Eksperimental



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə42/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

O‘ta hayajonli tip-bunday odamlarga Yuqori muloqotchanlik, sergaplik, oshiqlik xosdir. Ular ko‘p bahslashadilar. Lekin nizogacha olib bormaydilar. Nizoli vaziyatlarda ham faol, ham sust holatda bo‘ladilar. Shu bilan birga, bunday tipdagi odamlar do‘stlari va yaqinlariga e’tiborli va sadoqatli bo‘ladilar. Ular altruistlikka moyil, ularga hamdardlik hissi, yaxshi did xos bo‘lib, sezgilarning yorqinligi va samimiyligini namoyon qiladilar. Yoqimsiz qirralari: vahimachilik, vaqtinchalik kayfiyatga berilganlik kabilardir.

  • Ekstravert tip - bunday odamlar Yuqori muloqotchanlik bilan ajralib turadilar, ularning do‘stlari, tanishlari ko‘p, ular sergap, istalgan ma’lumotni qabul qiladilar, ayrim holatlarda atrofdagilar bilan nizolarga boradilar, bunda, odatda, sust tarafda bo‘ladilar. Do‘stlar bilan muloqotda, ishda va oiladagi ko‘p holatlarda liderlikda boshqalarga yon bosadilar, bo‘ysunishni va chetda turishni afzal ko‘radilar. Boshqalarni tinglay olishga shaylik, iltimoslarni bajarish, ishchanlik kabi yoqimli qirralarga egadirlar. Yoqimsiz qirralari: ta’sirlarga beriluvchanlik, engil tabiatlilik, o‘ylamasdan harakat qilish, ko‘ngilochar qiziqishlarga, gap-so‘z va mish-mishlarni tarqatishda ishtirok etishga ishtiyoqmandlik.

  • Introvert tip - ular past muloqotchanlik, odamovilik, voqelikdan uzilganlik, falsafa so‘qishga moyillik bilan xarakterlanadi. Bunday odamlarni yolg‘izlikni xush ko‘radilar; atrofdagilar bilan shaxsiy hayotlariga takallufsizlik bilan aralashish holatlaridagina nizolarga borishlari mumkin. Ular ko‘pincha odamlarga nisbatan kuchsiz bog‘langan emotsional sovuqqon odamlardir. Vazminlik, qat’iy e’tiqodlilik kabi ijobiy qirralarga egadirlar. Salbiy qirralari ham mavjud - qaysarlik, tafakkur rigidligi, o‘z g‘oyalarini qat’iy ravishda himoya qilish hisoblanadi.

    Savollar

    1. Shaxsning individual xususiyalariga nimalar kiradi?

    2. Temperament tiplarini o’lchaydigan Ayzenk metodi necha savolnomadan iborat?

    3. Xarakter aksentuatsiyasi tiplari nechta va ular qaysilar?

    4. Kishilarning temperamenti tiplarini aniqlash va baholashda qanday xususiyatlar hisobga olinadi?

    5. Xarakter strukturasini nima?

    Qo’shimcha adabiyotlar

    1. . G’oziev E.G’. Umumiy psixologiya. - T.: O’qituvchi, 2010.

    2. . G’oziev E.G’. Psixologiya. -T., O’zMU «Universitet», 2003.

    3. . Андреев О.А. Тренируем свое внимание /Серия «Психологический практикум».-Ростов н/Д:

    «Феникс», 2004

    1. . Андреев О.А. Тренируем свою памятъ/ Серия «Психологический практикум».-Ростов н/Д:

    «Феникс», 2004

    1. . Аткинсон Р. Человеческая памятъ и протсесс обучения. - М., 1980.

    2. . Галъперин П. Я., Кабилънитская С. Л. Эксперименталъное формирование внимания. М.: Изд-

    во Моск. ун-та, 1999.

    1. . Ганзен В.А., Балин В.Д. Теория и методология психологического исследования:

    Практическое руководство. СПб.: СПбГУ, 1991.

    1. . Дружинин В. Н. Структура и логика психологического исследова-ния. М.: ИП РАН, 1994.

    2. . Дуранов М.Е., Гостев А.Г. Исследователъский подход к профессионалъно-педагогической

    деятелъности.- Челябинск: Челяб. гос. ун-т, 1996.- 72 с.

    1. . Забродин Ю.М. Психологический эксперимент: спетсифика, про-блеми, перспективи развития//История становления и развития эксперименталъной психологии в России. М.: Наука, 1990.

    13-mavzu. Psixologiyada ilmiy tadqiqotlarning metodologik asoslari.

    Yüklə 1,19 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   159




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin