Biografik tadqiqotlarning tarixi va asosiy yo’nalishlari Turmush tarixiga qiziqish XIX asr oxirida paydo bo’lishiga qaramay, bu boradagi dastlabki jiddiy Yutuqlari 20-30 yillarga tegishli bo’lib, u Tomas va Zna^tskiy («Evropa va Аmerikada polyak dehqoni» 1918 yil) nomlari bilan bog’liqdir. Ular 10-yillarda АQSHda Yuz bergan ommaviy migratsiyalar jarayoni sharoitida polyak komYutetinig ichki turmushini tahlil qilishga e’tiborlarini qaratadilar. Xatlarda ko’rsatilgan polyak migrantlarning turmush tarixini tahlil qilarkanlar, ularga madaniyat borasidagi nizolar, jinelar munosabati, insoniy baxtiyorlikni tushunish kabi ijtimoiy fenomenlarni ko’ra olish imkoniyati tug’iladi. Biografik bilishdagi singari ular tomonidan ishlab chiqilgan yondashuvning falsafiy asosi uchun ijtimoiy va individual, ob’ektiv va sub’ektiv, o’zini va boshqalarni angalash dualizmining o’zaro ta’sirini taxmin qiluvchi ramziy interaktsionizm yo’nalishi Yuzaga keladi. O’z tadqiqotlarining amaliyotida ushbu nazariy modellarni rivojlantira turib, ular ijtimoiy hodisalarning sub’ektiv tomoni to’g’risida ma’lumotlar bo’lmasa, bilish mumkiin emas, deb takidlaydilar. Yigirmanchi yillarda Tomas va Znanetskiy pozitsiyalari qo’llab-quvvatlanib, CHikago maktabi faoliyatida, jumladan, marginollar, og’ishma hulq-atvor, o’zini-o’zi o’ldirish, oilani tadqiq etishda rivojlantiradi. Bu yondashuv tarafdorlarining fikricha, mikrotadqiqot va sase studyga e’tibrni qaratish o’z mohiyatiga ko’ra, psixologiya uchun biologiyada mikroskopning ixtiro qilinishi bilan baravar va ijtimoiy jarayonlarni tadqiq etishda inqilobni Yuzaga keltirish darkordir. Biroq, sub’ektiv psixologiya tarafdorlarnig nuqtai nazarlari pozitivistlar tomonidan reprezintativlikning mavjud emasligiga qaratilgan edi. SHaxsiy hujjatlardigi dalilllar tekshiruvida mustaqil ma’lumotlarning yo’qligi ilmiy maqsadlar shakllantirilmaganligi uchun ma’lumotlardan foydalanishda yo’l qo’yilagn xatoliklar tufayli qattiq tanqid ostiga olinadilar. Qattiq tanqid tagiga olinish natijasida metod obro’sizlantiriladi va 60-yillarga qadar ijtimoiy psixologik tadqiqotlar amaliyotida umuman qo’llanilmaydi, chunki psixologiyada pozitivistik an’ana ustun bo’lib chiqadi. Usulning ikkinchi bor tug’ilishi va pozitsiyalarning tezda kuchayishi jamiyatchilik fikridagi o’zgarishlar, ya’ni 60-yillardagi gumanistik ijtimoiy harakatlar va individga tarixiy jarayonlarning faol ishtirokchisi sifatida qiziqishning uyg’onishi bilan bog’liqdir. Hozirgi vaqtda biografik usul yanada ko’proq shuhrat qozonishiga muvvaffaq bo’ldi. Hususan, uch Еvropa maktablari: ingliz, frantsuz va nemis maktablari mashhur bo’lib, biografik tadqiqotlarning ingliz maktabi asosan Esseks unversiteti va P. Tompsan, R. Perks, K. Roberte, D. SHeridan kabi ijtimoiy tarixchilar atrofida to’planadilar. Ular, asosan, bitta avlodga va tarixiy ajdodlarning sub’ektiv tajriba (vektorian davri shohidlari; ikkinchi jahon urushni boshidan kechirgan kishilar) lariga taluqli bo’lgan kishilar tarjimai hollarni qiyosiy tahlil qilishga diqqatni qaratadilar. O’z navbatida, frantsuz maktabi ommaviy (xalq) tabaqalar va alohida ijtimoiy guruhlar tajribalarini tadqiq etishga ko’proq jalb etiladi. (D. Berto, P. Burue, E. Viyyam-Bertto va boshqalar shahardagi tabaqalar, migrantlar, kichik burjuaziya, siyosiy harakatlar). Nemis maktabi esa «turmush kontseptsiyasi», ya’ni «hayotiy konstruktlar» singari ma’lum tarjimai hollarning ichki mazmunini tadqiq etishga ko’proq intiladi (А. SHuttse, M. Koli va boshqalar). Ushbu usul AQSHda tor doirada ya’ni yopiq jamoalarni va siyosiy harakatlarni tadqiq etish doirasida qo’llaniladi (T. Xavaren, G. Elder, R. Gril). E’tirof etilgan maktablardan tashqari, industirial taraqqiyot jarayonida indentichlik o’zgaruvchanligi bilan shug’ullanuvchi skandinaviya