Eksperimental



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə5/159
tarix28.01.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#81396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya (1)

Fan muammosi
Har qanday masalaga muammo qo‘yilishi mumkin. Hammasidan ajoyibi “ Bolalar” savollari (“ Nima uchun havo havo rang? YOki nima kuchli? Kitmi? Filmi?”) ular o‘ylantiruvchi muammolarni yaratmaydi. Ularga aniqlik kiritib isbotlashni talab etadi. Biri sub’ektivlikni oydinlashtirish. Hamma predmetlarni yaqqol deyish mumkin. Ular biz uchun kerak, tashlasak pastga tushadi. Lekin inson tanasi bundan farq qiladi, kosmik kemadagi holatni eslang. qizil rang yashildan ozgina farq qiladi, ko‘k sariqdan, ammo rang ajratolmaslik kamchiligi bo‘lgan odamlar ularni farqlay olishmaydi. Demak, inson yaxshi ishlashi uchun u har tomonlama bo‘lishi lozim. Agar unda motivatsiyalari Yuqori bo‘lmasa , faoliyatida xatolar bo‘ladi, bilim olishi sekinlashadi.
Hayotiy va fan muammolari ta’lim atamalari bilan shakllanadi. U tahliliy - tarkibiy bo'lishi lozim. “ Nima uchun quyosh yoritadi?” - savol, lekin muammo emas, bu erda ma’naviy metodlarini ko'rsatish lozim.
“SHaxsni rivojlantirish , boshqalar bilan aloqasi, genetik determinlik, belgilarini va oilaviy totuvligini qanday tarbiyalash mumkin?- bu muammo. Bu muammoni hal etish uchun psixologik bilim va metodlarga tayanish lozim.
Muammolar qo‘yishda gipoteza ( faraz ) larni shakllantirish lozim. Muammolar qaerdan olinadi? Fanda muammolarni shakllantirish- etishmovchiliklarning mavjudligi, ma’lumot uchun axborotlarning etishmasligi yoki borliqni tushuntirish orqali bo‘ladi.
Olamni ko‘proq aniq bilish bitta asosiy qo‘llovchi iste’dod bilan bog‘liq. Zero, muammolarni bosqichlarga bo‘lish mumkin:
Borliqni bilish haqidagi bilimlarning etishmasligini bartaraf etish.
Muammolarni til darajasiga ko‘tarish.
Muammolarni fandagi shakli.
Muammo - bu ritorik so‘roq. Bunda izlanuvchi savol beradi, ammo u savolga u o‘zi javob topadi.
“ Muammo “ so‘ziga falsafiy ta’rif bersak, “ Muammo “ - bilishni rivojlantirishning ob’ektiv savoli yoki savollar to‘plamiki, amaliy hodisalar yoki nazariy qiziqishlar bilan ifoda etiladi.
Muammolar borliqni tahlil qilishni o‘rgatadi. Uni isbotlash kishining qilgan qarorlari bilan bog‘liq. 1.4. Gipoteza ( fanning farazi )
Gipoteza- bu tasdiqlanmagan va isbotlanmagan, nazariyadan chiquvchi ilmiy fikr.
Fan metodologiyasida gipotezalar nazariy va empirik holatlar kabi eksperimental gipotezalarga ajratiladi. Nazariy gipotezalar ichki nutqiy nazariyalar va nazariy bilimlar asosida vujudga keladi. Bu gipotezalar haqida Feyerbend nutqni ajratadi. Fan gipotezalari tugallanuvchi, davom ettiriluvchi harakterga ega bo‘lishi kerak.
Ikkinchi tur gipotezalar eksperimental usullar bilan muammolarni hal etuvchi holatlardir.
Eksperimental gipotezalar albatta nazariyaga asoslanishi shart emas.
Insonning faolligi uning dunyosini muammosiz bo‘lishini ta’minlaydi. Muammolar ruhiy faollik bilan ham bog‘liq. Atrof olamga ko‘ra gipotezalarni 3 ta turga ajratish mumkin. Birinchi turi nazariyalarga yoki borliq modellariga asoslanadi va ularni ochib beradi. Ikkinchi turi ta’limiy eksperimental gipotezalar, ular voqea va asoslar orasidagi munosabatni ifoda etadi. Ular Feyerbendning “ Hamma o‘tadigan” tamoyillari asosida shakllanadi. Uchinchi turi empirik gipotezalardir. Ular qandaydir model yoki nazariyalar asosida rivojlanadi va shakllanadi. qadimgi variantda bunday gipotezalar Kozmi Prutkovaning qarashlarida ifoda etiladi: “ Burninga e’tibor ber, u tuklar bilan qoplangan “ eksperimentdan keyin bunday faraz isbotlangan.
Isbotlangan gipotezalarni natijalariga ko‘ra ajratish mumkin:

  1. hodisa

  2. hodisalar orasidagi aloqa

V) hodisalar orasidagi aloqaning sabablari.
Gipotezaning A turini ko‘rib chiqamiz bunda bitta odamda qancha ramziylik borligi ifoda etiladi. Gipotezaning B turi bunda bola intellekti va ota-onalarning bunga bo‘lgan munosabati tushuntiriladi. Gipotezaning V turida sabablar tushuntiriladi.
Gottsdanker gipotezalarning quyidagi eksperimental turlarini ajratadi:
Kontr gipoteza asosiy betaraflik avtomatik tarzda;
Kontr eksperimental gipotezalar faqat laboratoriya eksperimentidan iborat.
Aniq eksperimental gipoteza - asosiy sabab va laboratoriya orasidagi aloqa.
Eksperimental maksimal ( yoki minimal ) ko‘rsatkichli gipoteza- mustaqillik va nomlanishning maksimal bilishlari bilan ko‘rsatiladi. Faqatgina juda ko‘plab eksperimentlar natijalari asosida isbotlanadi.
AbsolYut eksperimental gipotezalar ko‘p xarakterli eksperimentlarda o‘tkaziladi.
Bir munosabatli eksperimental gipotezalar bitta mustaqil va mustaqil bo‘lmagan holatlar orasidagi munosabatlar. Bu eksperimental gipotezani o‘tkazish uchun bitta munosabatga doimiy eksperiment o‘tkazilgan bo‘lishi, ikkinchisi esa unga nazoratli hodisa bo‘lishi kerak.
qo‘llovchilar gipotezalarni statistik va fan turlarini farqlaydilar. Fan gipotezalari taklif etilgan muammolarning qarorlaridan shakllangan. Statistik gipotezalar matematik statistika asosida shakllanadi. Istalgan fan gipotezasi statistik ma’lumotlarni talab etadi. Har bir sabab qonuniyatlari aloqalarini yoki voqealarni isbotlashda ko‘plab tushuntirishlar keltirish kerak. Gipoteza 2 ta tarkib : asosiy va alternativdan iborat. Statistik gipotezalar 2 ta tushunchada qo‘llaniladi: N (Farqlanish haqidagi gipoteza) va N ( Ish haqidagi gipoteza ).
Eksperimental gipoteza eksperiment tuzilmasi uchun, statistik gipotezalar esa tomonlarning qayd etish uchun olinadi. Ular o‘z tuzilmasiga ega va har biri dalillarga tayanishadi.
Bitta eksperimentni tushuntirish uchun birgina emas, balki bir nechta nazariyalar hisobga olinadi.
SHubhasiz, statistik gipotezalar juda zarur va eksperimental gipotezalarni to‘ldiruvchisidir. Eksperimental gipotezalar birinchi o‘rinda, statistik gipotezalar esa ikkilamchidir.
Gipotezalar mavjud nazariy borliq bilimlari: dalillar, qonun-qoidalarsiz eksperiment o‘tkaza olmaydilar.
Nazariyani eksperimentda tekshirib bo‘lmaydi. Nazariy xulosalar universal hisoblanadi. Agar nazariyadan chiqadigan xulosalar eksperiment ‘ida tasdiqlanmasa , nazariy isbotlanmaydi.
Eksperiment natijasini ifodalovchi xulosalar assimmetrikdir, ya’ni gipoteza inkor qilinishi mumkin bo‘lgan, lekin hech qachon qat’iyan qabul qilinmaydi. Har qanday gipoteza keyingi tekshirishlarda aniqlanib keladi.
Ilmiy tadqiqot - yangi bilimlarni ishlab chiqish ‘i, bilish faoliyati turlaridan biri. Unga ob’ektivlik, ishonchlilik, aniklik xos. Ilmiy tadqiqot hamma shartlarga amal qilib takrorlanganda hamisha birdek natija beri-shi, bahs etilayotgan masalani isbotlashi lozim. Ilmiy tadqiqot bir-biri bilan boglangan ikki kiem — tajriba va na-zariyadan iborat. Ilmiy tadqiqotning asosiy komponentlari: mavzuni belgilash, mavjud axborotni, tadqiqot sohasidagi shartsharoit va metodlarni, ilmiy farazlarni oldindan taxlil etish, tajriba o‘tkazish, olingan natijalarni taxlil etish va umumlashtirish, kelib chiqqan farazlarni olingan dalillar asosida tekshirish, yangi fakt va qonunlarni ifodalab berish, ilmiy bashorat Yuritish. Ilmiy tadqiqotlarni fundamen-tal va amaliy, miqdoriy va sifatiy, noyob va kompleks tadqiqotlarga aj-ratish keng tarqalgan. Ilmiy tadqiqotlarning metod va tajribalari fanning o‘zidagina emas, balki ko‘pgina iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni qal qilishda ham keng qo‘llaniladi

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin