Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)
Tayanch tushunchalar: eksperiment, paradigma, nazariya, tadqiqod, metod, ilmiy muammo,bilishning shakllari,gipoteza,faraz,tadqiqot obyekti. X1X asrning oxiri XX asrning boshlarida o‘zining tadqiqotlari bilan psixologiya sohasiga ulkan hissa qo‘shgan deyarli barcha psixologlar eksperimentatorlar bo‘lishgan. Bugungi kunda esa taraqqiyoti ancha tezlashib, yangi o‘rganish sohalarini egallamoqda. Psixologik metodlarning rivojlanishi va kengayishi bilan birga u o‘zicha boshqa bir qator ilm sohasiga oid metodlar bilan ham chambarchas bog‘liq: neyrofiziologiya, biologiya, siyosatshunoslik va boshqalar. Eksperimental psixologiyani o‘rganishdan maqsad psixika rivojlanishining individual va yosh xususiyatlarini bilgan holda ularni ob’ektiv metod va usullar bilan o‘rganishdan iborat. Eksperimental psixologik tadqiqotlar psixodiagnostik tadqiqotlardan tubdan farq qiladi. Psixodiagnostik tadqiqotda aniq individ yoki individlar guruhi haqida ma’lumot olinadi, eksperimental tadqiqotda nazariy faraz tekshiriladi. Nazariya va uning tuzilishi Nazariya fanda - biror hodisa va faktlarni izohlovchi va bashorat qila biluvchi bilimlar tizimi, sxemasidir. Nazariyalar ilmiy uslub vositasida yaratiladi, shakllantiriladi va tekshiriladi. Nazariya — bilimning biror sohasiga oid asosiy g‘oyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. N. borliqning muayyan sohasiga oid bo‘lgan tajribalardan umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida kelib chiqadi. Ilmiy bilishda N.ning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni izohlash, shu bilan birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish, Yuzaga keladigan yangi narsa va hodisalarni oldindan ko‘ra olishdan iborat. Har Qanday nazariya ilmiy bilishning natijasi sifatidagi bilish shakli bo‘lsada, lekin uni tugallangan, o‘zgarmas, mutlaq bilim deb qaramaslik kerak. nazariya bilish ‘ida biz to‘plagan bilimlarning natijasigina emas, balki yangi bilimlar hosil qilish yo‘lidagi boshlang‘ich asosdir. Nazariya hamma vaqt amaliyot bilan uzviy boglik bo‘ladi va shundagina u harakat va rivojlanishning quroliga aylanadi. Nazariyaning boshlang‘ich shakli gipotezalar. Amaliyotda gipotezaning to‘g‘ri, haqiqat ekanligi isbotlansa, shu asosda yangi nazariya Yuzaga kelishi mumkin. Ilmiy bilish ‘ida kishilarning ilmiy nazariyalar bilan qurollanganligi unga ilmiy oldindan ko‘rish — ilmiy bashorat qilish imkoniyatini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, yangi qonuniyat va yangi nazariyalarning shakllanishiga olib keladi. Eksperiment oldindan aytilgan nazariyani tekshirib ko‘rish uchun qo‘yiladi. Nazariya ichki bilishning nutqiy tizimiga izoh beradi. Nazariyaning mantiqiy elementlari bir-birini rad etadi. Nazariya bazasida uning tushunarli haqiqatlari yotadi. Mavjud ko‘plab shakllar noempirik (nazariy) bilish: qonunlar, klassifikatsiyalar va turlari, modellar, sxemalar, gipoteza (farazlar ) dan iborat. Har bir nazariya o‘zida quyidagi tarkibiy qismlarni ochadi: 1.Empirik oqibatlar poydevori ( dalillar, empirik qonun-qoidalar ) 2. Bazis- ko‘plab birlamchi ( faraz, shart-sharoitlar farazi, aksioma faraz ) bu nazariyaning fikriy ob’ekti sifatida qaraladi. 3. Ko‘plab nazariyalar qaysiki asosiy nazariy bilimlarni mustaxkamlaydi. Nazariy bilimlarning tarkibiy qismlarini kelib chiqishi turlichadir. Nazariyaning empirik tuzilishi tadqiqot va eksperiment natijalari bilan izohlanadi. Nazariyaning ideallashtirilgan ob’ekti o‘zi bilan (tanish) aniqlikning tanish-ramziy modelini yaratadi. qonunlar nazariyani shakllantiradi, ayni paytda (aniqlikni) borliqni emas ideal ob’ektni tariflaydi. Uslubiy qurilma aksiomani va gipotetik-deduktiv nazariyalarni rivojlantiradi. Birinchidan, nazariyaning ramkasi bo‘lmish isbot talab etmaydigan, zarur va etarli bo‘lgan aksiomalardan qurilgan bo‘ladi. Ikkinchidan, farazlarni empirik, induktiv asoslarning bo‘lishi. Nazariyalar sifat matematik apparatning qurilmasi tarzda, shaklan, formal tomondan rivojlanadi. Sifat nazariyalar psixologiyada A. Maslouning qarashlari, L. Festinger, DJ. Gibsonning ekologik idrok qarashlarida ko‘rish mumkin. SHakliy nazariyalar qo‘llaniladigan matematik apparatning to‘zilishida namoyon bo‘ladi. Bu nazariya D. Xonsonning ishlarida o‘z aksini topgan, aqliy nazariya J. Piaje, motivlar nazariyasi K. Levin, D, Kelli tomonidan yaratilgan. Formal nazariyalar matematikada ishlatiladigan apparatda namoyon bo‘ladi. Empirik yo‘nalish nazariyaning sifatini rivojlantiradi, haqiqatni yozish uchun lozim bo‘ladi. Nazariya faqatgina borliqni aks ettirmaydi, balki uning tuzilishini ham ko‘rib chiqadi. Ekspremental natijalar, nazariyaning holati va uning ta’siri hisobga olinadi. Mavjud vaqtda o‘tkazilgan eksperiment natijalarida faqat bitta emas, balki ikki yoki undan ortiq nazariyalar isbotlanib tushuntiriladi. Masalan, psixofiziologiyada sensorning uzluksizligi haqida nazariya mavjud. Psixofiziologiyada shaxsning bir qancha sifatlari va empirik ta’sir etuvchi omillari isbotlangan. (G. Ayzenk modeli, R. Kettell modeli, “Katta beshlik”). Taniqli metodolog B. Feyerbend “Tirishqoqlik tamoyili”da eski nazariyalarni rad etmaslik lozim, hatto ularning aniq isbotlarini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi. Ikkinchi uning tamoyili metodologik anarxizm tamoyili:”Fan o‘zi bilan anarxistiklikni vujudga keltiradi,nazariya qonunlar asosida har doim progressiv rivojlanishda bu tarixiy voqealarni analiz qiladi va isbot etadi, fikr va xarakat orasidagi munosabatni abstrakt tahlil qiladi. Asosiy tamoyil progressiyaga to‘sqinlik qilmaydi, bu “ Hammani qo‘yib Yuboramiz “ deb ataladi. Masalan, biz gepotezalarni qo‘llashimiz mumkin, bular nazariyada ko‘rsatilgan va eksperiment natijalarida isbotlangan bo‘lishi lozim. Fanni konstruktiv harakatlar bilan rivojlantirish mumkin “(Feyerbend .P, 1986 )