va finlandiya maktabi benihoya qiziqishni kasb etadi (P. Rose va boshqalar). Makaziy va SHarqiy Evropada ham biografik tadqiqotlar postkammunistik davrda keng qo’lamda qo’llanila boshlandi. Biografiyada ushbu tadqiqotlar madaniy an’analar doirasida o’tkazilib, Pol’shada emigrantlarni, Vengriyada esa milliy indentichlikni tadqiq etish borasidagi pozitsiyalar kuchlidir. Sobiq ittifoq va SHarqiy Evropa davlatlaridagi ijtiomiy fanlar uzoq yillar mobaynida ilmiy qiziqish doirasida bo’lmay, balki davlat manfaatlariga bo’ysundirilgan edi. Oxirgi yillarda Yuz bergan voqealar ijtimoiy fanlar gumanizatsiyasiga imkoniyat tug’dirib, shaxs va uning sub’ektiv ijtimoiy tajribasiga yanada ko’proq e’tiborni qaratadi. Turli ijtimoiy stratalardan olingan oilalar tarixi rekonstruktsiyasiga asoslanib, biz qanday «o’yin qoidalari»ga binoan sovet kishisining hayoti aniqlanganligini, qaysi strategiya hayotiy muvaffaqiyat va ijtiomiy zina bo’yicha ko’tarilish sari olib borishini, farzandlariga munosabati bo’yicha ota-onalar nimalarni kutishlarini, ma’lum hayotiy strategiyani tanlashda ijtiomiy imkoniyat va cheklashlar qay darajadaligini aniqlamoqchimiz. Dastavval loyiha bo’yicha D. Berto va o’sha paytda Sotsilogiya institutida faoliyat olib borgan V.Semenova, M. Malsheva o’rtasidagi intellektual hamkorlik sifatida amalga oshiriladi. Keyinchalik esa asosiy o’zagini Psixologiya instituti xodimi (L. Koklyagina, Е. Mesherkina, V. Semenova, S. Rojdestvenskiy, Е. Foteeva, shuningdek M. Malisheva, O. Litvekchenko, V. Biguaa)larni tashkil etuvchi ixtiyoriy ilmiy jamoa sifatida rasmiylashtirilib, loyiha «Rossiyada ijtimoiy mobellik asari» deb nom oldi. Umuman olganda, sifatli o’tkazilgan tadqiqot reprezentativ tanlovni talab qilmagan holda, ushbu loyiha maqsadlari uchun dastlabki ma’lumotlarni tanlash reprezentativ longitYuYud «Rossiya avlodlari yo’llari» asosida amalga oshiriladi (tadqiqot 1985 yil psixologiya institutida o’tkazilib, tadqiqot rahbarlari L. А. Koklyagina va V.V. Semenovlardir). LongitYud tadqiqotini tanlash biografik loyiha uchun ikkita jahati bilan asoslanadi. Birinchidan-oilaviy o’tmishlarni ijtiomiy qiyoslash imkonini berib, turli ijtiomiy guruhlani ko’rsatuvchi respondentlar va ular oilalarining tanlovi uchun longitYud baza bo’lib xizmat qiladi. Ikkinchidan-inqilobdan so’ngi vatanimiz tarixi uch avlod hayotiga tegishlidir. SHuning uchun «farzand»larni orqaga qaytarish butun sovet tarixi davrini o’z ichiga qamrab olish imkonini beradi: Buvalar xotirasida an’anaviy Rossiya jamiyatinig buzilishi sodir bo’ldi, ota-onalar «mumtoz» sovet davlatining tashkil topishi va taraqqiyotning guvohlaridirlar, farzandlar esa ularning inqirozi va davlat tanlagan keyingi yo’lni boshlaridan kechirmoqdalar. Tanlash bo’yicha olib borilagan dastlabki ishlar natijasida 68 ta oila tanlanib, har bir oilaning uchta a’zosida intervYu olindi. Oila a’zolardan biri respondent bo’lsa, qolgan ikkitasi esa kattaroq yoshdagi avlod (ota-onalar va ularnig ota-onalari)ga taalluqlidir. Empirik tadqiqotlar respondentning hayot yo’li to’g’risidagi chuqur yarimstrukturali intervYu (1,5-2 soat) metodi shaklida o’tkazilib, bu asr boshidan boshlab oila tarixini shakillantirish imkonini beradi. YOsh respondentlarning ota-onalari asosan 30-40 yillarda, buva va buvilari esa 1900-1920 yillarda tug’ilgan bo’lib, o’z navbatida, ularning ota-onalari inqilobni boshlaridan kechirganlar. Demak, 1900 yilda tug’ilgan kishi eng qari hikoya qiluvchi hisoblanadi. Oilaning geneologik ildizlari turli ijtimoiy qatlamlari va Rossiyaning turli mintaqalariga borib taqaladi. Tabiiyki, o’tmishda ko’pgina oilalar dehqonlar qatlamiga mansub bo’lganlar. Inqilobgacha bo’lgan jamiyatda to’qqizta oila davlatmand qatlamlardan: savdogarlar, oqsuyaklar, sanoatchilar, rossiya intelegentlaridan kelib chiqqandirlar. Oila borasidagi har bir hikoya nafaqat o’zi va yaqin qarindoshlari haqidagi dalillarni, shuningdek, amaki, amma, xola va tog’aning qizlari va jiyanlar ham kiritilgan «katta oilaviy urug’ jamoasi» to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga qamrab oladi. SHu sababli, har qanday voqea 2030 kishi hayoti traektoriyasini tasvirlaydi. O’z navbatida, bu 2000 kishi hayoti haqidagi ma’lumotlarni beradi. Ushbu loyiha sotsial mobelikning gender jihatlari vagender indentichligi (M.Malsheva, Е.Mesherkina), ijtimoiy va madaniy mavqelar transmissiyasining avlodlararo muammolari (V.Semenova), jamiyatning inqilobiy transformatsiya sharoitida oilaning ijtimoiy moslashishi tahlili (D.Berto, Е.Fottoeva), sovet davrida turli ijtimoiy guruhlarining taqdiri (O.Litvinenko, V.Biguaa) va boshqalari chiqish imkonini berdi. Tahlil uchun oilaviy o’tmishlar tanlovida nafaqat oilalarning ijtimoiy-tipik strategilarini yanada keng qo’lamda tasavvur qilishga, balki ularning ijtimoiy-tarixiy noyobligi va individualligini ko’rsatishga intilamiz. Demak, Osipovalarning oilaviy o’tmish tarixida Ural qishlog’i sharoitidagi dehqon hayotining ijtimoiy noyob tajribasi tasviri mavjuddir: kolektivlashtirish davrida mahalliy dehqonlar kolhozning rasmiy ko’rinishini tuzadilar, aslida esa ular xo’jalik Yuritishning odatiy individual oilaviy usulini olib borishni davom ettiradilar. YOhud xususiy va ko’chmas mumkin ekspropriatsiya qilish sharoitida 30-yillarning 2-yarmiga qadar oilaviy uylarni shaxsiy mulk shaklida saqlashga erishgan Jurkalistovlar oilasini misol qilish joiz. Misol orqali ijtimoiy-noyob vaziyatlarda totalitar jamiyatda mavjud bo’lib, ijtimoiy tanlovning nihoyat darajada cheklanishi natijasida ham oddiy kishilarning hayotiy tajribalari to’g’risidagi ushbu ma’lumotlar tahlilida qo’llaniluvchi texnik V. Glazer va A.Strauslar tomonidan yaratilgan metodologiyaga mos tushadi. Ularning kontseptsiyalariga muvofiq, yashab o’tilgan hayot to’g’risida hikoyani so’zlash mobaynida tadqiqotchi tomonidan qo’lga kiritilgan «shaxsiy» ma’lumotlar asosida ijtimoiy psixologik mazmun va tasvirning qayta ishlanishi Yuz beradi. Qayta ishlashning keyingi qadami konkret ijtimoiy tajribadan kelib chiquvchi gipotezalarning asoslangan shakli hisoblanadi. Bunday nazariya bilan shug’ullanish butun jamiyatni darhol generalizatsiya qilishga olib bormay, ushbu texnika tasviri tadqiqotchiga asta-sekin qadamma-qadam ma’lum jarayonning turlicha o’tmishini tushunishga imkon beradi. Straus va Geazer fikricha, induktiv mantiqning qo’llanilishi deduktsiyaning qaytadigan yo’lini chiqarib tashlamaydi, aksincha, uning real hayotiy mazmunini to’ldiradi va ochib beradi. Ma’lum hodisa, Geazer va Straus nuqtai nazaricha, ijtimoiylikning namoyon bo’lishida misol bo’ladi. Binobarin, hayotiy o’tmishning sub’ektivligi uning zaif va kuchli tomonlari bo’lib hisoblanadi. Hozirgi paytda biografik tadqiqotlar Psixologiya institutidan tashqari, Rossiyaning boshqa ilmiy markazlarida ham o’tkazilmoqda. Jumladan, Peterburgda ushbu tadqiqotlar bilan V.Golofast, Е.Zdravomislev, V.Pavlenko shug’ul- lanmoqdalar. Yirik tadqiqot markazi Ukraina (migratsiya, milliy identifikatsiya, tarixiy xotira muammolari)da tashkil etilgan bo’lib, Latviyada tuzilgan markazida esa T.Tizenkopf tadbirkorlarda identichlik o’zgaruvchanligi muammolari bilan shug’ullanmoqdadir. Keyingi paytda bu borida mamlakatimizda ham qator ilmiy tadqiqot institutlari va markazlar keng ko’lamli ishlarni olib bormoqdalar. Bu borada «Ijtimoiy fikr» Respublika jamoatchilik fikrini o’rganish markazi faoliyati keltirish mumkin. Mikropsixologiyaning rivojlanishi jamiyatni demokratlashtirish sharoitida qonunchilik va faol ijtimoiy faktor sifatida shaxsga e’tiborni kuchaytirish hisoblanadi. LABORATORIYA ISHI №4