Eksperimental


Ilmiy bilishning shakllari



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə6/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Ilmiy bilishning shakllari.
G‘oya Tadqiqotchi o‘zi tadqiq etayotgan predmet yoki hodisalarni urganishda ilmiy bilishning turli metodlaridan foydalanish asosida ma’lum yangi bilimlarni hosil qiladi. Bu yangi bilimlar o‘zlarining paydo bo'lishidan to insoniyatning nazariy bilimlari tizimlari - fanlarga kirib kelishgacha, har xil kurinishlarda bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib o‘tadi. Ilmiy tadqiqot asosida paydo bo‘lgan yangi bilimlarning rivojlanishidagi turli kurinishdagi bu bosqichlar ilmiy bilishning shakllari deyiladi. Ilmiy bilishning bunday shakllarining asosiylarini ilmiy g‘oya, muammo, gipoteza, nazariya va ilmiy oldindan kurishlar tashkil qiladi.
Ilmiy g‘oya ilmiy bilishning birinchi shaklidir.
g‘oya - bu tadqiqot maqsadini, uning Yunalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. g‘oya o‘z tabiatiga ko‘ra biror fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bulib, borliqning tugri yki xato in’ikosidir.
Ilmiy bilishda g‘oya muhim rol uynaydi. Ma’lum bir g‘oya tugilmaguncha, biror soxada tadqiqot olib borish mumkin emas. Har bir g‘oya ma’lum bir tayyorgarlik, ma’lum mushohada asosida, ma’lum bir sohada fikr Yuritish natijasida paydo bo‘lib, unda tadqiqotchining amaliy va nazariy tajribalari umumlashgan bo‘ladi. g‘oyalar progressiv va reaktsion g‘oyalarga bo‘linadi. Progressiv g‘oyalar ilmiy bilishni rivojlantirishga xizmat qilsa, reaktsion g‘oyalar unga tusqinlik qiladi. Ilmiy bilishda progressiv va reaktsion g‘oyalar o‘rtasida doimo kurash ketadi. Ilmiy bilishda bir qator g‘oyalar birikib, biror ilmiy muammoni paydo qilishi mumkin.
Muammo - ilmiy bilishning hali bilib olinmagan va hal qilinmagan va hal qilinishi lozim bo’lgan bilim shaklidir. Muammo odatda tadqiqotchining biror tadqiqot sohasiga oid yangi faktlarni tuplagan, lekin bu faktlarni o‘zidagi eski bilimlari bilan izohlashi mumkin bo‘lmaganda, bu faktlar eski bilimlar tizimiga sig‘may, o‘zlarining yangicha bayonini talab qila boshlaganda tug‘iladi. Muammoning tug‘ilishi va qo‘yilishi ilmiy bilish ‘ining eng muhim momentlaridan biridir. Muammoni quyish - ilmiy bilishda ishning yarmini hal qilish demakdir.
Kundalik hayotda muammoni ko‘pincha savol yoki biror masala bilan aralashtirib qo‘llashadi. Muammolar ham g‘oyalar kabi, haqiqiy va soxta (yolgon) muammolardan iborat bo‘ladi. Xaqiqiy muammolar ilmiy fakt va fanlarning qonunlaridan kelib chiqsa, soxta muammolar ilmiy faktlar va fan qonunlariga zid keladi.
Ilmiy bilish ‘ida bir muammo bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ilmiy bilish ‘ida muammolarni hal qilishda ko‘plab gepotezalarning paydo bo‘lishi mumkin.
Gipoteza - tekshirilayotgan, o‘rganilayotgan predmet yoki hodisa tug‘risida ilgari surilgan, ilmiy jixatdan asoslangan, ilmiy fakt va ma’lumotlarga zid bulmagan, lekin xaqiqatdagi hali isbotlanmagan ilmiy bilish shaklidir.
Ilmiy bilish jrayonida ko‘plab gipotezalar paydo bo‘lishi mumkin, ular bir-birini tuldiruvchi, bir-biriga zid, bir-biriga qarama-qarshi, bir-birini inkor qiluvchi gipotezalar bo‘lishi mumkin.
Umuman olganda ilmiy bilishning, rivojlanishi gipotezelarning paydo bo‘lishi, ularning isbotlanishi yoki rad qilinishi va yana yangi gipotezalarning paydo bo‘lishi asosida sodir buladi.
Gipotezalar tadqiqotchini doimo ma’lum izlanishga yo‘naltiradi, uning e’tiborini nimaga qaratishi, nimani izlashini aniqlab beradi, unga o‘z sohasida biron bir yangilik qilish yoki yaratishda yordam beradi. Gipotezalar, obrazli qilib aytganda tadqiqotchining doimiy ish qurolidir. Ilmiy bilishda paydo bo‘lgan gipotezalar keyingi tadqiqotlarda tekshirilib, ularning xaqiqatligi tasdiqlanadi yoki xatoligi isbotlanib rad etiladi. Gipotezani rad etish uchun uning xatoligini isbotlovchi birgina ilmiy fakt kifoyadir. Gipotezaning xaqiqatligi isbotlansa, bunday gipoteza nazariyaga aylanadi.
