Tayanch iboralar: Faraz,muammo,eksperiment,ilmiy bilish,ilmiy faraz,tajriba,labarotoriya,empirik uYushma,tadqiqot obyekti. EKSPERIMENT (lot. yexreptepgshp — tajriba, sinab ko‘rish) — fanda narsa va hodisalarni sezgipredmet faoliyati bilan tadqiq qilish, o‘rganish. Kuzatishga qaraganda Yuksakroq bilish usuli. Mohiyate’tibori bilantajribatushunchasini ifodalasada, Eksperiment fanga nisbatan ishlatiladi. Eksperiment zarur shartsharoit yaratishni, turli vositalar bilan obyektni qayd etishni yoki hodisani sun’iy ravishda Yuzaga keltirishni, tegishlitexnikava moslamalarni tatbiq etish va o‘lchash ishini o‘z ichiga oladi. Eksperiment bilish obyektini takror hosil qiladi, farazlarni tekshiradi. Eksperiment insonning obyektga moddiy ta’sir ko‘rsatishiga, voqelikni amaliy o‘zlashtirishiga, bilimlarni boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. Tabiiy va texnika fanlarida Eksperimentdan haqiqatni bilish va uniisbotlashvositasi sifatida foydalaniladi. Eksperiment ijtimoiy hodisalarni, xususan, ijtimoiy fanlarni tadqiq etishda ham keng qo‘llaniladi. Ilmiy bilishning shakli sifatida muammo savol va masalalardan farq qiladi. Kiyin muammoni eng qiyin, eng murakkab masala yoki savoldir, deyishadi. Muammo savol yoki masala bilan, savol yoki masala muammo bilan bog‘liq bulishi mumkin. Lekin savol yoki masala muammo emas. Savol yoki masalaning o‘ziga xos xususiyati, muammoning ham o‘ziga xos jihatlari bor. Savol yoki masalaning o‘ziga xos xususiyati shundaki, savolga javob berish, masalani echish doimo oldingi bilim asosida amalga oshadi. Muammoda bunday emas. Muammoni oldingi hosil qilingan bilimlar doirasida turib hal qilib bo‘lmaydi. Buning uchun yangi faktlar, ma’lumotlar tuplash, ularni yangicha izohlash, shu paytgacha mavjud bo‘lgan eski bilim doirasidan chiqish talab qilinadi. Tadqiqot ishining nazariy asoslari ishlab chiqilayotganda uning asosiy struktura elementlariga: muammoning dolzarbligiga, muammoning maqsadi, vazifalari, tadqiqot ob’ekti va predmetining to‘g‘ri aniqlanishiga, ilgari suriladigan farazga (gipoteza), tadqiqot ishining ilmiy va amaliy ahamiyatiga tayanadi. Tadqiqotning eksperimental asoslari esa farazni nazariy va eksperimental jihatdan tekshirish va faktlarni aniqlashga, empirik hamda nazariy umumlashmalarga, eksperiment metodikasiga asoslanadi. Faraz (gipoteza) - bu hodisa yoki bir-biriga aloqador hodisalar o'rtasidagi qandaydir qonuniyat, sabablar mavjudligi to‘g‘risida (egallangan bilimlarga asoslangan holda) bildirilgan tahmindir. Masalan, ta’lim ‘ida bola psixikasining rivojlanishi to‘g‘risidagi faktlar asosida Yuqori sinf o‘quvchilari o‘smirlarga nisbatan o‘tilgan darslarni yaxshiroq eslab qolish imkoniyatiga egadirlar, ularning bu sohadagi qobiliyatlari ko‘proq darajada rivojlangandir, degan tahminni aytish (farazni olg‘a surish) mumkin. YO bo‘lmasa, odam psixikasi butun bir ta’lim ‘i sifatida rivojlanib borishi va faoliyat ko‘rsatishini bilib olinganidan keyin nutq va tafakkurning rivojlanish darajasi o‘rtasida o‘zaro aloqa mavjudligi to‘g‘risidagi farazni olg‘a surish mumkin. YOki gipotezaga oid boshqa bir misolni olaylik: kishi o‘z qadrini bilishi shaxsning xususiyatlaridan biri sifatida kishining o‘smirlik yoshida ko‘proq