Eksperimental


Kishilarning temperamenti tiplarini aniqlash va baholashda quyidagi xususiyatlar hisobga olinadi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə35/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Kishilarning temperamenti tiplarini aniqlash va baholashda quyidagi xususiyatlar hisobga olinadi:

  1. Senzitivlik. Bu kishidagi tashqi qo'zg'atuvchining ta'siriga nisbatan sezgirligi. Senzitivlik kuchli bo'lsa kishiga ozgina kuchga ega bo'lgan qo'zg'atuvchi ham ta'sir qiladi, psixik reaktsiyani Yuzaga keltiradi.

  2. Reaktivlik. Kishiga turli ichki va tashqi qo'zg'atuvchilar ta'sir qiladi. Aytaylik ichki va tashqi qo'zg'atuvchilar ta'sir kuchi bir xil bo'lganda qanday emosional reaktsiya nomoyon qilishi baholanadi. Reaktivlik - emosionallik va ta'sirlanuvchanlikdir.

  3. Aktivlik. Turli faoliyatni bajarishda, to'siqlarni engib o'tishda qanday faollik ko'rsatishi baholanadi.

  4. Reaktivlik va aktivlikning o'zaro munosabati. Bu ikkalaa xususiyatdan qaysi biri ustunligi.

  5. Reaktsiya tempi. Turli psixik reaktsiyalar va jarayonlarning o'tish tezligi. (nutq tempi, fikr Yuritish tezligi, harakatlari tezligi va h.k.)

  6. Xaraktlarning egiluvchanligi (moslashuvchanligi) VA unga qarama-qarshi xususiyat Rigidligi (qotib qolganligi).

  7. Ekstrovertlik va introvertlik. ekstrovertlik kishinig psixikasining tashqariga yo'nalganligi, tashqi olam bilan faol munosabatda bo'lishi, faoliyatining ayni choqdagi taassurotlarga bog'liqligi. Introvertlik - faoliyatning ichki obrazlarga, o'tmish va kelajak bilan bog'liq fikrlarga bog'liqligi.

Kishining temperamenti qanaqaligi haqidagi tasavvur odatda shu shaxs uchun xarakterli bo'lgan ayrim psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi.
Sezilarli psixik aktivlikka ega bo'lgan, atrofda bo'layotgan voqealarga o'z munosabatini bildiruvchi, taassurotlarini hadeb o'zgartirishgaintiluvchi, muvaffaqiyatsizliklar va ko'ngilsizliklarni nisbatan engil o'tkazib Yuboruvchi, jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo'lgan kishi SANGVINIK deb ataladi.
Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doimiy va chuqur his-tuyg'ularga, harakatlari va nutqi bir xil maromda bo'lgan, ruhiy holati tashqi tomondan ifoda etilmaydigan kishi Flegmatik deb ataladi.
Juda g'ayratli, ishga juda ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo'lgan, tez va shiddatli, qizg'in emosional "portlash" va kayfiyatning keskin o'zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan kishi Xolerik deb ataladi.
Ta'sirchan, chuqur kechinmali, gap ko'taraolmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchalik e'tibor bermaydigan, o'zini to'xtata oladigan harakatlar qiladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar Melanxoliklar deb ataladi.
Temperamentning har bir tipiga psixik xossalarning o'z nisbati, avvalo, har xil darajadagi faollik va emosionallik, shuningdek motorikaning u yoki bu xususiyatlari xosdir. Dinamik ko'rinishlarning muayyan strukturasi temperament tipini belgilaydi.
Barcha odamlarni to'rtta tip bo'yicha taqsimlash mumkin emasligi tushunarli. Temperamentlarning turli -tumanligi to'g'risidagi masala fanda hali batafsil hal qilingan emas, ammo aytilgan tiplarni asosiy deb hisoblash mumkin. Bu tiplar sof holda hayotda ancha kam uchraydi. Yana ko'pgina o'tkinchi, oraliq yoki aralash tiplar ham mavjud bo'ladi Temperament shaxsning psixik xususiyatlaridan biridir, lekin bir xil temperamentdagi kishilar ham juda xilma xil bo'ladilar. Ko'pgina kishilarning shaxsi faqat birgina tipga xos bo'lgan belgiga ega bo'lib qolmasdan, balki ikki va undan ham ko'proq tipning belgilariga ega bo'ladi. Kishida xolerik tipdagi xususiyatlarbilan bir qatorda , masalan, sangvinik tipdagi kishining belgilari ham bo'lishi mumkin; melanxolik tipidagi kishida esa flegmatik tip xususiyatlari uchraydi va hokozo.
Shaxs avvalo temperamentning turli tiplariga taalluqli bo'lgan psixik xususiyatlarning namoyandasidir. Shaxs temperamentning aralash tipiga egadir. Biroq shunday kishilar ham bo'ladiki, ularda u yoki bu temperament tipi ancha yorqin nomoyon bo'ladi. Masalan, rus sarkardalaridan A.V. Suvorov tipik xolerik edi: zamondoshlarining eslashlaricha uning qarashlari, so'zlari, harakatlari nihoyatda jonliligi bilan ajralib turar edi. U go'yo orom nimaligini bilmas va o'zini kuzatib turgan odamda Yuzlab ishlarni birdaniga qilishga intiladigan tinib -tinchimas kishi sifatida taassurot qoldirar edi. U bamisoli Yurmas, balki Yugurar, otga minib emas balki uchib borar, o'z yo'lida turgan stulni aylanib o'tmas, balki uning ustidan sakrab o'tar edi.
Ko'p kishilar nerv tizimining qanday tipi,binobarin, qanday temperament yaxshi deb qiziqadilar. Bunga bitta javob berish mumkin: har bir temperamentning o'ziga xos ijobiy va salbiy tomonlari bor. Garchi temperament shaxsning tug'ma sifati bo'lsa ham, bundan u hayotiy shart-sharoitlar, faoliyat, tarbiya va o'z-o'zini tarbiyalash ta'siri ostida mutlaqo o'zgarmaydi, degan ma'no kelib chiqmaydi. Atoqli kishilar orasida o'z temperamentining salbiy xususiyatlariga barham bera olganlar ko'p bo'lgan. Masalan, A.P. Chexov etuk yoshga borgan bir davrda o'zining kishilar bilan muomalasida hech mahal keskin bo'lishga yo'l qo'ymagan, muloyimligi, xushmuomalaligi, tashqi tomondan xotirjamligi bilan ajralib turgan. Biroq uning tabiiy tug'ma layoqat nishonalari boshqacha bo'lgan edi (u otasi va boshqa oila a'zolari singari keskinligi serjahlligi bilan ajralib turardi). I.P. Pavlov o'z temperamenti ustida ko'p ishladi. U yoshligida juda jahli tez har narsaga qiziqadigan, ayni vaqtda uni nima qiziqtirayotgan bo'lsa, shu narsadan boshqa hamma narsani unuta olish qobiliyatiga ega bo'lgan kishi edi. Keyinchalik u o'z ishtiyoqlarini to'xtata olishni o'rgandi, o'zini jushqin temperamentini boshqara olishga o'rgatdi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin