

  • mazmunida muammoni hal etish usullari va natijalari haqidagi taxminning mavjudligi

  • mantiqan zid kelmasligi

  • natijaga yo’naltirilganligi

Gipoteza - bu o’rganilayotgan ob’ekt xususiyatlari haqida ilmiy tahlil. Gipoteza: a) ta’riflovchi, b) tushuntiruvchi, v) oldindan aytib beruvchi, ya’ni gipoteza - prognozlar bo’linadi:

  • ta’riflovchi gipoteza - bu ob’ekt tuzilmasi va elementlar haqidagi tahlilni komponentlari miqdoriy bog’liqligi elementlararo aloqalar va xarakteri haqida ma’lumotlar beradi. Masalan, mehnat motivi tuzilmasi ish haqiga emas, balki mehnat mazmuniga bog’liq bo’ladi. Dindorlikning ustun tipi- progmatik va milliy tiplar mavjuddir;

  • tushuntiruvchi gipoteza - juda murakkab bo’lgan sabab aloqalari haqidagi taxmindir;

  • gipoteza - bashorat jarayoning rivojlanishi haqida tasavvur beradi. U rivojlanish tendentsiyasi va yo’nalishlarini aniqlovchi, barqaror mexanizimlarni ochib beradi.

Gipoteza - empirik metod yordamida tekshirilishi mumkin bo’lgan, tadqiqotdagi eng asosiy hususiyatlarni aniqlovchi muhim bilish instrumentidir. Gipoteza bor yo yo’qligi tadqiqot darajasini xarakterlaydi, qolgan barcha ishlar gipotezani isbotlash yoki inkor etish bilan bog’liq bo’ladi.
Savollar

  1. Ilmiy nazariyaning mohiyati nimada?

  2. Farazning tabaqalashtiruvchi belgilari qaysilar?

  3. .Nazariya nima?

  4. Gipotezaga ta’rif bering,isbotlangan gipotezaning natijasiga ko’ra turlari qaysilar?

  5. Ilmiy tadqiqot -bu

  6. Tajriba tariqasida o‘quv-tadqiqot ishlarining turlarini ko‘rsating

Qo’shimcha adabiyotlar

  1. . G’oziev E.G’. Umumiy psixologiya. - T.: O’qituvchi, 2010.

  2. . G’oziev E.G’. Psixologiya. -T., O’zMU «Universitet», 2003.

  3. . AHgpeee О.А. TpeHupyeM ceoe BHUMaHue /CepuH «Психологичeский npaKTUKyM».-

Ростов н/Д: «Феникс». 2004

  1. . Aigpeee О.А. TpeHupyeM свою тамять/ CepuH «Психологичeский npaKTUKyM».-

Ростов н/Д: «(heiniKC», 2004

  1. . Аткинсон Р. Чeловeчeскaя тамять и пpотсeсс обyчeнuя. - М., 1980.

  2. . Галъперин П. Я., Кабилънитская С. Л. Эксперименталъное формирование

внимания. М.: Изд-во Моск. ун-та, 1999.

  1. . Ганзен В.А., Балин В.Д. Теория и методология психологического исследования:

Практическое руководство. СПб.: СПбГУ, 1991.

  1. . Дружинин В. Н. Структура и логика психологического исследова-ния. М.: ИП РАН,

1994.

  1. . Дуранов М.Е., Гостев А.Г. Исследователъский подход к профессионалъно-

педагогической деятелъности.- Челябинск: Челяб. гос. ун-т, 1996.- 72 с.

  1. . Забродин Ю.М. Психологический эксперимент: спетсифика, про-блеми,

перспективи развития//История становления и развития эксперименталъной психологии в России. М.: Наука, 1990.
14-mavzu. Extiyoj faollikni yuzaga keltiruvchi turtki sifatida va extiyoj o’rganish metodlari
Reja:


  1. Extiyoj muammosi.

  2. Extiyoj tushunchasi, muvoffaqqiyatga intilish manbai sifatida.

  3. Extiyojning biologik va psixologik komponentlari.

  4. SHaxsning ikkinchi darajali extiyojlari.

  5. Extiyojlar klassifikatsiyasi.

  6. Extiyoj o’rganish metodlari.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin