Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)
Bilish jarayonlari va qiziqishlarning uzviy bog’likligi Qiziqishshaxsning muayyan voqelikdagi, muayyan vaziyatdagi turli narsa va hodisalarga tanlab munosabatda bo’lishida , insonning o ‘ziga xos qaror qabul qilishida, o‘zini o'zi nazorat eta bilishida, maqsadga intilishida, Yuzaga kelgan obyektiv va subyektiv to ‘siqlarni yengishida ifodalanadi. Psixologiya fanining ko’zga ko’ringan olimlarining ta’limoticha, qiziqish odamlarning ehtiyojlari negizida yaqqol ijtimoiy tarixiy shart-sharoitda, vaziyatda Yuzaga keladi, shakllanadi, barqarorlashib boradi hamda ularning shaxsiy turmush sharoiti va faoliyatida, ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishi singari omillarda gavdalanadi. Umumiy talqinlarga asoslanib mulohaza bildiriladigan bo‘lsa, qiziqish alohida jarayon , ammo ma’lum psixologik funksiya emas, chunki u his-tuyg‘u, iroda, ong, qolaversa jamiyki psixik holatlar, hodisa va ichki kechinmalarni o‘zida mujassamlashtirgan murakkab tizimli ruhiy voqelikdir. Qiziqish psixologik mohiyatining dastlabki ko’krinishi — bu uni odamlar tomonidan anglab yetishi yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini, uning oqibatini anglash, tasavvur etish orqaligina obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarga ongli, tanlab munosabatda bo’ladi. Lekin bu voqelikni anglash, tushunish insonda birdaniga sodir bo’lmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari individual-tipologik xususiyatlar rivojlanishi tufayli Yuzaga keladi. Shuni t a ’kidlash joizki, qiziqish psixologik mohiyatining namoyon bo’lishida aqliy jarayonlar muhim o ‘rinda turishi hodisasining qayd qilinishi u faqat intellektdan tashkil topadi, degan m a ’noni anglatmaydi, albatta. Shu bois, qiziqish psixologik mohiyatining ikkinchi ko'rinishi — uning his-tuyg'ular, emotsional holatlar bilan uyg'unlashgan, mujassamlashgan tarzda ifodalanishidadir. Ma'lumki, his-tuyg’ular, shuningdek, emotsional holatlar (emotsional ton, kayfiyat, shijoat, ehtiros va boshqalar) shaxsning borliqdagi aniq voqelikka, narsa va hodisalarga, muayyan faoliyatga intilishini, sa’y -harakatlarini kuchaytiradi, jadallashtiradi, safarbarlikni obyektga yo'naltiradi. Inson o‘z shaxsiy qiziqishini qondirgandan keyingina unda yoqimli his-tuyg'uiar uyg’lonadi, ruhiy qoniqish, o‘z navbatida, lazzatlanish (praksik) hissi vujudga keladi. Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi ko’rinishi — bu uning iroda sifatlari, iroda akti bilan umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo‘r berish, muayyan qaror bo'yicha intilish, ba’zi qiyinchiliklarni yengish, mustaqillik namoyon qilish qiziqishni qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari yetaklaydi. Qiziqishni psixologik mohiyatining to‘rtinchi ko‘rinishi — bu uning oliy n e rv fa oliyati xususiyatlari v a temperament tiplari bilan birga, mujassamlashgan holda namoyon bo’lishidir.