12-mavzu. SHaxs temperamentini tadqiq etish metodlari
Xarakter aksentuatsiyasini o’rganish Reja: Asab tizimi xususiyatlarini o’rganishda kuzatish metodi (M.K.Akimova va T.V.Kozlovaning kuzatuv sxemasi).
Temperamentning uch xususiyatini o’lchash uchun G.Ayzenkning shaxs So’rovnomasi: ekstraversiya, introversiya, neyrotizm.
Temperamentning uchta asosiy xususiyatini baxolash uchun asab tizimi xususiyatlari So’rovnomasi (YA.StrelyaYu): kuzgalish kuchi, tormozlanish kuchi, asabiy jarayonlarning xarakatchanligi.
Xarakter aksentuatsiyasi usmir deviant xulk-atvori omili sifatida. SHaxe xarakter aksentuatsiyasi diagnostikasi. G.SHmishek, K.Leongardning test-surovnomasi.
Tayanch tushunchalar:temperament, qo'zg'alish, tormozlanish, epchil tip, serharakat tip,sangvinik, inert (sustkash) tip,og'ir vazmin tip,flegmatik,muvozanatsiz, qo'zg'alish tormozlanishdan ustun,jushqin tip, xolerik,kuchsiz tip,melanxolik, xarakterning ma’naviy tarbiyalanganligi.xarakterning muvozanatlashganligi,xarakterning aniqligi,xarakterning ko’chi,xarakterning qa’tiyligi,xarakterning yaxlitligi Temperamentlotincha - temperamentum - qismlarning nisbati degan ma'noni anglatadi. Qadimda kishidagi tuyg'ular va harakatlarning xususiyatlari uning tanasidagi "sharbatlarning" (suYuqliklarning) miqdoriga, ularning nisbatiga bog'liq deb hisoblanar edi. Bularning aralashmasi temperamentdir. Temperament xususiyatlarining ilmiy sabablarini I.P. Pavlov Yuksak nerv faoliyat tiplari haqidagi ta'limotida ochib berdi: I.P. Pavlov Yuksak nerv faoliyat tiplari deganda hayvonlarda va odamda nerv tizimining faoliyatidagi eng muhim xususiyatlarning chatishuvini tushunar edi. I.P.Pavlov itlarda tajriba o'tkazdi.U hayvonlarning nerv tizimini: a) qo'zg'alishva tormozlanishning kuchiga; b) bu jarayonlarning muvozanatiga ; v) ularning ildamlik darajasiga qarab bir-biridan farq qilishini aniqladi. A)Nerv tizimining kuchi hujayralardagi fiziologik moddalarning zahira miqdori bilan belgilanadi. Kuchli tipdagi nerv tizimida bunday zapas ko'p, kuchsizda kamdir. Nerv tizimining kuchi, avvalo kuchli qo'zg'ovchilarga bardosh bera olish qobiliyatida ko'rinadi. B) Qo'zg'alish va tormozlanish baravar darajada kuchli yoki kuchsiz bo'lganda nerv tizimida muvozanat bo'ladi. Bulardan biri kuchliroq yoki kuchsizroq bo'lsa muvozanat bo'lmaydi. V) Nerv tizimining ildamligi (labilligi) miya pustining biron qismidagi qo'zg'alishning tormozlanish bilan (yoki aksincha) naqadar engil almashinishidan iborat. Bu eng muhim narsa. Shu belgilarga qarab nerv tizimi 4 tipga ajratildi. Bu ajratish Pavlov fikricha, Gippokratning 4 temperament tipiga to'g'ri keladi. Kuchli,muvozanatli, epchil tip. Serharakattip. Sangvinik