Nazariya - ilmiy bilishning eng Yuqori shaklidir. Nazariya, deyilganda xaqiqatligi amaliy yoki nazariy jihatdan isbotlangan, borliqning biror bir sohasiga oid ma’lum g‘oyalar, qarashlar, qonunlar va printsiplarning muayyan tizimi tushuniladi. Nazariya biror fan sohasiga oid bo‘lib, u ma’lum bilimlarning umumlashtirilishi asosida paydo buladi. Ilmiy bilishda nazariyaning asosiy vazifasi - amaliyot bergan yangi faktlarni izohlash, o‘rganilayotgan predmet yoki hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirish, ro‘y beradigan voqea va hodisalarni oldindan kura olishdan iborat.
Har bir nazariy ma’lum sohadagi ilmiy bilimlarning so‘nggi natijasi sifatidagi bilim shaklidir. Lekin uni hech qachon tugallangan, o‘zgarmas, absolYut bilim, deb qaramaslik kerak. CHunki, har bir nazariya faqat u yoki bu gipotezaning akti asosidagi isboti bo‘lmay, balki uzluksiz o‘rin almashib, chinligi aniqlanib boruvchi juda ko‘p va cheksiz gipotezalarning natijasidir. SHu sababli nazariya ham doimo rivojlanib borib, uning mazmuni absolYut va nisbiy haqiqatlarning birligidan iborat buladi.
Har bir fan sohasida, xususan, psixologiya sohasida o‘tkaziladigan har bir ilmiy nazariy va eksperimental tadqikotda intuitsiyaning ahamiyati juda katta. Intuitsiya - bu ilgaridan egallangan bilim va ma’lumotlarga asoslangan bilish ‘idir. Har bir kishi o‘zining tajriba va kunikmalariga asoslangan holda o‘ziga xos intuitiv bilishlarga ega. SHuningdek har bir kishining intuitiv bilishida, tabiiyki, farqlar bo‘ladi. Bu farklar esa usha kishining intellektual darajasiga, maxsus mutaxassisligiga va shaxsiy yo‘naltirilganligiga, qadriyatlar sistemasiga, dunyoqarashiga, qobiliyatiga asoslanadi.
Intuitiv bilish, odatda kishi biror narsa yoki hodisa haqida muayyan tasavvurlar va bilimlarga ega bo‘lgan, uning fikri ma’lum muammo yoki masalani echilishiga yo‘naltirilgan, shu asosda o‘z fikrini rivojlantirayotgan bir paytda ro‘y beradi. Intuitiv bilish ham inson bilish ‘ining muhim jihatini tashkil qiladi va uning borliqni bilishida muhim rol o‘ynaydi. Intuitiv bilish hech bir bevosita hissiy idroksiz va mantiqiy muhokamasiz biror bir yangi tasavvur yoki yangi fikrning birdaniga, kutilmaganda tug‘ilishidir.
Keyingi davrda olib borilgan tadqiqotlar intuitiv bilishning paydo bo‘lishi inson miyasining ongsiz yoki ong osti faoliyati bilan bog‘liq ekanligini kursatmoqda. Intuitiv bilishning tabiatini o‘rgangan bu tadqiqotchilar intuitiv bilish fakti xaqiqatan ham inson bilish ‘iga xos ekanligini qayd qilishib, uning hissiy va mantiqiy bilishlari bilan bog‘liqligi, shu sababli intuitiv bilishning bevosita sezish, bevosita his qilish, bevosita idrok qilish, bevosita yangi fikrga birdaniga kelish kabi shakllari mavjudligini aytishmoqda. Ammo intuitiv bilish kishining oldingi tajriba, kunikma, malaka va erishgan bilimlariga asoslangan holda Yuzaga kelishini, busiz intuitiv bilishning bo‘lishi mumkin emasligini ta’kidlashmoqda.
Intuitiv bilish, aslida inson bilish ‘ining bir jihati sifatida faqat ijodiy ‘ga xos bo‘lmasdan, balki u insonning oddiy kundalik amaliy bilish faoliyatiga ham xosdir. Buni biz bolalar uchun aytiladigan topishmoqlarga berilgan javoblarda, oddiy kundalik muammo va shu kabilarni echish misollarida yaqqol kuramiz. Intuitiv bilish inson bilishining hamma boshqa shakllari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bilish ‘ida ularni to‘ldiradi.
Savollar

  1. Eksperimental psixologiyaning metodologik asoslari nimalardan iborat?

  2. Ilmiy bilishning shakllari qaysilar?

  3. Gipoteza deb nimaga aytiladi?

  4. Nazariyalarning eksperimental psixologiyadagi ahamiyati nimalardan idorat?

  5. Muammo tadqiqotchi tomonidan qanday vaziyatlarda qo’yiladi?

Qo’shimcha adabiyotlar

  1. . G’oziev E.G’. Umumiy psixologiya. - T.: O’qituvchi, 2010.

  2. . G’oziev E.G’. Psixologiya. -T., O’zMU «Universitet», 2003.

  3. . Андреев О.А. Тренируем свое внимание /Серия «Психологический практикум».-

Ростов н/Д: «Феникс», 2004

  1. . Андреев О.А. Тренируем свою памятъ/ Серия «Психологический практикум».-

Ростов н/Д: «Феникс», 2004

  1. . Аткинсон Р. Человеческая памятъ и протсесс обучения. - М., 1980.

  2. . Галъперин П. Я., Кабилънитская С. Л. Эксперименталъное формирование

внимания. М.: Изд-во Моск. ун-та, 1999.

  1. . Ганзен В.А., Балин В.Д. Теория и методология психологического исследования:

Практическое руководство. СПб.: СПбГУ, 1991.

  1. . Дружинин В. Н. Структура и логика психологического исследова-ния. М.: ИП РАН,

1994.

  1. . Дуранов М.Е., Гостев А.Г. Исследователъский подход к профессионалъно-

педагогической деятелъности.- Челябинск: Челяб. гос. ун-т, 1996.- 72 с.

  1. . Забродин Ю.М. Психологический эксперимент: спетсифика, про-блеми,

перспективи развития//История становления и развития эксперименталъной психологии в России. М.: Наука, 1990.
3-mavzu. Psixologik eksperimentning asoslari
Reja:


  1. Psixologik eksperiment tushunchasi.

  2. Tor ma’noda va keng ma’noda eksperiment so‘zining tushunchasi.

  3. Muammoning amaliy jixatdan o‘rganish moxiyati.

  4. Kuzatish dastlabki manbalarni to‘plash metodi sifatida.

  5. Ilmiy farazlarning shakllantirilishi.

  6. Laboratoriya eksperimentining o‘ziga xosligi.

  7. Tajribani rejalashtirish. To‘plangan ma’lumotlarni qayta ishlash.


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin