Eksperimental



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə9/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o‘z xohishi bilan qandaydir psixik ‘ yoki xususiyatni Yuzaga keltirib, psixik hodisaning tashqi sharoitga bog‘liqligini tekshirib ko‘rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo‘llanilishibilan tushuntiriladi. Empirik, yani tajriba yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan faktlaming asosiy ko‘pchiligi psixologiyada eksperimental yo‘l bilan olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo‘llab bo‘lmaydi. Masalan, agarda psixik ‘lar va funksiyalar ko‘proq eksperiment yo‘Ii bilan o‘rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko‘pgina qobiliyatlari) ham shu metod yordamida o‘rganiladi. Lekin xarakter va qobiliyatlarning murakkab turlarini eksperiment metodi bilan o‘rganib bo‘lmaydi.
Suhbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo‘llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo‘lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo‘llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.
IntervYu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng ko‘llaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat metodi kabi intervYu metodi ham savol-javob metodiga tegishlidir. Ko‘pincha intervYu uchun savollami sotsiologik anketalarga o‘xshatib, ya’ni turli masalalar Yuzasidan ko‘plab javoblar olishni ko‘zlab tuziladi. IntervYu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to‘g‘ri keladi. Biroq bilimlarni va o‘rganilayotgan psixik xususiyatlarning tuzilishini hisobga olib tuzilgan savollar o‘rganilayotgan holatlar tuzilishi hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin..
Ekspert baholash metodi. Bu metod shaxs psixologiyasida keng qoMlaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar - bolalar bog‘chasi va maktab-intematlaming tarbiyachilarini, sinf rahbarlari, ishlab chiqarish-texnika bilim Yurtlarining murabbiylari, ishlab chiqarishdagi murabbiylar, ilmiy jamoa rahbarlari, harbiy komandirlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin. Ekspert baholarni ko‘proq xususiyatlarning sifat jihatidan
numoyon bo‘lishini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suhbatlarda o‘tkazilsa ancha foydaliroq bo‘ladi), balki o‘rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya’ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baholash tarzida o‘tkazilsa maqsadga muvofiq boMadi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bogMiq boMmagan xulq-atvor clcmcntiarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish ekspertning emas, balkitadqiqotchining ishidir.
O‘z-o‘zini kuzatish metodi XYIII-XIX asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so‘nggi yillarda yana ma’lum ahamiyatga ega boMib bormoqda. CHunonchi, suhbat va savol-javob metodlarini o‘z-o‘zini kuzatish metodi orqali olingan ma’lumotlarsiz qoMlab boMmaydi. Buni suhbat va shaxsiy savoljuvob o‘tkazish uchun suvollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o ‘z.-o‘zini kuzatish, garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi boMiniisa-dn, mustaqil ahamiyatga ega boMishi mumkin. 0 ‘z-o‘zini ku/atish metodi psixik holatlarni, ya’ni tetik kayfiyatni, achchiq- Innishni, ishchanlikni, kasb bilan bog‘liq bo‘lgan sermahsul ishlami o‘rganishda ayniqsa foydali bo‘lishi mumkin. Testlar metodi. Testlar, ozmi yoki ko‘pmi standartlashtirilgan (bir xillashtirilgan) shaxs xususiyatlarini qisqa muddatli sinash usullaridir. YAxshi asoslangan test - bu oldindan o‘tkazilgan kata cksperimentlar natijasidir. Nazariy jihatdan asoslangan va eksperimental jihatdan muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va anmliy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxiv metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o‘tkazuvchi psixolog sinaluvchining xulqini kuzatmaydi va o‘lchamaydi, balki, kundnlik quydnomalarni va yozuvlami, arxiv materiallarini, mehnat, o‘quv yoki ijodiy faoliyatini tahlil qiladi.
Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan foydalanishdi. Ko‘p hollarda u «faoliyat mahsullarini o‘rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi. Eksperimentator tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli
rnahsulotini turli xil maqsadlarda o‘tkazishi mumkin. SHaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya tarixi, bir shaxsning yoki ko‘p odamlar hayot yo‘lining o‘ziga xosligi - biografik metod nomini oldi.
«Arxiv metodi» xilma-xilligiga kontent-analiz texnikasi ham taalluqlidir. Kontent - analiz o ‘zidan yanada takomillashtirilgan hujjatlar analizining qat’iy metodlarini namoyon qiladi. Tadqiqotchi mazmun birligini ajratib, olingan ma’lumotlami umumlashtiradi. Bu metod nafaqat psixologiyada, balki boshqa ilmiy adabiyotlarda ham keng tarqalgandir. Bu metoddan ko‘p hollarda, asosan, siyosiy psixologiya, reklama psixologiyasi, aloqalarda keng foydalaniladi.
Kontent-analizni ishlab chiqish G.Lassuela, CH. Os-gud, B.Berelsonlar nomi bilan bog‘liq boMib, ular «Kontent-analiz, kommunikativ tadqiqotlar» fundamental monografiyaning mualliflaridir.
Kontent-analizdagi matn tahlilining standart birligi bo‘lib:
1) so‘zlar; 2) tugallangan fikr; 3) mavzu; 4) personaj; 5) muailif
va 6) yaxlit holdagi yo‘llanma hisoblanadi. Ular bir mazmunda yanada umumiy tuzilish sifatida korib chiqiladi. Kontent-tahlil ma’lumotlarini qayta ishlashning bir qancha usullari mavjud. Oddiy matndagi u yoki bu birliklaming ko‘rinish darajalarini qayd etilishidir. Tadqiqotchi bu ko‘rinishlar darajasini u yoki bu birliklarini turli matnlarda qoMlab, undagi
ozgarish boshidan, to yakunlanishga qadar aniqlaydi.
Analizning ikkinchi tipi - matndagi kontent - analiz birligini matritsa turidagi mujassam korinishlari hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar

  1. Psixologik metodlar haqida tushuncha?

  2. Eksperimental tadqiqotlarni samarali o‘tkazish uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?

  3. Eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish ‘ida qanday qoidalarga rioya qilish lozim?

  4. Ilmiy ma’lumotlar olishning asosiy usullari nimadan iborat?

Qo’shimcha adabiyotlar

  1. . G’oziev E.G’. Umumiy psixologiya. - T.: O’qituvchi, 2010.

  2. . G’oziev E.G’. Psixologiya. -T., O’zMU «Universitet», 2003.

  3. . Андреев О.А. Тренируем свое внимание /Серия «Психологический практикум».-

Ростов н/Д: «Феникс», 2004

  1. . Андреев О.А. Тренируем свою памятъ/ Серия «Психологический практикум».-

Ростов н/Д: «Феникс», 2004

  1. . Аткинсон Р. Человеческая памятъ и протсесс обучения. - М., 1980.

  2. . Галъперин П. Я., Кабилънитская С. Л. Эксперименталъное формирование

внимания. М.: Изд-во Моск. ун-та, 1999.

  1. . Ганзен В.А., Балин В.Д. Теория и методология психологического исследования:

Практическое руководство. СПб.: СПбГУ, 1991.

  1. . Дружинин В. Н. Структура и логика психологического исследова-ния. М.: ИП РАН,

1994.

  1. . Дуранов М.Е., Гостев А.Г. Исследователъский подход к профессионалъно-

педагогической деятелъности.- Челябинск: Челяб. гос. ун-т, 1996.- 72 с.

  1. . Забродин Ю.М. Психологический эксперимент: спетсифика, про-блеми,

перспективи развития//История становления и развития эксперименталъной психологии в России. М.: Наука, 1990.
5-mavzu . Tadqiqotlarni tashkil etishga kuyiladigan talablar
Reja:


  1. Adabiyotlar bilan ishlash, va uni tizimga keltirish.

  2. Eksperimental tadkikotni tajriba sinovini tashkillashtirish.

  3. Abstraksiya va konkretizatsiya. Induksiya va deduksiya.Analiz va sintez.

  4. Klassifikatsiya, takkoslash va umumlashtirish.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin