«Faraz» tushunchasi mazmuni Biz muammoga duch kelishimiz hamon miyamiz uni hal qilish usullarini qurishga - FARAZLARNI KASHF QILISHGA kirishadi. Faraz (gipoteza) (qadimgi grek tilidan - asos, taxmin) — oldindan o’rganilgan faktlar, hodisalar, jarayonlarning muayyan majmuiga asoslangan, ularni izohlash uchun ilgari suriladigan va tasdiqlanishi yoki inkor etilishi lozim bo’ladigan nazariy taxmin. Tadqiqot farazi- bu bevosita kuzatilayotgan hodisa, o’rganilayotgan hodisaning tuzilishi yoki uning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalar xususiyati haqidagi ilmiy asoslangan taxmindir. Farazlar mavjud faktlar asosida ishlab chiqiladi. Xulosa sifatidagi faraz obyektiv voqyelikda o’z ildizlariga ega bo’ladi, fikrning bevosita kuzatilayotgan hodisalardan ularning sababli izohlanishigacha bo’lgan harakati hisoblanadi. Farazning tabaqalashtiruvchi belgilari
farazning uni yaratish uchun asos bo’lgan va asoslanishi uchun yaratilgan faktlarga
muvofiqligi
tekshiriluvchanligi
imkoni boricha kengroq hodisalar doirasiga nisbatan nisbat berilishi mumkinligi
mazmunida muammoni hal etish usullari va natijalari haqidagi taxminning mavjudligi
mantiqan zid kelmasligi
natijaga yo’naltirilganligi
Gipoteza - bu o’rganilayotgan ob’ekt xususiyatlari haqida ilmiy tahlil. Gipoteza: a) ta’riflovchi, b) tushuntiruvchi, v) oldindan aytib beruvchi, ya’ni gipoteza - prognozlar bo’linadi:
ta’riflovchi gipoteza - bu ob’ekt tuzilmasi va elementlar haqidagi tahlilni komponentlari miqdoriy bog’liqligi elementlararo aloqalar va xarakteri haqida ma’lumotlar beradi. Masalan, mehnat motivi tuzilmasi ish haqiga emas, balki mehnat mazmuniga bog’liq bo’ladi. Dindorlikning ustun tipi- progmatik va milliy tiplar mavjuddir;
tushuntiruvchi gipoteza - juda murakkab bo’lgan sabab aloqalari haqidagi taxmindir;
gipoteza - bashorat jarayoning rivojlanishi haqida tasavvur beradi. U rivojlanish tendentsiyasi va yo’nalishlarini aniqlovchi, barqaror mexanizimlarni ochib beradi.
Gipoteza - empirik metod yordamida tekshirilishi mumkin bo’lgan, tadqiqotdagi eng asosiy hususiyatlarni aniqlovchi muhim bilish instrumentidir. Gipoteza bor yo yo’qligi tadqiqot darajasini xarakterlaydi, qolgan barcha ishlar gipotezani isbotlash yoki inkor etish bilan bog’liq bo’ladi. Savollar Ilmiy nazariyaning mohiyati nimada?
Farazning tabaqalashtiruvchi belgilari qaysilar?
.Nazariya nima?
Gipotezaga ta’rif bering,isbotlangan gipotezaning natijasiga ko’ra turlari qaysilar?
Ilmiy tadqiqot -bu
Tajriba tariqasida o‘quv-tadqiqot ishlarining turlarini ko‘rsating
Qo’shimcha adabiyotlar . G’oziev E.G’. Umumiy psixologiya. - T.: O’qituvchi, 2010.
перспективи развития//История становления и развития эксперименталъной психологии в России. М.: Наука, 1990. 14-mavzu. Extiyoj faollikni yuzaga keltiruvchi turtki sifatida va extiyoj o’rganish metodlari
Reja: Extiyoj muammosi.