darajada intensivlik bilan shakllanishini hamda o‘smirning o‘ziga o‘zi qanday baho berishi ko‘p jihatdan tevarak-atrofdagi kishilarning unga bo‘lgan munosabatlari bilan belgilanishini bilgan holda shunday tahmin qilishi mumkinki, o‘smirni u yoki bu guruhga kiritilishi uning shaxsiga nisbatan tevarak- atrofdagi kishilar tomonidan hurmat bildirish ehtiyojining mavjudligi bilan izohlanadi. Bu ayni mana shu guruhda qondiriladi. Gipotezani nazariy jihatdan tekshirish - bu taxmin qilinayotgan fikrni allaqachon isbotlangan va ilmiy adabiyotlarda mavjud bo‘lgan qoidalar, printsiplar bilan taqqoslashdan iborat bo‘lib, natijada olg‘a surilayotgan faraz bilan o‘sha printsiplar o‘rtasida mantiqiy qarama-qarshilik yo‘qligi aniqlab olinadi. Gipotezani eksperiment tarzida tekshirib chiqish ‘ida uning to‘g‘riligi yoki to‘g‘ri emasligi ilmiy tadqiqotlar orqali olingan ma’lumotlarni analiz qilish asosida, tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan belgilanadi. Tadqiqotchi tomonidan aniqlab olingan va yozib qo‘yilgan voqealar, hodisalar faktlar deb ataladi. SHuning uchun ko‘zatuvchanlik ilmiy hodimning qimmatli fazilatlaridan hisoblanadi: u bunday qaraganda tadqik etilayotgan ob’ektdagi uncha muhim emasdek tuYulgan xususiyatlarni ham, tajriba o‘tkazish shart-sharoitlarini ham tez ilg‘ab olish va ularga to‘g‘ri baho bera olish qobiliyatiga ega bo‘lmog‘i kerak. qat’iy ilmiy tushunish ma’nosidagi fakt deganda ko‘zatilayotgan hodisani yangi tajribada yoki boshqa tadqiqotchi olib borayotgan tajribada qayta tiklash imkoniyati nazarda tutiladi. Empirik umumlashma - bu ob’ekt hodisalarini faqat ularning tashqi alomatlari asosida birlashtirilishidir. Nazariy umumlashma - bu ob’ektlarni (hodisalarni) ularning muhim bir-biriga o‘xshashlik belgilariga qarab, ya’ni mazkur hodisaning o‘ziga xos xususiyatini belgilovchi tomonlariga qarab birlashtirilishidir. CHunonchi, barcha o‘quvchilarni ko‘zatish asosida ikki intizomli va intizomsiz o‘quvchilar guruhiga ajratish mumkin. Bunday ajratish empirik umumlashtirish bo‘ladi, chunki bu o‘rinda o‘quvchilarning faqat tashqi harakteristikasi hisobga olinmoqda. Agar bir o‘quvchilarni ularning temperamenti xususiyatlariga qarab, funktsional holatining o‘ziga xosligi va shu singarilarga qarab birlashtiradigan bo‘lsak, bu xildagi guruhlarga ajratilgan ishimiz nazariy umumlashmaning natijasi bo‘ladi, chunki bu o‘rinda biz bir xil o‘kuvchilarning intizomsizliklari, boshqalarning esa intizomli ekanliklari sababini izohlab beramiz. Eksperiment metodikasiga tadqiqot o‘tkaziluvchilar uchun topshiriq (ish uchun instruktsiya, material va hokazolar) tajriba o‘tkazish shart-sharoitlarining bayoni (eksperiment guruh yoki individual tarzda o‘tkazilishi, qancha vaqt davom etishi), sinalayotgan kishilarning tarkibi va miqdori, tajriba o‘tkazilayotganda almashinib turgan kishilarning bir-biriga bog‘liqligi va bog‘liq emaslik darajasini aniqlash singari tadbirlar kiradi. Tajriba tariqasida o‘quv-tadqiqot ishlarining quyidagi turlarini ko‘rsatish mumkin: Ko‘zatishlar o‘tkazish (masalan maktab o‘quvchisini ko‘zatish, norasmiy holdagi maktab o‘quvchilaridan tashkil topgan mikroguruhni va sinf jamoasini ko‘zatish, o‘qituvchini ko‘zatish va hokazo).
Muayyan eksperimental metodikani egallab olish. Ushbu metodika albatta, validlikka ega bo‘lishi lozim. YA’ni tanlangan metodika maksad asosida belgilangan vazifalarni hamda farazni tekshirish imkoniga ega bulsa, u xolda tanlangan metodika validlikka ega deyiladi. Validlik - ishonchimizning darajasi, u yoki bu tanlangan test, ulchov yo eksperiment xakikatan belgilangan vazifani echishga kodirligi yoki aksi xakidagi ishonchimiz darajasi. ichki validlik - xaqiqatdan ham ko‘zatilayotgan effekt eksperimental yondashuvning natijasi;
tashki validlik - eksperimentimiz ijobiy natijaga ega bo‘lgan holda ham, keng ommaga qullab bo‘lmasligi. Mazkur o‘quv guruhida (yoki mazkur sinfda) muayyan psixik holatlar Yuzasidan o‘kuvchilardagi individual-psixologik farqlar hamda o‘qtacha ko‘rsatkichlarni o‘rganish.
Turli o‘ziga xos psixik xususiyatlarning ifodalanishi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni aniqlash.
Ishning birinchi turi psixologik ko‘zatish olib borish malakasini hosil qiladi. Uni bajarayotganda ko‘zatish rejasini to‘zib chiqish, ob’ektlarni tanlash, maqsadni belgilab olish, alohida e’tibor berilishi zarur bo‘lgan belgilarni aniqlab qo‘yish lozim; ko‘zatishni vaqt bo‘yicha taqsimlab chiqish lozim va hokazo. YAngi faktlarning olg‘a surilishi, eksperiment tarzida tekshirib chiqish talab qilinadigan yangi- yangi masalalarni o‘rtaga qo‘yish ushbu ish turining ilmiy maqsadi bo‘lishi mumkin. Ayrim o‘quvchilarni, o‘quvchilar guruhi yoki o‘qituvchilarni ta’riflab beradigan ma’lumotlar to‘plash bu ishning amaliy maqsadi bo‘lishi mumkin. Ishning ikkinchi turi muayyan metodikani egallab olish bilan bog‘liq bo‘lib, turli sharoitlarda sinov o‘tkaziladigan turli kishilarga nisbatan ko‘p marta tadbiq etishni talab qiladi. Bunday ishning ilmiy maqsadi u yoki bu metodikani qo‘llanish chegaralarini qidirib topish va uning variantlarini ishlab chiqishdan iboratdir. Ishning uchinchi turi guruh uchun o‘rtacha ahamiyatga ega bo‘lgan (yoki ancha harakterli) jihatlarni statistik aniqlashning elementar metodlarini egallab olishni nazarda tutadi. Ishning to‘rtinchi turi muammoning o‘rganilayotgan o‘ziga xos ayrim tomonlari o‘rtasidagi statistik aloqalarni aniqlash metodlarini egallb olishga yordam beradi. Bu o‘rinda turli yoshdagi va har hil ixtisosdagi sinalayotgan kishilarning psixik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari to‘grisida, psixik hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar haqida yangi axborotlar olish, ma’lumotlarni qayta tekshirish va shu singari ishlar ilmiy maqsad bo’lib xizmat qilishi; ishning amaliy maqsadi - turli kursdagi studentlar va har xil sinfdagi maktab o‘quvchilari to‘grisida fakultet yoki maktab uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar olishdan iborat bo‘lishi mumkin. B.G.Ananevning fikriga ko‘ra, psixologik kuzatish metodlari psixologik obektlar bilan operatsiyalar tizimi bo‘lib, fanning bilish obektidir. Psixologiyada empirik metodlarni qo‘llash muammosi ko‘rib chiqilayotganda ularni psixologik metodlar tizimidagi o‘mini aniqlashdan boshlash kerak. Empirik metodlarni qo‘llashning beshta darajasini ajratish mumkin: Metodika darajasi.
Metodik qo‘llanma darajasi.
Metod darajasi.
Tekshirishni tashkil qilish darajasi.
Metodologik yondashish darajasi.
To ‘g ‘ri, «metod» atamasini turli darajada ishlatsa bo’ladi, masalan, psixofizikada - o’rtacha xatolar metodi, chegara metodi bor; psixodiagnostikada - proektiv metod (ikkinchi daraja); psixosemantikada semantik differensial metod va repertuar kataklar metodi haqida gapiriladi (birinchi daraja); yosh davrlari psixologiyasida psixogenetik metod to‘g‘risida bahs Yuritiladi va uning turli xilligi - egizaklar metodida (to‘rtinchi daraja) ko‘rsatilgan. Psixologik tadqiqotda qo‘llaniladigan usullarning darajalibo‘lishini G. D. Pirov taklif etgan. U metodlarni quyidagi guruhlarga bo‘lgan: ) xususiy metod (kuzatuv, eksperiment, modellashtirish);
metodik qo‘llanma;
metodik yondashuv.
S. L. Rubinshteyn «Umumiy psixologiya asoslari»da eng asosiy psixologik metodlar sifatida kuzatuv va eksperimentni ajratib ko‘rsatdi. Kuzatuv «tashqi» va «ichki»ga bo‘lingan, eksperiment - laboratoriya ishi, tabiiy va psixologik-pedagogik, qo‘shimcha metod uning asosiy modifikatsiyasida fiziologik eksperiment. Bundan tashqari, faoliyat mahsulini o‘rganishda suhbat va anketa usullarini ajratib o‘tdi. Tabiiyki, vaqt bu tasnifning qirralarini ta’kidladi. SHunday qilib, psixologiyaning falsafa bilan bogliqligi uni nazariy metodlaridan mahrum qildi, xuddi shunday yaqinlik pedagogika va fiziologiya bilan bu fanlarning psixologik ro‘yxatga qo‘shilishi bilan amalga oshirildi. Psixologik tekshiruvlaming keng koMamdagi ikkinchi tasnifmi -bolgar psixologi G.D. Pirov tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment, modellashtirish, psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik yondashuvlarni takidlab o‘tdi. SHu metodlarning har biri bir qancha turlarga boMinadi. SHunday qilib, masalan, kuzatish (aloqador) anketalar, so‘rovnomalar, faoliyat mahsullarini o‘rganish va boshqalarga bolinadi. B. G. Ananev G.D.Pirov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi. U mavjud barcha metodlami: ) tashkiliy;
empirik;
ma’lumotlarni qayta ishlash usuli;
sharhlash metodlariga boMdi.
Tashkiliy metodlarga B.G.Ananev qiyosiy, longitsud va kompleks metodlami kiritdi. Ikkinchi guruhga observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod, faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar kiritildi. Uchinchi gumhga ma’lumotlarni matematik-statistik tahlil qilish metodi va sifat tahlili kiritildi. Nihoyat, to‘rtinchi guruhni genetik va donalash metodi tashkil qildi. Ananev har bir metodni aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning chuqur tahlil qilishiga qaramay, ko‘pgina echilmagan muammolaruchraydi: Nimaga modellashtirish empirik metod bo‘lib qoldi? Nima uchun qayta ishlash metodi tashkiliydan ajratilgan? Genetik qayta ishlash tekshirishni tashkil qilishning muhim usuli deb tushunilmaydimi? SHuni eslatib o ‘tish ahamiyatliki, bu erda psixologik tekshirishning nazariy metodlari ko‘rsatilmagan, shu bilan birga metodlar sinfi ajratilgan, o‘rni bo‘yicha «oraliq» empirik va nazariy metodlar 0’rtasida, empirik kuzatishlar ma’Iumotlarni sharhlash va qayta ishlash metodlaridir. M.S. Rogovin va T.B. Zapevskiylaming fikricha, metod bu - idrok ‘ida obekt va subekt orasidagi ba’zi bir nisbatlaming ifodalanishidir. Ular asosiy psixologik metodlarning sonlarini 6 taga birlashtirishadi. 1 ) germenevtik - fanning boMinmagan yakka holatiga to‘g‘ri keladi; biografik metod - psixika to‘g‘risidagi fanning yakka obektiv idrokini ko‘rsatish;
kuzatish - idrok obekti va subekti farqlanadi;
o’z-o’zini kuzatish - subektni oldingi farqlanish asosida obektga aylanishi;
klinik - birinchi o‘ringa mexanizmning tashqi kuzatuvchidan ichki kuzatuv mexanizmiga o‘tish vazifasi chiqadi;
eksperiment subekti obekt idrokining faol qarshiligi sifatida, subektning roli idrok ‘ida hisobga olinadi.
Keltirilgan tasnif gneseologik asos, kelishmovchiliklarga ega bo‘lsa ham, tushunarsiz, biografik metodning ajralishi nimaga bog‘- liqligi bizni qiziqtiradi? Biroq mualliflar o ‘ylab yoki o‘ylamay psixologik metodlarning empirik tasnifidagina, Germenevning metodlari hisobiga modellashtirishni qo’shishga majbur boMdilar. Bu metodni qoMlashda «idrokning subekt va obekti qarama-qarshi» qilib qo’yilmaganmi? Model - bu bir subektning boshqa bir subektga oqilona qarshiligi, subektning obektga va o‘ziga nisbatan muomalasi mumkin emasku, degan savol tug‘iladi. Psixologik tekshirishning tasnifiy metodlarini tushuntirishda boshqacha yondashuvlar bor, lekin psixologik tekshirish empiric metod va psixologik metodlar orasida umuman, amalda «teng» belgisi qo‘yiladi, ularning spetsifikasini aniqlash qiyinlashadi. Psixologiyada boshqa fanlar analogiyasi bilan uchta metodlar tasnifini ko‘rsatish maqsadga muvofiqdir: Empirik, tekshirish subekti va obektining tashqi real munosabatlari amalga oshiriladi;
Nazariy, subekt obektning hayotiy modeli bilan o ‘zaro munosabatda bo‘ladi.
SHarhlash va tasvirlash, bunda subekt «tashqaridan» obektning simvolik- belgisi bilan munosabatda bo‘ladi. Birinchi guruh metodlarini ishlatishning natijasi ma’lumotlar hisoblanadi, obekt sharoitini asboblar yordamida o‘rganadi. Nazariy metodlardan foydalanish natijasi tabiiy til belgisi yoki ochiq chizmatik shakldagi prcdmet haqidagi bilim hisoblanadi. Nihoyat, qayta ishlash - tushuntirish metodi - bu nazariy va eksperimental metodlami qo‘tlashda, ulami o‘zaro munosabati natijalarining «uchrashish joyi»dir.
Savollar Metod, metodika va metodologiya tushunchalariga ta’rif bering.
Psixologiyada ilmiy bilish nima?
Paradigma tushunchasini dastlab fanga kim olib kirgan?
Ilmiy nazariyaning mohiyati nimada?
Farazning tabaqalashtiruvchi belgilari qaysilar?
.Nazariya nima?
Gipotezaga ta’rif bering,isbotlangan gipotezaning natijasiga ko’ra turlari qaysilar?
Ilmiy tadqiqot -bu
Tajriba tariqasida o‘quv-tadqiqot ishlarining turlarini ko‘rsating
Qo’shimcha adabiyotlar . G’oziev E.G’. Umumiy psixologiya. - T.: O’qituvchi, 2010.
перспективи развития//История становления и развития эксперименталъной психологии в России. М.: Наука, 1990. 4-mavzu. Psixologik tadqiqot metodlari klassifikatsiyasi
Reja: Noeksperimentalpsixologik metodlar.
Noeksperimental metodlar, so‘rovnoma bilan uzviy bog‘liqligi.
Psixologik tajribalarda so‘rovnoma metodlari.
Psixologik metodlarning asosiy moxiyati.
Psixologik tadqiqotning metodlari.
Psixologik metodlarning umumilmiy klassif ikatsiyasi.