Bizga ma’lumki shaxs munosabatlari ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Bunda butun bir ijtimoiy tizimni xarakterlovchi keng ijtimoiy munosabatlar katta ahamiyatga ega. Moddiy muhtojlik yoki ta’minlanganlik, ishsizlik yoki kelajakka ishonch, ijtimoiy tenglik - bularning hammasi faqat shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki, xarakter individual xususiyatlarining tarkib topshiga xam ta’sir ko’rsatadi. Ijtimoiy muhitda - sinf jamoasida, mehnatda xayrixohlik, o’rtoqlik, birdamlik, badjahillik, kelisha olmaslik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topishi mumkin. Bugun tashvish, taraddudlar yolg’iz bir bolaga qaratilgan oilalarda, ota - onalar o’rtasida doimiy janjal bo’lib turadigan oilalarda xarakterning o’ziga xos xususiyatlari shakllanadi. Xuddi shuningdek, maktabdagi shaxslararo munosabatlar xam xarakterni bir qator maxsus xususiyatlarini tarkib toptiradi. Ijtmoiy va shaxslararo munosabatlar jamiyatning hamma a’zolari uchun bir xildir. Lekin, shaxsning ayni bir xil munosabatlari mutlaqo xar xil individual xarakterlarda amalga oshiriladi. Psixikaning ayni bir xil individual sifat xususiyatlari shaxsning tegishli ijtimoiy tipik munosabatlari bilan birga qo’shilgandagina xarakter xususiyatlarini belgilash mumkin. Birgina faoliyatning o’zida shaxsning turli xarakter sifatlarini tarkib toptirish mumkin. Lekin o’quvchi tomonidan faoliyat jarayonida qo’llanagan harakatlarning barqaror va o’zgarmas bo’lishi uchun ular aloxida sifatga ega bo’lishlari kerak. Ular avtomatlashgan bo’lishlari kerak. Harakat usullarining avtomatlashuvi ma’lum dinamik stereotip xosil qilinishi bilan bo’lgan shartlireflektor funksional xolatning, ya’ni xarakter fiziologik asosining zaruriy natijasidir. Shu tufayli jiddiy sharoitlarda zudlik bilan biror qarorga kelishida xarakter ifodalanadigan ish - harakatlar taxminan o’ylab ko’rmasdan va ikqilanishsiz Yuzaga keladi. Maktab o’quvchisi oiladagi tarbiyada ota - onalarning xarakter xususiyatlariga, maktabda esa O’qituvchilarning xarakter xususiyatlariga ma’lum darajada taqlid qiladilar. Xarakterning tarkib topishida taqlidchilikning axamiyati o’p jixatdan ifodali ish - harakatlarning o’quvchi emotsional kechinmalariga ta’siri bilan belgilanadi. Agar bola xushfe’l, mexribon odamning imo - ishoralarini, yo’zidagi ifodali harakatlarni ovozning itonatsiyalarini tashqaridan taqlid qilish orqali o’ziga singdirib olgan bo’lsa va bular odatga aylanib qolgan bo’lsa, o’quvchi harakatlarini belgilovchi kechinmalarning ichki tuzilishi xam o’zgaradi. Ammo xuddi ana shuning uchun sof tashkil taqlidchanlik asosida faqat harakatning avtomatlashuvi xosil qilinar ekan, taqlidjchilik xarkterning rivojlanishi va tarbiyalanishi asosiy va xal qiluvchi rolni o’ynay olmaydi. Agar taqlidchanlik xatti - harakat namunasiga taqlid qilish uchun mo’ljallangan shaxsning ma’lum munosbatlari tomonidan motivlashtirilgan bo’lgandagina xarakter xususiyatlari tarraqiyotning shartiga aylana - aylana oladi.